1.2. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kommpetentlikni
rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari.
Xalqaro miqyosda bo’lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash,
zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo’yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim
muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo’lajak
pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta’lim muhitini yaratish
muammolari xalqaro ta’lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida
ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o’qituvchilarning pedagogik kompetentligi
tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida
muvaffaqiyatli qo’llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o’z-
o’zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar
muhim o’rin tutadi.
Mamlakatimizda ilg’or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta’lim tizimi uchun
bo’lajak yosh o’qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon
beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan ta’lim muhitini yaratish
bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash
siyosatini davom ettirish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan [1]. Bu borada
aksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga
yo’naltirilgan
ta’lim
muhitini
shakllantirishning
pedagogik
tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kompetentlik tushunchasi ta’lim sohasiga pedagog – psixolog
tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai-
nazardan,
kompetentlik
“noan’anaviy
vaziyatlar,
kutilmagan
hollarda
15
mutaxassisning o’zini qanday tutishi, hamkasblari bilan o’zaro munosabatlarda
yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan
foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish
rejasiga egalik”ni anglatadi.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat”
ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta
olishni nazarda tutadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar egallanishi va ularning
amalda yuqori darajada qo’llay olinishi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan
alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish
bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi
axborotlarni o’rganishni, eng muhimi, ilmiy ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta
ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.
Mutaxassislarning kasbiy kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi
paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-
mulohazalarning
turli-tumanligi
mazkur
muammo
xususida
hozircha
tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga imkon bermayapdi.
MDH mamlakatlarining qator olimlari kompetentlik tushunchasini
psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan
tadqiq etgan bo’lsada, so’ngi pedagogik tadqiqotlarda aynan mutaxassis – kadr
kompetensiyasi masalasi o’z dolzarbligi, katta qiziqish uyg’otayotganligi va ta’lim
jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta’minlash uchun muhimligi va
zaruriyatini namoyon etmoqda. Ijtimoiy faol va harakatchan, tashabbus ko’rsatib,
o’zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, yuksak madaniyatli,
innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega va
ta’limda
yangiliklarni
amalga
oshirishga tayyor
o’qituvchi shaxsini
shakllantirish
va
16
ta’minlash oliy ta’lim muassasalarining muhim vazifasi hisoblanadi. Kompetensiya
– u yoki bu soha bo’yicha bilimdonlik. “Kompetensiya” (lot. Competense –
erishyapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat tashkiloti (mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, nizom yoki boshqa
hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajribalar majmui [4, 5]. Mazkur tushunchaning ijtimoiy mazmuni
juda keng bo’lib, u ishlab chiqarishning qariyb barcha yo’nalishlarida qo’llaniladi.
Kompetensiya
turli
soha mutaxassislari
faoliyatiga
qo’yiladigan zamonaviy talablar majmuiga teng bo’lib, uning kelib chiqish
tarixi boshqaruv nazariyasi, ish jarayonini ishlab chiqarish maqsadiga adekvat va
to’liq mos tarzda to’g’ri boshqarish asosida uning samaradorligini so’zsiz
ta’minlash, menejmentlik amaliyoti, ishlab chiqarish jarayonidagi yuqori va pastki
xodimlar mehnat faoliyatini qo’yilgan maqsad va samaradorlikka yo’naltirish bilan
bog’liqdir.
Kompetensiyaga asoslangan shaxsni boshqarish yondashuvining asoschisi
sifatida David Mc Clelland nomini qayd etish zarur [3, 145 b.]. Olim ishlab chiqarish
jarayoni xususiyatlarining psixologik aspektlarini o’rgangan bo’lib, mutaxassis
motivatsiyasini ishlab chiqarish jarayoni va maqsadlari bilan uzviy birlashtirish
nazariyasining asoschisi sifatida taniladi.
Tarixiy jihatdan ta’lim tizimida “kompetentlik” tushunchasining kirib kelishi
va uning ahamiyatining qabul qilinishiga nisbatan quyidagi bosqichlar ajratiladi:
Birinchi bosqichda (1960–1970 yillar) — ilmiy doiralar va muomalaga
«kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari kirib keldi va ularning amal qilish
qoidalari, qo’llanilish xususiyatlari belgilandi. Birinchi bor “kompetensiya” atamasi
1965 yilda Massachusets universiteti o’qituvchisi N.Xomskiy tomonidan ishlatiladi.
Bu so’zning semantik chegarasi bugungi kunda juda keng bo’lib, aslida bu so’z
“kelishuv”, “kelishuvchanlik”, “biror bir narsaga mos kelish”, “mos bo’lish”
ma’nolarini anglatadi. Bugungi kunda mazkur so’z ko’proq “faoliyat olib borishning
17
universal, ya’ni hamma uchun mos bo’lgan umumiy xususiyatlari va talablari
majmuini” anglatadi.
