92
•
chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati yoki chiquvchi
shtokdagi ta’sir etuvchi kuch;
•
aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik
maydoni; inersionlik vaqtini ko‘rsatuvchi vaqt doimiysi;
•
ijro mexanizmlarini chiqish valining aylanish vaqti yoki uning shtokining
surilish vaqti.
Ijro mexanizmini ishdan to‘xtagandan so‘ng turg‘unlashgan rejim vaqtida ishlab
turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash
sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ijro mexanizmlarining asosiy ko‘rsatkichlari – ularning statik va dinamik
tavsifnomalari hisoblanadi.
Dinamik xususiyatlariga ko‘ra ijro mexanizmlari integrallovchi zvenolar
guruhiga kiradi:
W(p)= 1/ T
im
r
bu erda
T
im
– maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to‘liq
surilish vaqti.
Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin:
•
foydalanilgan energiya turiga ko‘ra, chiquvchi organning harakat
xarakteriga ko‘ra;
•
foydalanilgan yuritma turiga ko‘ra hamda chiquvchi organning
xarakatlanish tezligiga ko‘ra.