Tadqiqotning metodlari va usullari. O`tkazilgan ilmiy-
tadqiqot ishlari usullari (Z. V. Korobkina 1989 y) “Meva va
Akademik M.Mirzaev nomidagi
Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik
ilmiy-tadqiqot instituti
Volume 3 | Special Conference 1 | 2022
MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING
RIVOJLANISHIDA ILM-FAN YUTUQLARI
535
15-iyun, 2022
Google Scholar
Respublika anjumani
sabzavotlarni saqlashning progressiv usullari” 1977 y va B.A. Dospexov “Metodika
polevogo opыta” (M.: Kolos, 1973) qo`llanmasidan foydalanadi. [3,4].
Tadqiqot natijalari. - anor mevasini saqlashda maxalliy resurslaridan
foydalanish
xarajatlarini
qisqartirish
orqali
saqlangan
mahsulotni
sifat
ko`rsatkichlarini yaxshilash va yuqori iqtisodiy natijalarga erishish;
Mevalarning tbiiy vaznining kamayishining asosiy sababi meva tarkibida suv
yukolishi bilan bir katorda, tarkibidagi organik birikmalarning parchalanishidir.
Tajriba davomida har bir anor navlaridan turli sharoit va usullarga qarab 5 ta
uslub asosida, havo harorati va namlik ta’sirida tabiiy vaznining kamayishini
aniqlashga doir ilmiy izlanishlar olib borish uchun 2 kg dan anor mevalari tanlab
olindi.
Tajriba ishlari turli muddatlarda, dastlabki saqlash uchun qo`yilgan kundan
boshlab har oyda ya’ni 01.10.2021 kuni 01.11.2021 kuni hamda 03.12.2021 va
03.02.2022 kunlarida anorni tabbiy vaznini o`zgarib borishi nazorat qilib borildi va
tanlangan anor navlarini saqlash jarayonida saqlash usullaridagi farqlar quyidagicha
aniqlandi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatdiki, jumladan oxirgi muddat ya’ni
03.02.2022 kuniga qadar masus taxta qutilarga solinib ochiq holatda nazorat tartibida
muzlatgichlarda 5
0
C haroratda saqlangan anor mevalaridan Qoradon qizil po`choq
navida 210 gr, kamaygan, politilen plyonkalarga o’rab saqlangan mevalarda 200 gr
kamaygan nazorat variantiga nisbatan 0,1 % ga sifati yuqori, qog’ozlarga o’rab
saqlangan mevalarda 285 gr nazorat variantiga nisbatan 0.7 % sifati past saqlangani
aniqlandi.
Qozoqi navida nazorat variantida saqlangan mevalar 250 gr, politilen
plyonkalarda saqlangan mevalar 220 gr ga kamaygan bu esa nazorat variantiga
nisbatan 0.3 % ga sifatli, qog’ozlarda o’rab saqlangan mevalar 247 gr kamaygan
nazorat variantiga qaraganda 0.09 % ga sifatli saqlangan.. Achchiq chuchuk navida
politilen plyonkalarda saqlangan mevalar 448 grammga tabbiy vaznini yoqotib
nazorat variantga nisbatan 7.7 % ga sifatli saqlangan. Qayum anori navida nazorat
variantida saqlangan mevalar 209 gr, politilen plyonkalarga o’rab saqlangan mevalar
155 gr ga kamaygan nazorat variantiga nisbatan 0.9% ga, qog’ozlarda o’rab
saqlangan mevalar 215 gr kamayib nazorat variantiga nisbatan 0.8 % ga sifatli
saqlangani aniqlandi.
|