§ 14.2. Gidrotexnika qurilmalarining avtomatlashtirish sxemalari




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

 
§ 14.2. Gidrotexnika qurilmalarining avtomatlashtirish sxemalari 
 
GTI larini rejimlarini avtomatik rostlashning asosiy sxemalarining 
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
a) Yuqori b’ef bo‘yicha (YUB) avtomatik rostlash sxemasi. Kanalning ishini 
yuqori b’ef bo‘yicha rostlashda to‘suvchi inshootlardagi yuqori b’ef bo‘yicha sathni 
stabillash ta’minlanadi, bu holda ulardagi to‘sqichlar avtomatik rostlash tizimining 
ijrochi organi hisoblanadi. Odatda kanallar to‘suvchi inshootlar yordamida bo‘limlarga 
ajratiladi va ular kanal b’eflari deb yuritiladi. 
3.2 – rasmda turli sarf o‘zgarishlari uchun b’ef yuzasidagi erkin o‘zgarish egri 
chizig‘ining joylashishi ko‘rsatilgan: 4 – egri chiziq kanalning tag qismiga parallel 
bo‘lib, kanaldagi Q
max
– maksimal sarfga to‘g‘ri keladi, 2 – gorizontal chiziq kanalning 
erkin yuzasiga mos keluvchi Q = 0 sarfga to‘g‘ri keladi. 


185 
3.2-rasm. Suv sarfini avtomatik to‘sqichi sxemasi: a) bitta to‘sqichli; b) qo‘shaloq 
to‘sqichli; 1- suv chiqaruvchi qism; 2- suv tagidagi devorlar; 3- qo‘shaloq egilgan 
koziroklar; 4- ko‘taruvchi mexanizm; 5- suriluvchi to‘sqich; 
3.3-rasm. Suvni sathini me’yorlovchi «Neyrpik» tipidagi gidravlik to‘sqichlarning 
sxemasi:
a) yuqori b’ef bo‘yicha; b) pastki b’ef bo‘yicha; c) aralash rostlovchi;
1-qalqovich; 2- to‘sqich; 3- aylanish o‘qi; 4- qarshi yuk; 


186 
To‘suvchi inshootni yuqori b’ef bo‘yicha erkin sath yuzasida egri chiziqlari
H = const nuqtasida chegaraviy uchburchak hosil qilib kesishadilar. Bu esa 




Q
ma[
sarfga to‘g‘ri keladigan b’efdagi sath o‘zgarishi chegaralarini belgilaydi. 
Suv chiqarish inshootlari to‘suvchi inshootlari yuqori b’efiga yaqin joylashtiriladi, 
chunki bu yerda suv chiqarish inshootlarining normal ish tartibi saqlanadi. 
Yuqori b’ef bo‘yicha rostlashning asosiy xususiyati shundaki, b’eflar orasida 
teskari gidravlik aloqa yo‘q, buning natijasida yuqori joylashtirilgan b’eflarga quyi 
b’eflardagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatilmaydi. 
Suv olish vaqtida kanalga suv yig‘ilmaydi, kanalni oxirigacha borib, undan 
chiqarib yuboriladi. Yuqori b’ef bo‘yicha ko‘rilgan rostlash tartibi kanalni normal ish 
sharoitlariga to‘g‘ri keladi. 3.2– rasmning «b», «v» ko‘rinishlariga avariya 
holatlaridagi o‘zgarishlar ko‘rsatilgan. Agar to‘suvchi inshoot ishdan chiqsa, to‘sqich 
ochiq holatda to‘xtab koladi. Bu holda ushbu b’efda normal belgilangan sath o‘zgarib 
bu bo‘limdagi iste’molchilarga suv uzatilmaydi. Odatda ulardan olinadigan suv sarfi 
oxirgi tashlama inshootiga uzatiladi. 
Kanaldagi to‘sqichni yopiq holatda to‘xtab qolishi xavfli avariyalardan 
hisoblanadi, chunki kanal b’efi toshib ketib maxsus inshootlar va dambalarga zarar 
etkazishi mumkin. Shuning uchun b’ef to‘lib ketmasligi uchun maxsus qurilmalar 
o‘rnatiladi. 
Kanalning yuqori b’ef bo‘yicha rostlash tizimi yetarli darajada ishonchli ishlaydi 
va u hozirgi kunda keng qo‘llanilyapti. 

Download 7,42 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 14.2. Gidrotexnika qurilmalarining avtomatlashtirish sxemalari

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish