Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana25.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#253112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini

2.2. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-
pedagogik jihatlari. 
Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi 
eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan 
ekan, bu xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo'yadi. Mazkur vazifalar umumiy o'rta ta'lim 
muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning kasbiy-metodik 
tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. 
O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga 
doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi 
asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z 
fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim 
jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch 
kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim 
sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli 
o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi 
«O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6108-son Farmoni va mazkur 
Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan «Ta'lim-
tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar 
to'g'risida»gi PQ-4884-son qarorda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o'qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va 


31
ijodkor ziyolilarga bo'lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish, o'qituvchilarning 
kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish 
maqsadida O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Bilimga 
asoslangan iqtisodiyot ta'lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini talab 
qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy 
muvofiqlik imkoniyatiga ega bo'lgan «hayot davomida o'qish» tamoyili asosida 
uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining malakasini oshirish tizimida metodik 
tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ko'p jihatdan 
nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va ta'limning yangi yo'nalishlari 
o'qituvchini innovatsion metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi. 
Shundan kelib chiqib, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik 
tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish muammosini ilmiy 
jihatdan tahlil qilish natijasida quyidagi qarama-qarshiliklar mavjudligi aniqlandi: 
• zamonaviy ta'limni innovatsion jarayonlarga yo'naltirish va boshlang'ich sinf 
o'qituvchilarining innovatsion o'quv jarayonini amalga oshirishga doir nazariy va 
uslubiy tayyorgarligi o'rtasida; 
• boshlang'ich sinf o'qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish zarurati va mavjud 
holatda bu jarayonga ilmiy-metodik yondashuvlar yetarli darajada rivojlanmaganligi 
o'rtasida; 
• o'qitishning an'anaviy bilimga asoslangan yondashuvi va boshlang'ich sinf 
o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy 
rivojlantirishda kompetentlikka asoslangan, faol va shaxsga yo'naltirilgan 
yondashuvlarni talab qiladigan ta'limdagi zamonaviy innovatsion tendensiyalar 
o'rtasida; 


32
• o'qituvchilarning innovatsion metodik tayyorgarligi sifatini oshirish zaruriyati va 
boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun 
rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni resursli qo'llab-quvvatlashning 
yetishmasligi o'rtasida. 
Yuqorida qayd etilgan obyektiv va subyektiv ziddiyatlar pedagogik hodisaning 
mohiyatini – boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun 
pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashdan iborat bo'lgan tadqiqot muammosini 
faollashtiradi. Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar va mavjud holat tahlilidan 
ko'rinadiki, quyidagilar o'qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, 
o'zini o'zi tahlil qilish va baholash, o'zini o'zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish 
zaruratini keltirib chiqaradi: 
• ta'lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari; 
• zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi; 
• jamiyat ehtiyoji hamda ta'limga bo'lgan talabning o'sishi; 
• jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o'qituvchi rolining o'zgarishi; 
• DTS va o'quv dasturlarining optimallashtirilishi. 
Jamiyatdagi Globallashuvning keskin o'sib borishi, jahon miqyosida ta'lim 
tizimidagi islohotlar mazkur jarayonning faol ishtirokchisi va amaliyotga tatbiq 
etuvchi bo'lgan o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy 
rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun esa, dunyo ilm-fanida o'qituvchi 
kompetensiyasini shakllantirish, o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini 
takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo'yicha pedagog va uslubchi 
olimlar tomonidan olg'a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o'rganish lozim. 
Tadqiqot doirasida yurtimiz olimlari tomonidan o'qituvchilarning kasbiy 
ko'nikmalari va metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha olib borilgan bir 
qancha ilmiy tadqiqot ishlarini ham tahlil qildik. Tadqiqot muammosiga oid olib 
borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarni kasbiy-metodik tayyorgarligini 


33
takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish masalalari bo'yicha yurtimiz pedagog 
olimlaridan Z.Artikbayeva malaka oshirish jarayonida maktab matematika 
o'qituvchilari kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirishning pedagogik asoslari, 
rivojlantiruvchi ta'lim vositasida matematika o'qituvchisining metodik 
tayyorgarligini takomillashtirish yo'llari, N.A.Muslimov bo'lajak kasb ta'limi 
o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari, G.E.Karlibayeva bo'lajak fizika 
o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, I.Y.Raxmonov 
geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish 
texnologiyasi, M.l.Toshpo'latova bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish, T.T.Shaymardonov pedagog kadrlar 
malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, 
ko'rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta'minoti, axborot resurslarini 
shakllantirish tizimi, D.O.Ximmataliyev pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi 
asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish yuzasidan ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borganlar. 
Ammo, mazkur tadqiqotlar va boshqa pedagogik-psixologik ilmiy tadqiqot 
ishlarida 
boshlang'ich 
sinf 
o'qituvchilarining 
metodik 
tayyorgarligini 
takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish ilmiy-pedagogik muammo sifatida yetarli 
darajada tadqiq etilmagan. Xususan: 
- ayrim tadqiqotlarda bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish 
masalalari keng yoritilgan; 
- o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo'lajak mutaxassislar 
misolida o'rganilgan; 
- geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini 
rivojlantirish texnologiyasi, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish va 
kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko'rsatkichlari, infratuzilmasi, 
dasturiy va metodik ta'minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi, pedagogik 
va texnik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika 
qilish usullari ishlab chiqilgan; 


34
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy 
tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilmagan; 
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va 
kasbiy rivojlantirish muammolari alohida qayd etilmagan; 
- o'qituvchilarning kasbiy va metodik tayyorgarligiga qo'yiladigan zamonaviy 
talablar, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, mexanizmi, shart-
sharoitlari va metodikasi mazkur tadqiqotlarda yoritilmagan; 
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va 
pedagogik jihatlari ilmiy asoslanmagan. 
Bu esa o'z vaqtida o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bilan bog'liq 
quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi: 
• boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik 
tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishga doir tizimli va uzviy amalga 
oshirish lozim bo'lgan ustuvor vazifalarni aniqlash va belgilash; 
• boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish omillari, o'qituvchida 
professionallikni rivojlantirishga doir kasbiy rivojlanishning bosqichlari va 
darajalarini aniqlash va belgilash. 
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish 
va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyatini tadqiq 
qilish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va 
pedagogik jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat. 
Yuqoridagi maqsadga erishish va tegishli vazifalarni bajarish uchun 
pedagogik kuzatuv (qisqa muddatli), pedagogik monitoring, umumiy o'rta ta'lim 
muassasalarida faoliyat olib borayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari va 
boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining malakasini oshirish kurs tinglovchilari bilan 
suhbat usullaridan foydalanildi. 


35

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish