Metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosi pedagogik zarurat sifatida




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana25.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#253112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini

TAKOMILLASHTIRISH
1.1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini 
takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati 
Taʼlim sohasini isloh qilishni, avvalambor, boshlangʼich taʼlimdan boshlash 
zarur. Zero, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlangʼich 
sinflarda eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qoʼyilishi darkor. Shu 
zaruratdan, maktab taʼlimini, oʼrta maxsus taʼlim tizimini, shu bilan birga oliy 
taʼlimni ham tubdan isloh qilish rejalashtirilgan. 
Taʼlim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda moddiy omillar bilan 
bir qatorda, boʼlajak boshlangʼich cinf oʼqituvchilarni oʼquvchilarni intellektual 
rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat 
kasb etadi. Chunki, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarni oʼquvchilarni 
intellektual rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bugungi kun 
davr talablariga muvofiq kelajak avlod kadrlarini tayyorlashni davrning oʼzi taqozo 
etmoqda. 
Shu bilan birga, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga eʼtibor 
qaratadigan boʼlsak, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning metodik 
tayyorgarligini 
rivojlantirish 
masalalariga 
B.S.Аbdullaeva, 
А.Sadikova, 
M.Toshpulatova, Yu.Jabborova, N.Muxitdinova, Z.T.Nishonova, G.Mamatova, 
N.V.Kuzьmina, M.I.Lukьyanova, А.K.Markova, N.V.Matyash, Ye.M.Pavlyutenkov 
va boshqalar alohida toʼxtalib oʼtgan. B.S.Аbdullaeva oʼz ilmiy ishlarida 
boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish, taʼlim 
vositalarini rivojlantirish, matematik tafakkurni rivojlantirish borasida oʼquvchilar 
savodxonligini oshirishga oid ishlarni tahlil qilgan [5]. 
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarida metodik tayyorgarlikni 
takomillashtirishda zamon talablaridan kelib chiqib yondashish muximdir. Bunda 


6
oʼqituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish uchun, ularda zarur pedagogik 
bilimlar (oʼqituvchi mehnati, uning pedagogik faoliyati xususiyatlari, muloqot, 
shaxs toʼgʼrisida, oʼquvchilarning psixik rivojlanishlari, ularning yosh xususiyatlari 
toʼgʼrisidagi psixologiya, pedagogik maʼlumotlar), koʼnikmalar (etarlicha yuqori 
darajada bajarilgan xatti-harakatlar) shakllantirish lozim. 
Ilmiy adabiyotlar tahlil shuni koʼrsatdiki, zamonaviy ruhiy-pedagogik ilm-
fanda tadqiqotlarning ikkita mustaqil yoʼnalishi: intellektul rivojlangan maktab 
oʼquvchilari oʼqituvchisining psixologiyasi va oʼqituvchini intellektul rivojlangan 
oʼquvchilar bilan ishlashga tayyorlash alohida ajratiladi. 
Oʼquv jarayonidagi didaktik vaziyatlar (oʼqituvchining xulqini belgilovchi, 
uning oʼz- oʼziga bahosi, didaktik qiziqishlari darajasini ifodalovchi, oʼqituvchining 
motivatsiyasi, oʼz mehnatining maʼnosini anglash bilan bevosita bogʼliq uning 
oʼquvchiga, hamkasblariga, oʼziga munosabatlari barqaror tizimi), oʼqituvchilarning 
oʼz fanlari haqida chuqur bilimga egaligi kabi koʼnikmalar shakllantirilishi zarur. 
Har bir pedagogning motivatsion sohani rivojlantirishi yaʼni maqsad qoʼya olishi, 
qiziqishlarini toʼgʼri taqsimlay olishi, shaxsiy motivlarini qamrab oluvchi psixologik 
sifatlar majmui malakaga aylantirilishi lozim. 
А.K.Markova boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning metodik tayyorgarligini 
“mustaqil va masʼuliyatli ishlashga imkon beruvchi psixik holat, inson mehnatining 
natijalaridan iborat boʼlgan, insonning maʼlum mehnat vazifalarini bajarish 
qobiliyati va koʼnikmasi” [9] sifatida eʼtirof etadi. Oʼqituvchi kasbi ijodiy 
yondashuv talab etadigan kasb va oʼqituvchi oʼquvchining intellektini rivojlantirish 
boʼyicha ulkan imkoniyatlarga ega. Maktab oʼquvchilarida intellektni intellektual 
fikrlovchi oʼqituvchilar rivojlantirishi lozim. Biroq boʼlajak boshlangʼich sinf 
oʼqituvchisini oʼquvchilarda ijodkor shaxsni rivojlantirish boʼyicha ishlari samarali 
kelishini taʼminlovchi metodik bilimlar bilan qurollantirish oʼqituvchilarni kasbiy-
pedagogik tayyorlashning juda muhim va istiqbolli qismi sanaladi. 
G.L.Lukankin boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisini metodik tayyorlash 
amaliy yoʼnaltirilgan boʼlishi kerakligi haqida fikrni qoʼllab quvvatlaydi. Bunda 


