24
jarayonning har bir bosqichini,
mezonlarini, shakl, metod va vositalarini
aniqlashtirish, ulardan samarali foydalanish talab etiladi. Shu sababli, tadqiqot
maqsadidan kelib chiqqan holda, bo’lajak o’qituvchilarning ijtimoiy- madaniy
kompetetntligini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi.
Ushbu model Oliy ta’lim tizimi bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida
ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning maqsadi va undan kelib chiqib
kutiladigan natijani o’zida aks ettirgan.
Shuningdek, mazkur jarayon bosqichlari,
asosiy pedagogik shartlar, faoliyatni tashkil etishning shakl, metod va vositalarini
hamda talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakala tizimini belgilab beradi. Bo’lajak o’qituvchilarda ijtimoiy-madaniy
kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri
sifatida eng avvalo professor-o’qituvchi mashg’ulot loyihasini ishlab chiqishda,
asosiy maqsadni aniqlashda, pedagogik vazifalarni belgilashda mavjud shart-
sharoitni,
talabalarning bilim darajasini, ularning qiziqishlarini hisobga olishi,
shuningdek, qo’yilgan maqsadga erishishning eng samarali yo’llari, usullarini tanlay
bilishi va o’qitish jarayonida qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kelgusidagi kasbiy pedagogik
faoliyati “o’qituvchi-o’quvchi” o’zaro aloqasi negizida olib boriladi, aynan shu
jarayonda ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion, shakllantiruvchi
va rivojlantiruvchi
maqsadlar amalga oshiriladi. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchilarning ijtimoiy-
madaniy kompetentligini o’rganishda, eng avvalo, kommunikativ (muloqot)
kompetentligiga e’tibor qaratilgani maqsadga muvofiqdir.
Xullas, kompetentlikga asoslangan yondashuvning maqsadi zamonaviy ta’lim
nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, mutaxassisning nazariy bilimlari va uni amaliy
qo’llash o’rtasidagi uzilishni yengishga intilishdir. Shuning uchun zamonaviy o’quv
jarayoni amaliyotda qo’llanilishi qiyin bo’lgan bilimlarni talabalarga berishdan
iborat emas, aksincha shu bilimlarni dolzarb kasbiy muammolarni hal qilish uchun
safarbar etish, shuningdek o’quv jarayonida bu kabi muammolarni talabalarning
25
o’zlari mustaqil ravishda hal qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo’lishi
kerak.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni
rivojlantirishning barcha xususiyatlarini to’liq o’rganish uchun quyidagi qator
jihatlarga e’tibor qaratish lozim:
-
ta’lim-tarbiya
jarayonida milliy, ma’naviy va tarbiyaviy qadriyatlarga
talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning muhim omili sifatida
qarash;
-
bo’lajak o’qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish
uchun ularda yuqori darajadagi kommunikativ va psixologik to’siqlarni
kamaytirishga doir maxsus bilimlar tizimini shakllantirish;
-
bo'lajak
o'qituvchilarning
ijtimoiy-madaniy
kompetensiyalarini
rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash masalasini hal qilish;
-
ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olgan
holda kasbiy pedagogik ta'lim sharoitida ushbu jarayonning o'ziga xos
xususiyatlarini aniqlash maqsadga muvofiq.