184
bo‘ladi. Tarmoqdagi inshootlar kanallardagi suv sarfi va sathini hamda quvurlardagi
bosimni murakkab rel’ef sharoitida tarmoqning ayrim
elementlari bir-biriga
tutashishini suv chiqarishni rostlash uchun xizmat qiladi.
Tarmoqdagi to‘suvchi inshootlar magistral kanal bo‘limlarida kerakli sathni
ta’minlash va pastki tarmoqlarga suvni belgilangan aniqlikda yetkazib berishni amalga
oshiradi.
Suvni bo‘lib beruvchi inshootlar ularga berilgan
suvni belgilangan miqdorda
ajratib bir necha kanallarga bo‘lib beradi.
Suvni to‘kish inshootlari kanallarda suv ko‘payib ketganda ortiqcha suvni
chiqarib tashlash yoki sug‘orish tarmog‘ini to‘liq bo‘shatish yoki sug‘orish tarmog‘ini
to‘liq bo‘shatish uchun qo‘llaniladi.
Tekis to‘siqli GTI uzoq vaqtlardan boshlab qo‘llab
kelingan va ular hozirgi
kunda ham keng tarqalgan. Shu bilan birga turli ko‘rinishlarga ega bo‘lgan to‘sqichlar
ham qo‘llab kelinyapti. To‘sqichlarni tanlash asosan ularning asosiy tavsifnomalari
orqali amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlardagi to‘sqichlar maxsus
rostlash xususiyatiga ega
bo‘lishi va ekspluatatsiya sharoitlariga javob berishi kerak. Avtomatlashtirilgan
to‘sqich eng avval yuqori ishonchlilikka ega bo‘lishi kerak,
shu jumladan, ular
masofadan boshqariluvchi ko‘tarish mexanizmlari va telemexanik boshqaruv,
telenazorat, teleo‘lchov vositalari bilan ta’minlashni zarur suvni hisobga olish uchun
datchiklar va kontrol o‘lchov asboblari o‘rnatilishi kerak.