7
olim boshlangʼich sinf oʼqituvchisini tayyorlash masalasini hal etishda talabalar 
oʼqiydigan fanlar sonini oshirish yoʼlidan emas, balki taʼlim va boʼlajak 
oʼqituvchining mustaqil ishlarini samarali tashkil etishni individuallashtirish 
yoʼlidan borish kerakligini, yaʼni ommaviy, yalpi taʼlimdan individual yondashuvni 
kuchaytirish zarurligini qayd qiladi[8]. 
D.I.Yunusova oʼzining doktorlik dissertatsiyasi ishida boʼlajak matematika 
oʼqituvchisining rivojlanishidagi taʼlim-tarbiya jarayoniga moslashish imkoniyatini 
beruvchi innovatsion faoliyatga tayyorgarlik matematika oʼqituvchisi innovatsion 
faoliyat mazmunini, pedagogika oliy taʼlim muassasasida oʼqitiladigan matematika 
fanlari bilan uzluksiz matematik tayyorgarlik mazmuni uzviyligini, mutaxassislik 
fanlarini oʼqitishning innovatsion muhiti, maxsus integrativ kurs, pedagogik 
amaliyot asosida talabalarda innovatsion pedagogik faoliyat motivatsiyasi, bu 
faoliyatga nazariy va amaliy tayyorgarlikni shakllantirish masalalariga aloxida 
toʼxtalib oʼtgan[11]. 
Sh. S. Sharipovning oʼz ilmiy ishlarida kreativ axborot muhitida boʼlajak 
boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash muhim ekanligini va 
metodik tayyorlangan oʼqituvchilar innovatsion rivojlangan boʼladi va taʼlim 
siyosatining yangi yoʼnalishlariga ham moslashuvchan boʼlishini taʼkidlab oʼtadi. 
Olim ilmiy ishlarida tahsil oluvchini qanday oʼqitish yemas, balki qanday oʼqishga 
oʼrgatish kerak, degan gʼoyani ilgari surgan[12]. 
N.L.Stefanova oʼz tadqiqot ishida talabalar – boʼlajak matematika 
oʼqituvchilarini metodik tayyorlash mazmunini yoritib bergan. Muallifning fikricha, 
unga nafaqat oʼquv fani boʼyicha bilimlar balki ushbu bilimlar qoʼllaniladigan turli 
faoliyat turlari ham kiritilishi lozim. 
Shuningdek, kasbga tayyorlashning metodik tizimi N.L.Stefanova tomonidan 
matematika oʼqitish jarayonini amalga oshirishning nazariy asoslari, haqiqiy 
bilimlari va metodlarini oʼzlashtirishga yoʼnaltiruvchi maxsus tashkil etilgan taʼlim 
sifatida koʼrib chiqiladi. Kasbga metodik tayyorlash holati haqida yakuniy natijalari 


8
boʼyicha ham, uni shakllantirishda mavjud muammolar boʼyicha ham olim oʼz 
mulohazalarini keltirgan[10]. 
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini metodik tayyorgarligiga talablar 
oʼzgarishi ikkita asosiy taʼlim paradigmasi: xususan, shaxsga yoʼnaltirilgan 
yondashuvda namoyon boʼluvchi insonparvarlik va taʼlimning ijtimoiylashuvi bilan 
belgilash mumkin. 
M.E.Jumaevning fikricha, “boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning 
matematik- metodik tayyorgarligi – matematikada ilmiy izlanishning 
metodologiyasi va tarixi, gumanitar yoʼnaltirilgan boshlangʼich matematika taʼlim 
komponenti sifatida oʼquvchilarda izlanuvchan matematik faoliyati shakllanishini 
nazarda tutgan” [7]. 
B.S.Аbdullaeva ilmiy ishlarida quyidagi mulohazalar keltirilgan: 
“Boshlangʼich sinf oʼqituvchisining kasbiy salohiyati va maʼlumot darajasi, bolalar 
psixologiyasi, hozirgi zamon boshlangʼich taʼlim metodikasini bilishi boshlangʼich 
taʼlim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Boshlangʼich sinf oʼquvchilarida 
zaruriy koʼnikmalarni shakllantirish, boshlangʼich taʼlim sifat samaradorligini yangi 
bosqichga olib chiqish, oʼqitishning zamonaviy vositalarini amaliyotga joriy etish 
maqsadga muvofiq”[5]. 
Bugungi kunda innovatsion axborot texnologiyalarini taʼlim jarayoniga 
integratsiya qilishga qiziqish ortib bormoqda. Taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot 
texnologiyalarini qoʼllash, oʼquvchilarga oʼrganayotgan bilimlarini oʼzlari qidirib 
topib, mustaqil bajarib-oʼrganib, xulosa chiqarish va tahlil qilish imkoniyatlarini 
beradi. Bunday pedagogik jarayonda oʼqituvchi oʼquvchilarni har tomonlama 
barkamol shaxs sifatida bilim olishiga texnologiyalarning taʼlimiy va tarbiyaviy 
ahamiyatiga eʼtibor bermogʼi lozim. 
Mazkur mulohazalar albatta boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini 
metodik tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy yondashgan holda 
oʼquvchilarni tayyorlashga oʼrgatishda oʼz samarasini beradi. Boʼlajak boshlangʼich 


9
sinf oʼqituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirishda albatta fanlararo 
integratsiyaga alohida eʼtibor qaratish aloxida axamiyatga yega. 
Xususan, Sh.S.Аbduraimov oʼz ilmiy izlanishida shunday fikrlarni keltiradi: 
“Integratsiya, fanlararo aloqadorlik, oʼzaro aloqadorlik, uzviylik kabi tushunchalar 
pedagogikada keng koʼllanilsa-da, biroq koʼplab oʼqituvchilar ularni deyarli bir xil 
tushuncha deb tushunadilar. Holbuki, bu tushunchalar maʼno jihatdan bir-biridan 
farq qiladi. Soʼnggi vaqtlarda predmetlararo aloqadorlik va integratsiya 
munosabatlarini talqin etish borasida yangi qarashlar kelib chiqmoqda. Pedagog 
kadrlarni tayyorlash va fanlar integratsiyasini amalga oshirishda umumkasbiy va 
ixtisoslik fanlar blokidan oʼrin olgan fanlarning ulushi aloxida axamiyatli. Boʼlajak 
oʼqituvchilarning fanlar integratsiyasi boʼyicha oʼzlashtiradigan nazariy bilimlari, 
fanlararo bogʼlanishlarni amalga oshirish koʼnikmalarini shu fanlarni oʼrganish 
jarayonida egallab boradilar. Umumkasbiy fanlar blokidagi psixologiya va 
pedagogika fanlarini oʼqitishda boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarida kasbiy 
sifat va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlarini shakllantirishga eʼtiborni 
qaratish, yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka erishishi orqali 
ilmiy-metodik tayyorgarlikka asos yaratishni nazarda tutish zarur. Fanlarni 
oʼqitishda kasbga yoʼnaltirish, fanlar integratsiyasini amalga oshirish va 
talabalarning ilmiy tayyorgarligini ilmiy metodik tayyorgarlik bilan 
uygʼunlashtirish, matematika va umumkasbiy fanlar bilan integratsiyasini amalga 
oshirish orqali talabalarda muayyan bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish 
va bogʼliq ravishda metodik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari boʼlgan gʼoyaviy-
siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik tayyorgarlik 
darajasini orttirishga poydevor tayyorlanadi”[6] 
Ushbu mualliflar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalarni qoʼllashda 
albatta boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarida zamonaviy bilimlarni egallashda, 
axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishda, pedagogik mahoratini oshirishda, 
xalqaro tajribalardan foydalangan holda oʼquvchilar bilimlarini baholashda 
intellektual qobiliyatlarini shakllantirishlari lozim. 


