|
Metodlaridan foydalanish va zamonaviy darslarni tashkilBog'liq talim jarayonida inter faol usullar________________________________________________________________
"Экономика и социум" №6(97) 2022 www.iupr.ru
hayolga kelgan fikrlarni yozish uchun bo`sh joylar ham qoldiriladi. Talaba (yoki
o`quvchi)lar o`z fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga chaqiriladilar. G`oyalar
tahlili keyinroq o`tkaziladi. Bu usuldan foydalanganda, muammoni yechish variantlari
imkon qadar ortadi.
Bahs-munozara (discussion method) —Usulida guruh a`zolari biror muammoni
yechish (yoki bilimlarini oshirish, yoki mavzuni tushunish) maqsadida o`z g`oyalarini
og`zaki taklif etadilar. Usuldan samarali foydalanish uchun ishtirokchilar muhokama
predmetiga oid yetarli bilim va tajribaga ega bo`lishlari lozim. Bu usul kattalar ta`limida
ko`proq samara beradi.
“Blits-o`yin” metodi — harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy
fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma`lumotlardan
kerakligini
tanlab
olishni
o’rgatishga
qaratilgan.
6x6x6 uslubi—6x6x6 uslubida o`qituvchi guruh 36 ta qatnashchisini qisqa vaqt
mobaynida bironta masalani muhokama qilishga o`rgatish va ular ko`pchiligining
fikrlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. 6 ta guruh (har birida 6 kishidan)
ishtirokchilari o`qituvchi tomonidan o`rtaga tashlangan muammoni 6 daqiqa mobaynida
muhokama qiladilar. Shundan keyin o`qituvchi 6 ta yangi guruhni shunday to`zadiki,
unda oldingi munozara guruhida qatnashganlardan birontasi albatta bo`ladi. Yangi
guruh qatnashchilari o`z guruhlarining ish natijalarini muhokama qiladilar.6x6x6 -
guruhining barcha a`zolarini faollashtiruvchi uslubdir. Qatnashchilardan har biri qisqa
vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham so`zlovchisi rolida bo`ladi.Guruhlar
bitta muammoni yoki bir muammoning turli jihatlarini muhokama qilishlari mumkin.
6x6x6 uslubi o`qituvchi va guruhlarning faol ishtirokini talab qiladi.
Olmos—Har bir juftlikka 9 ta jumla (hikoya) bo`lgan konvert beriladi va ularni
olmos shaklida joylashtirish topshiriladi. Masalan: Eng muhim, ma`noli va qiziqarli
jumla olmosning uchiga joylashtiriladi. Keyingi 2 tasi bir xil ikkinchi o`ringa qo`yiladi.
O`rtadagi 3 tasi to`rtinchi, keyingi 3 tasi esa, yettinchi daraja hisoblanadi. Olmosning
pastiga qo`yilgan jumla, guruh tomonidan eng muhim, ma`noli va qiziqarli bo`lmagan
jumla deb hisoblanadi. Juftliklar o`z mashqlarini tamomlaganlaridan so`ng, ular 6 ta
bo`lib guruhga bo`linadilar. Guruhdagi har bir juftlik qanday tanlanganligini boshqa
|
| |