Ikkinchi bosqichda (1970–1990 yillar) “kompetensiya” istilohining
qo’llanilish doirasi keskin o’sadi, mazkur so’z maxsus istilohga aylanadi va biror bir
sohaga oid xususiyatlar jamlanmasini anglata boshlaydi hamda til nazariyasi,
menejment, kommunikatsiyalarni tashkil qilishda qo’llaniladi. J.Raven o’ziga ilmiy
vazifa qilib, zamonaviy jamiyat nuqtai nazaridan mutaxassislik kompetensiyasi
nimaga teng degan masalani qo’yadi va effektivlikni ta’minlovchi
kompetensiyaning 37 ta komponentini ajratib, ko’rsatib beradi va ularni
“motivatsion qobiliyat” deb ta’kidlaydi [4].
Uchinchi bosqichda (1990–2001 yillar) butun dunyo, MDH da, xususan
Rossiyada “Boloniya deklaratsiyasi” ijro va ta’lim taraqqiyoti uchun qabul qilindi,
ta’lim
islohotlarining
maqsadlaridan
biri
mutaxassisning
kvalimetrik
ko’rsatkichlarining bosh xususiyati qilib aynan “kasbiy kompetentlik” masalasi
qo’yila boshladi. Bu davrda Rossiyaning qator olimlari, xususan A.K.Markova [5],
Ye. F. Zeera, A. V. Xutorskiy va boshqalar kasbiy kompetentlik tushunchasini
psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan
ishlab chiqdilar.
Mamlakatimiz
pedagog
olimlari
A.Abduqodirov,
R.H.Jo’rayev,
Z.K.Ismoilova, E.R.Yuzlikayeva, M.B.Urazova, K.D.Risqulovalarning tadqiqot
ishlarida oliy ta’lim
Muassalarida ta’limni intensivlashtirish hamda zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish, yosh o’qituvchilarning
kompetensiyasi va unga qo’yiladigan didaktik talablar, ushbu atamaning mazmuni,
uning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari, ta’lim samaradorligini ta’minlashda
motivatsiyaning o’rni haqidagi zamonaviy yondashuvlar kabi muammolarning
ilmiy- nazariy asoslari o’z aksini topgan.
18
K.J.Risqulovaning fikriga ko’ra, “kompetensiya” u yoki bu kasb egasiga zarur
bo’lgan kasbiy qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda
majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik me’yorlar yig’indisini anglatadi.
Kompetentlik esa — shaxs amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lib, kompetensiya
me’yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish
tajribasida namoyon etish mahorati bilan belgilanadi” [6, 44 b.].
Kompetensiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylik kasb etsa,
kompetentlik individuallik xarakteriga ega. Kompetentlikning asosiy mezoni
mahsuldor faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash natijasi bilan belgilanadi.
Pedagogik-psixologik adabiyotlar va
tadqiqot ishlarining tahlili
“kompetensiya” tushunchasining turli xil ma’nolarini ajratish imkonini berdi.
Bular quyidagilar:
-
ishlab chiqarish masalalarini yecha olish qobiliyati;
-
aniq vaziyatlarda bilim va ko’nikmalarni qo’llay olish qobiliyati;
-
tashkilot tomonidan sub’ektning sifatli faoliyatini shakllantirish maqsadida
xodimga qo’yilgan talablar yig’indisi;
-
xodimning xulq-atvor me’yorlarining jamiyat talablariga mosligi;
-
bilim, ko’nikma va malakalar (BKM), qobiliyat, motiv, shaxs, kommunikativ
sifatlar va boshqa tushunchalarning umumiy yig’indisi;
-
xodimning sifatli ishga tayyorgarligi va ko’nikmasi;
-
lavozim vazifalariga mas’ulligi va vakolati;
-
BKM+kasbiy muhim sifatlar, tashkilotchilik konteksti bilan birgalikda;
-
kasbiy tajribani chuqur anglanishi;
-
shaxsiy xususiyatlar majmui, individuallik;
-
samarali ishlab chiqarish faoliyati mezonlari;
19
-
ijodkorlik va boshqalar.
Oliy ta’lim amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, talabalarda kasbiy
kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni ularda ijtimoiy-madaniy kompetentlik
darajasining rivojlanganligi bilan uzviy aloqador. Mazkur jihat bo’lajak
boshlang’ich sinf o’qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish
muammosini maxsus tadqiq etishni taqozo etadi.
Pedagogik faoliyatda kasbiy kompetentlik umumiy tuzilmasining muhim
tarkibiy qismlaridan biri – bu ijtimoiy-madaniy kompetentlik hisoblanadi. Zero
zamonaviy o’qituvchi nafaqat o’quvchiga bilim beradi, ma’lumot, axborot
yetkazadi, balki rivojlanayotgan shaxs va jamiyat o’rtasida vositachi rolini ham
bajaradi. “Bola- shaxs-jamiyat” munosabatlari o’zaro aloqasining maqsadga
muvofiq bo’lishi o’qituvchining qanchalik ijtimoiy hayotda kompetentli, omilkor
ekangigiga ham bog’liqdir.
Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy vazifalari sirasiga moslashish,
ijtimoiy yo’nalganlik, shaxsiy va umumijtimoiy tajribalarning uyg’unlashuvi kabi
jihatlarni kiritish mumkin. Shaxs ijtimoiy-madaniy kompetentligining qay darajada
ekanligi o’zaro shaxslararo munosabatlarni olib borish, faoliyatni yo’lga qo’yish
jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, psixologlar o’tkazgan
tadqiqotlar natijalariga ko’ra, shaxsning yangi ijtimoiy, globallashuv shart-
sharoitlariga moslashuvi jarayonida insonlardagi ijtimoiy kompetentlik darajasining
shakllanganligi alohida o’rin tutadi [7, 8, 9, 10].
Ekologik, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy o’zgarishlar nafaqat ijtimoiy tafakkur
rivojini belgilaydi, balki insonlarning o’zini o’zi anglashi, hayotiy qadriyatlari,
shaxsiy muammolariga ham ta’sir ko’rsatadi. Bu esa psixologiya fani oldiga
insonning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy moslashuvi bilan bog’liq muammolarni hal
qilish borasida uning kompetentlik darajasini yuksaltirishga yo’naltirilgan dasturlar
yaratish vazifasini qo’yadi. Nazarimizda, mazkur vazifa nafaqat o’zaro, balki
o’quvchilarning ham barkamol shaxs sifatida shakllanishiga mas’ul bo’lgan
pedagoglar faoliyatiga ham alohida tegishlidir.
20
Shaxsning kompetentsiyaviy ijtimoiy xulq-atvori shakllanishi mexanizmlari,
namoyon bo’lish tendensiyalari, motivatsiyasi, mazmuniga bo’lgan qiziqish, avvalo,
“inson-jamiyat” o’zaro aloqasi xarakterining ijtimoiy ravnaqi, rivojlanishiga
ko’rsatadigan ta’siri bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning mazmunini aniqlash maqsadida
o’tkazilgan ilmiy adabiyotlar tahlili uning quyidagi o’ziga xos jihatlarini ajratib
ko’rsatish imkonini berdi:
Birinchidan, ijtimoiy-madaniy kompetentlik o’zida jamiyat va madaniyat
talablarini ifoda etishi mumkin. Bu esa, shaxsning ijtimoiy-axloqiy me’yorlar
mazmuni haqidagi bilimlarga, madaniy talablar asosida faoliyat shakllarini
tashkillashtirish ko’nikmasiga egaligi hamda uning qadriyatli yo’nalganligi bilan
izohlanadi.
Ikkinchidan, ijtimoiy-madaniy kompetentlik insonning ijtimoiy o’zaro
sheriklik, hamkorlik sub’yekti sifatidagi yaratuvchilik xususiyatlarini ham aks
ettiradi.
Talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning mavjud
imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash
jarayoniga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlarni inobatga olib boshlang’ich
ta’lim yo’nalishining DTS va Malaka talablari o’rganildi. Boshlang’ich ta’lim
yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy
talablar quyidagilar: [2, 3 b.]
-
dunyoqarash va ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq tizimli bilimlarga ega
bo’lishi; gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb
masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
-
Vatan tarixini bilishi, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari
yuzasidan o’z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol
g’oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo’lish;
21
-
tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga
ega bo’lishi;
-
insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini
belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy, madaniy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida
ularni hisobga ola bilish;
-
axborot yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini
bilishi, o’z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
-
tegishli bakalavriat yo’nalishi bo’yicha raqobotbardosh umumkasbiy
tayyorgarlikka ega bo’lish;
-
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o’z ustida ishlashi va mehnat
faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
-
sog’lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to’g’risida ilmiy
tassavvur hamda e’tiqodga, o’zini jismoniy chiniqtirish o’quv va ko’nikmalariga ega
bo’lishi lozim.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga qo’yiladigan malaka talablari:
-
pedagogik faoliyatni tashkil etish bilan bog’liq qobiliyatlar;
-
ilmiy tadqiqot faoliyati bilan bog’liq qobiliyatlar;
-
ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan qobiliyatlar;
-
tashkiliy-boshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qobiliyatlarga ega bo’lishi
talab etiladi [2, 6 b.].
Ijtimoiy-madaniy
kompetentlilikni
rivojlantirish
jarayoni
bo’lajak
o'qituvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan
yangiliklar va rivojlanishlar bo'yicha tushunchalar berib borish asosida ularda kasbiy
kompetentlilikni muntazam rivojlantirib borishning korporativ asoslarini inobatga
olishni taqozo etadi.
22
“Korporativ” so'zining lug'aviy ma’nosi “O'zbek tilining izohli lug'ati”da
“ko'pchilikka, umumga tegishli” [11] deb ko'rsatilgan. Bo’lajak o'qituvchilarda
ijtimoiy-madaniy kompetentlikni muntazam rivojlantirib borishning korporativ
asoslari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin (1-rasmga qarang).
|