10
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini oʼquvchilarni intellektual 
rivojlantirishga 
metodik tayyorgarligini 
takomillashtirishda 
avvalambor, 
oʼquvchilarni intellektual rivojlantirish matematika fani bilan koʼproq bogʼliqligini 
inobatga olgan holda, boʼlajak oʼqituvchilarning matematik tafakkurini 
rivojlantirish ham muhim omil boʼlib xizmat qiladi. 
Demak, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning metodik tayyorgariligi 
ustida ishlash jarayonida talabalarga nafaqat ilmiy bilimlar berish bilan cheklanib 
qolmay oʼrganilgan bilimlarni amaliy jarayonda qoʼllay olish koʼnikma va 
malakalarini xam shakllantirib borilishiga aloxida axamiyat berish lozim. Xususan, 
boshlangʼich taʼlim fanlarini amaliy oʼrgatish, muntazam va izchil oʼrgatish, 
namunalar va maxsus mashqlar asosida oʼrgatish, turli xatolarning oldini olish va 
ularni toʼgʼrilash orqali bajarish kabi oʼz ustida ishlovchi amaliy vazifalarni bajarish 
orqali singdirib borish muhim xisoblanadi. Oʼquvchilarning yosh va psixologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, barcha oʼquv fani dasturidagi mavzularni puxta 
oʼzlashtirilishiga yordam beradigan, mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, 
boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, 
oʼz fikrini ilgari surish, uni dalillash, umumlashtirish va xulosalashga oʼrgatish, 
oʼqituvchining til materialidan foydalanishga qiziqish uygʼotish, unda amalda 
foydalanish ehtiyojini yuzaga keltirish hozirgi kun talabi sifatida oʼrganilmoqda. 
Yuqorida qayd etilganidek, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarning 
metodik tayyorgarligini takomillashtirish borasida bir qancha vazifalar ajratib 
koʼrsatiladi.
Boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarining fanlarni oʼqitish jarayonidagi 
vazifalari quyidagilar: 

fan-oʼquvchini fikr yurita olishga undashi kerak; 
- oʼzgalar fikrini anglashga oʼrgata olishi muxim; 

oʼz fikrini ogʼzaki hamda yozma ravishda ravon bayon qila olishga 
yoʼnaltirishi; 


11

taʼlim falsafasi va tarixi tomonlama kompetentli boʼlishi va fan doirasida 
mustahkamlangan bilim, koʼnikma, malaka tushunchalariga izoh bera olish zarur. 
Mazkur vazifalarni boshlangʼich sinf oʼqituvchilarida shakllantirilishi bevosita 
oʼquvchilarni kelajakda bilimli va intellektual rivojlangan kadrlar boʼlib yetishida 
oʼz samarasini koʼrsatadi. 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosi pedagogik zarurat sifatida

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish