Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi ped




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana25.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#253112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini

2.3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi ped 
texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati. 
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasi sohalarda keng 
qo'llanilmoqda. Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari, 
ularning tasnifi, mohiyatini ochib berish va o'quv jarayonining texnologikligi 
muammolarini ta'minlash masalasi turibdi. Pedagogik texnologiya pedagogning 
talabalarga ta'sir qilishni tashkil etish bo'yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar 
tizimini aniqlab beradi, pedadogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini 
taklif etadi. 
Hozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim amaliyoti va 
nazariyasi ilmidan mustahkam o'rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal 
lug'atlaridagi o'rni hali noma'lumligicha qolib kelmoqda. 
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida 
turli qarashlar mavjud bo'lgan: u texnik vositalar haqidagi ta'limot deb, hamda 
o'qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb 
talqin qılıngan. Hozir pedagogik texnologiyaning bir qancha ta'riflari mavjud. 
«Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini jadallashtirish vazifasini 
ko'zlagan o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika 
vainson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq 
etishva belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO) 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga qo'llash bo'yicha 
respublikamizning ko'zga ko'ringan olimlari tomonidan rivojlangan mamlakatlarda 
muvaffaqiyat bilan qo'llanib kelaniyotgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy asosda 
qiyosiy tahlil qilib, xalqimizning milliy pedagogika an'analaridan ham da ta 'hm 
sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O'zbekistonning milliy 
pedagogik texnologiyasini yaratishga harakat qilinmoqda va bu sohada ko'zga 
ko'rinarli ishlar amalga oshirildi. 


36
Ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarimizning 
bugungi kundagi asosiy vazifasi bu texnologiyani chuqur o'rganib, o'zining kundalik 
pedagogik amaliyotida qo'llashdir. Pedagogik texnologiyani boshqa ta'lim 
usullaridan ajratib turadigan o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
Birinchidan, avval bir necha bor tak'idlaganimizdek, pedagogik texnologiya 
sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi obyektiv narsa va hodisalarga majmuiy 
yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Avvalgi pedagogik usullar, tuzilishi jihatidan 
erkin bo'lib, dars tarkibini belgilash faqat o'qituvchi ixtiyorida bo'lgan. 
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga 
erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta'lim-tarbiya 
faohyatining kafolatlangan natijasi mavjud bo'lmay, stixiyali natijalar bilan 
kifoyalanib kelingan. 
Uchinchidan, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga erishish bosqichma-
bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda oldinga qo'yilgan maqsadlar, bajarilishi 
lozim boʻlgan vazifalar va talab qilinadigan vositalar hamda usul va uslublaming 
aniq modullari hosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullarda ta'lim-tarbiya 
jarayonining yakunida umumiy maqsad qo'yilib, unga erishish yo'llari o 
'qituvchining ixtiyoriga havola qilingan.
To'rtinchidan, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo'lib, uni har 
bir mutaxassis, a'lo bo'lmasa ham, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning 
intensivligiga va samaradorligiga pedagogning m ahorati va shaxsiy sifatlari deyarli 
ta 'sir etmaydi. Chunki darsning loyihasi, awaldan, mahoratli metodist-o'qituvchilar 
tomonidan tuziladi. Avvalgi dars berish usullarini amaliyotda qo'llashda ma'lum 
darajada o'qituvchining pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari yetakchilik qilgan. 
Beshinchidan, pedagogik texnologiya yordamida dars o 'tganda, ta'lim 
jarayonini doimiy va to'liq nazorat qilish imkoni mavjud. Avvallari o 'qituchilar 
bunday imkoniyatga ega emas edilar. 


