12
qiziqtirishi lozim. Yuqori sinf oʼquvchilari jamiyatga kirishishga tayyorlanayotgan
jarayonda, bu jarayonda oʼquvchilarni guruhda ishlatib taʼlim beriladigan boʼlsa,
oʼquvchilar bir-biriga qiziqib rivojlanadi. Yuqori sinfda dars metodikasini tanlashda
oʼquvchilarni mustaqil fikrlashga oʼrgatishga qaratilgan usullardan foydalanish
lozim.
Dars oʼtish metodikasini tanlash juda muhim va ahamiyatli, zamonaviy
axborot vositalari(kompyuter, prorektor..) ni qoʼllash darsni aʼlo darajada oʼtishni
xar doim xam taʼminlamaydi. Ammo ushbu vositalarsiz dars samarali boʼlmaydi
degani emas, agar boshlangʼich sinf oʼqituvchi dars oʼtish metodikasini toʼgʼri
tanlasa bitta mel bilan ham samarali dars oʼtishi mumkin. Boshlangʼich sinf
oʼqituvchi shunday boʼlishi kerakki, qoʼlidagi bor narsalardan foydalanib zoʼr qilib
darsni tashkil qila oladigan boʼlishi lozim.
Olib borayotgan ilmiy tadqiqotimizning asosiy maqsadi – Oʼzbekistonda
boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini oʼquvchilarni intellektual rivojlantirishga
metodik tayyorgarligini takomillashtirib,
didaktik imkoniyatlarini, metodlarini
aniqlab uni pedagogik jarayonga tatbiq yetishdan iborat.
Hozirgi vaqtda boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilari metodik
tayyorgarligini takomillashtirishda, oʼquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʼz oʼrnida
foydalanish bilan bir
qatorda xalqaro baholash dasturlari bilan ham chambarchas bogʼliq. Bu, ayniqsa,
matematika fanini oʼqitish jarayonida innovatsion yondashuv sifatida xalqaro
baholash dasturi asosida oʼqitishga asoslangan metodikaning yangi shakl,
vositalaridan foydalanishda yaqqol namoyon boʼlmoqda. Bugungi kun boʼlajak
boshlangʼich sinf oʼqituvchilariga faqatgina tayyor bilimlarni beribgina qolmay,
ularga elektron- axborot resurslardan foydalanishni va xalqaro baholash dasturlari
asosida oʼquvchilar savodxonligini baholashga oʼrgatish muhim masalalardan
hisoblanadi.
13
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini
metodik tayyorgarligini
takomillashtirish muammosi boʼyicha oʼtkazilgan ilmiy ishlar tahlili quyidagilar
vazifalar bajarilishini oʼz ichiga oladi. Tavsiyalar:
-
boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning individual qobiliyatlari va
imkoniyatlariga
yoʼnalganlik hisobiga matematika
fanini oʼqitishning
ijtimoiylashuv jihatlarini amalga oshirishni yoʼlga qoʼyish;
-
ham mazmuni, ham faoliyat metodlariga koʼra oliy taʼlim muassassalari
matematika oʼqitish metodikasi fanini oʼqitishda boʼlajak boshlangʼich sinf
oʼqituvchilarini oʼquvchilarni intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini
takomillashtirish xamda boshlangʼich sinf matematika fanini oʼqitish kursi oʼrtasida
oʼzaro chambarchas aloqani shakllantirish.
-
metodika kursini amaliy yoʼnalganligiga eʼtiborni kuchaytirib, pedagogik va
metodik
amaliyotdagi aloqalar, qisman qidirish, qidirish va tadqiq qilish tusidagi
topshiriqlarni joriy qilish hisobiga boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning
matematika oʼqitish metodikasini oʼrganish samaradorligini oshirish;
-
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; boshlangʼich sinf
oʼquvchilarining matematik oʼrganishida uzviylikni amalga oshirishga boʼlajak
boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini tayyorlash, bu boshlangʼich matematika kursidagi
masalalarni rivojlantirishni koʼrsatadi;
-
boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini oʼquvchilarni
intellektual
rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish, boʼlajak boshlangʼich sinf
oʼqituvchilarini oʼquvchilarni intellektual rivojlanishga tayyorlash;
-
boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini toʼgarak, olimpiada, musobaqlar kabi
faoliyat shakllarini yoʼlga qoʼyishga layoqatli shaxs darajasiga yetkazish.
Boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish
uchun yuqorida qayd etib oʼtilgan
barcha nazariy asoslar, fikrlarni inobatga olib,
taʼlim jarayonida taʼlim mazmuni, oʼrgatish, oʼrganish bir-biri bilan uzviy aloqada
shuning uchun ulardan hech birini eʼtibordan chetda qoldirmaslik lozim. Xulosa
14
qilib aytganda, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarining metodik
tayyorgariligini takomillashtirish jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi.