Metodlaridan foydalanish va zamonaviy darslarni tashkil




Download 322,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.12.2023
Hajmi322,78 Kb.
#116279
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
talim jarayonida inter faol usullar

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №6(97) 2022 www.iupr.ru
Zamonaviy darsga qo’yilgan talab asosan jamiyatimizning ehtiyojlaridan kelib 
chiqadi. Jamiyatning rivoji hayotning barcha jabhalariga shu jumladan talim mazmuniga 
dars tuzilishiga, qolaversa, insonning kundalik faoliyatiga albatta, o’z tasirini o’tkazishi 
tabiiydir. O’zbekistondagi pedagog olimlar, ham o’z tadqiqotlari davomida zamonaviy 
dars muammolariga etiborini qaratib “Zamonaviy dars –eng avvalo, o’quvchi 
shaxsining talim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o’rgatuvchi usullar 
majmui” yani interfaol metodlar deb ko’rsatishadi.
Mazkur fikrlar, darsdagi asosiy etiborni o’qituvchi faoliyatidan o’quvchilar 
faoliyatiga ko’chirish lozimligini ko’rsatib turibdi. O’qituvchi darsda o’zi so’rab o’zi 
gapirib beruvchi bo’lmasligi kerak, balki o’quvchilarga yangi bilimlarni o’zlashtirishida 
yaqindan turib turli interfaol metodlarni qo’llab ko’maklashuvi lozim. Zamonaviy 
darslarning asosiy maqsadi o’quvchilarning mustaqil bilim olish mexanizmiga 
asoslanganligidadir. Zamonaviy dars deganda, faqat uning nomiga qarab baholash yoki 
ularni alohida dars tipiga kirish yaramaydi. Bunday darslar mazmunan hamda tuzilishi 
jihatidan obdon o’rganilib keyinchalik bir ilmiy xulosa yasalishi kerak. Eng asosiysi
bunday darslar o’quvchining ilm olish imkoniyatlarini kengayishiga, ularning mustaqil 
fikrlashiga, o’z nuqtai nazarini erkin bayon eta olishiga, darslik, qo’shimcha talim 
vositalaridan mustaqil bilim ola bilishiga, uning bilim va istedodiga qarab faoliyatini 
obyektiv baholanishiga asoslangan bo’lishi kerak.
Zamonaviy darslarni tashkil etishda yuqorida aytganimizday inovatsiyaning 
ahamiyati katta. Innovatsiya bu yangilik kiritish ma`nosini anglatadi. Pedagog o’z 
mahorati, tajribasi va aql-zakovati bilan darsga ijodkorona yondoshib, yangilik olib 
kirishi lozim. Bu borada darsda interfaol metodlardan foydalanish ko’zlangan natijani 
beradi. Interfaol metodlar — bu jamoa bo’lib fikrlashdir, ya`ni pedagogik ta`sir etish 
usullari bo’lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yangi pedagogik va 
innovatsion texnologiyalar asosida ta`lim berishning ma`nosi shuki, yangilikka intilgan 
holda darsni mahorat bilan o’tish qobiliyatidir. Bunda an`anaviy ta`limdan farqli 
o’laroq, ta`lim oluvchining mustaqil fikr yuritishiga keng imkon beriladi. 
O’quvchilarning dars jarayoniga, fanlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishda 
quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin: 



Download 322,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 322,78 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metodlaridan foydalanish va zamonaviy darslarni tashkil

Download 322,78 Kb.
Pdf ko'rish