37
Oltinchidan, pedagogik texnologiya yordamida ta 'lim jarayonini amalga 
oshirganda uning natijasi talabalarda ko'nikma hosil qilish bilan yakunlanadi. 
Boshqa pedagogik usullar yordamida dars berganda, talabalar berilgan bilimni 
zo'rg'a eslab qola olardilar, xolos. 
Yettinchidan, pedagogik texnologiya Davlat ta'lim standartlariga erishishni 
kafolatlaydi va sarflanishi talab qilingan vaqt, kuch hamda vositalami me'yorga 
keltiradi. 


38
XULOSA 
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish 
va kasbiy rivojlantirish zaruriyatini belgilovchi bosh mezon bu inson oldiga 
qo'yilgan maqsad bo'lib, unga erishish uchun vazifalar belgilash, tashkil etiladigan 
faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo'l-yo'riqlarini tanlash va 
loyihalashtirish, maqsad va natijani muvofiqlashtirish zarur hisoblanadi. Demak, har 
bir o'qituvchi o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish uchun ma'lum darajada o'z 
dunyoqarashiga, tafakkuri, tasavvuri va mavjud bilimiga, shaxsiy va kasbiy 
ehtiyojlariga asoslanadi. O'qituvchilarda o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish yo'nalishida 
shakllantiriladigan ehtiyoj davlat va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqishi lozim. 
Metodik tayyorgarlikni takomillashtirish va o'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga bo'lgan 
ehtiyoj yetarlicha shakllantirilsa, o'qituvchilarda o'z kasbiga oid yangiliklarni, fan-
texnika yutuqlarini o'rganishga qiziqish shakllanadi, bu o'z navbatida o'qituvchilarda 
mustaqil ta'lim olish ya'ni mustaqil o'rganish, o'z-o'zini rivojlantirish ko'nikmalarini 
shakllantirishga, 
bu 
orqali 
o'qituvchilarda 
metodik 
tayyorgarlikni 
takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, o'qituvchilarni o'z faoliyatida ma'lum bir ijobiy natijalarga 
erishish, o'qituvchilar jamoasida obru-e'tibor qozonish, o'zini o'zi boshqarish va 
rivojlantirish kabi ko'nikmalarni shakllantiradi. Shuningdek, o'qituvchilarning 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi 
vositalardan biri muvaffaqiyatga bo'lgan ehtiyoj bo'lib, bu ma'lum bir vazifani 
mas'uliyat bilan bajarish orqali ko'zlangan natijalarga erishishga xizmat qiluvchi – 
o'qituvchini o'zini o'zi kasbiy rivojlantirish ehtiyoji hisoblanadi. 
Dunyoda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish va bu borada tarbiyaga integratsion 
yondashuv asosida o'quvchilarda tarbiyaviy kompetentsiyani tarkib toptirishning 
innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga oid ko'plab ilmiy izlanishlar 
olib borilmoqda. Ayniqsa, maqbul diagnostik vositalarni modifikatsiyalash orqali 


39
o'quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etishning pedagogik 
imkoniyatlarini kengaytirish, bolalarni dastlabki odob-axloq qoidalariga o'rgatish, 
ularga amalga qilish ko'nikmalarini shakllantirishda integrallashgan mashg'ulotlar 
asosida metodik ta'minotini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamizda «uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo'lini 
davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining 
zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» , shu bilan 
birgalikda umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, tarbiyaviy ishlarga oid talab 
yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rgatish, ish beruvchilarning 
ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash hamda oliy ta'lim 
tizimida faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida keng 
ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Yurtimizda bo'lajak boshlang'ich sinf 
o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga tayyorlash metodikasini doimiy o'zgarib 
borayotgan sharoitda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda, boshlang'ich ta'limda 
o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini, didaktik 
asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi
takomillashtirish mezonlari va shakllanganlik darajalari, shakl, metod, vositalari, 
modeli, o'qitish sifatining samaradorligini oshirish, nazariy va amaliy asoslarini 
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi yangilanish, ma'naviy yuksalish 
davrida har tomonlama yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni tarbiyalash hozirgi 
kunning asosiy talablaridan biridir. 


40

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi ped

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish