II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana25.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#253112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini

II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI 
KASBIY TAYYORLASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI.
2.1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga 
metodik tayyorlashni takomillashtirish 
Jahonda ta'lim sohasidagi innovatsion rivojlanish tendentsiyalariga mos 
ravishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik 
tayyorgarligini 
takomillashtirish, 
tarbiyalanuvchilarda 
ijtimoiy 
tajribani 
shakllantirishning innovatsion usullariga ustuvorlik berishga e'tibor qaratilmoqda. 
Shuningdek, oliy ta'lim va umumta'lim muassasalarining tarbiyaviy imkoniyatlarini 
integratsiyalash orqali bo'lajak o'qituvchilarni tarbiya fanini o'qitish sifatlarni 
rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga ustuvor ahamiyat 
berilmoqda. Jumladan, YUNESKOning 2030 yilgacha bo'lgan “Barqaror 
rivojlanish” dasturida belgilab qo'yilgan amaliy vazifalarni bajarishda boshlang'ich 
sinf yoshidagi o'quvchilarni tarbiya fanini o'qitishda ularni tartib-intizomga o'rgatish 
va rivojlantirishga qaratilgan sifatli ta'lim xizmatlarini tashkil etish dolzarb vazifa 
sifatida belgilab qo'yilgan. 
Dunyoda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish va bu borada tarbiyaga integratsion 
yondashuv asosida o'quvchilarda tarbiyaviy kompetentsiyani tarkib toptirishning 
innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga oid ko'plab ilmiy izlanishlar 
olib borilmoqda. Ayniqsa, maqbul diagnostik vositalarni modifikatsiyalash orqali 
o'quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etishning pedagogik 
imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni dastlabki odob-axloq qoidalariga o'rgatish, 
ularga amalga qilish ko'nikmalarini shakllantirishda integrallashgan mashg'ulotlar 
asosida metodik ta'minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 


27
Respublikamizda «uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lini 
davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining 
zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» , shu bilan 
birgalikda umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, tarbiyaviy ishlarga oid talab 
yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rgatish, ish beruvchilarning 
ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash hamda oliy ta'lim 
tizimida faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida keng 
ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Yurtimizda bo'lajak boshlang'ich sinf 
o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga tayyorlash metodikasini doimiy o'zgarib 
borayotgan sharoitda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda, boshlang'ich ta'limda 
o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini, didaktik 
asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, 
takomillashtirish mezonlari va shakllanganlik darajalari, shakl, metod, vositalari, 
modeli, o'qitish sifatining samaradorligini oshirish, nazariy va amaliy asoslarini 
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi yangilanish, ma'naviy yuksalish 
davrida har tomonlama yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hozirgi 
kunning asosiy talablaridan biridir. 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2020-yil 
6-noyabrdagi 
“O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6108-son Farmoni, O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6-iyuldagi “Umumiy o'rta ta'lim 
muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi 422-son qarori umumta'lim muassasalari o'quvchilarining 
yoshiga xos psixo-fiziologik jihatlarini hisobga olgan holda ularda umuminsoniy 
qadriyatlar va barkamol ma'naviyatni, sog'lom muhitni chuqur singdirish, 
o'quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik ruxida tarbiyalash, 
umumta'lim muassasalari tasarrufidagi ma'naviy va tarbiyaviy ishlarni yangicha 
ko'rinishda tashkil etishga qaratilganligini ko'rishimiz mumkin. 


28
Yuqoridagi qarorga muvofiq umumta'lim muassasalarida «Vatan
tuyg'usi», «Odobnoma», «Dunyo dinlari tarixi» hamda «Milliy istiqlol g'oyasi va 
ma'naviyat asoslari» fanlarini birlashtirib yagona «Tarbiya» fani 1 – 9- sinf 
o'quvchilarida 2020/2021 o'quv yilidan boshlab, 10 – 11-sinf o'quvchilarida esa – 
2021/2022 o'quv yilidan boshlab o'quv soatlariga ajratilgan asosiy soatlar doirasida 
ketma-ketlikda amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. 
Tadqiqot ishlarimizni olib borish va izlanishlarimiz natijasida bo'lajak 
boshlang'ich sinf o'qituvchilarini “Tarbiya” fanini o'qitishga metodik tayyorgarligini 
takomillashtirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Tarbiya azal-azaldan 
millatimizga, ongimizga, qalbimizga singib kelgan, millatimizning o'ziga xosligini 
ko'rsatib beradigan, o'zbek oilalarining boshqa millat oilalaridan ajratib turadigan, 
ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan sifatlardan biri sanaladi. Millatimizga 
xos bo'lgan hech bir jarayon yo'qki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lmagan. Shu 
o'rinda pedagog va psixolog olimlar, xalq nomoyondalari Sharq mutafakkirlari
yozuvchi va shoirlar, qo'yingki tadqiqot ishimizga aloqador bo'lgan adabiyotlarning 
aksariyati bilan tanishib chiqildi. Mavjud adabiyotlarning bir qismi o'rganilib, tahlil 
qilindi. 
Eng avvalo “Tarbiya” faniga to'xtalishdan oldin tarbiya tushunchasining o'zini 
bayon qilish lozim. 
Tarbiya – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, yoshlarda halollik, poklik, 
burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Tarbiya 
insonlarning o'ziga, oilasiga, yaqinlariga, do'stu yorlariga bo'lgan munosabatlarini 
tartibga solib turadigan xulq-atvor me'yorlarining (normalarining) majmuasidir. 
Tarbiya keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyatining hamma jabhalariga 
ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya hamma soha – ishlab chiqarishda, turmushda, oilada, bo'sh 
vaqtda ham kishilar xulq-atvorini, insoniy munosabatlarini tartibga soladi. Tarbiya 
ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farq qilib, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy 
vazifalarni bajaradi. 


29
Shu o‘rinda aytish mumkinki, mazkur uzluksiz maʼnaviy tarbiya 
konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini taʼminlashda quyidagicha 
natijalar kutilmoqda: 

konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonining tizimli 
tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida 
takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, 
innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetentsiyalar bilan mustaqil 
hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 

oilalar, taʼlim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va 
qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning maʼnaviy kamol topishi uchun 
zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi. 

jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korrupsiya, firibgarlik, 
ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy bo‘zuqlik, oilaviy ajrimlar, 
mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, 
loqaytlilik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida masʼuliyatsizlik, 
oilaviy qadriyatlar inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. 
Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan 
ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega 
bo‘ladi. 

oila, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-
onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni 
o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-
avlodga bezavol o‘tib borishi taʼminlanadi. 

konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitning 
sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi. 
Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish 
maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas 


30
bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida 
esa maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga 
etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruxan sog‘lom, o‘z ota-
bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga 
hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir. 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish