93
𝑛 =
𝑈
𝐶∙𝐹−𝑀(𝑅𝑦𝑎+𝑅𝑘+𝑅
𝐶
𝑒
∙𝐶
𝑀
∙𝐹
2
bo‘ladi.
Bunda, U
ya
– yakor klemmalaridagi kuchlanish; F-magnit oqimi;
R, R
k
- qarshiliklar; I
k
- qo‘zg‘atish toki.
O’zgarmas tok dvigatellarni asosiy kamchiligi ularda kontakt cho‘tkasi borligi
va o‘zgarmas tok manbaasini talab qilinishidir.
Avtomatik sistemalarda magnitlanmaydigan rotorli asinxron dvigatellar ko’proq
qo‘llaniladi (7.1-rasm).
7.1 - rasm. Parallel qo‘zg’atishli o‘zgarmas tok dvigateli
Ularning afzalliklari: moment inersionligi kam, cho‘tkasi yo‘q, teskariga
aylantirish
uchun qulay, yurishi ravon va shovqinsiz, aylanish tezligi kuchlanishga
proporsional. Rotori stakan ko‘rinishida. Dvigatel rotorini aylanishi stator
cho’lg’amida hosil bo‘ladigan aylanuvchi magnit maydon bilan alyuminiy stakan
devorida hosil bo‘ladigan uyurma tokning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
7.2 – rasmda stakansimon alyuminiy rotorli asinxron
dvigatelni prinsipial
sxemasi keltirilgan.
7.2 – rasm. Stakansimon alyuminiy rotorli asinxron dvigatelni prinsipial
sxemasi
94
Stator cho’lg’amlaridan biri boshqaruvchi signal cho’lg’ami (Wb), ikkinchisi
esa o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadigan qo‘zgatish cho’lg‘ami (Wk) hisoblanadi.
Qo’zgatish chulg‘ami zanjiridagi kondensator S, unda hosil bo‘ladigan magnit
maydonning boshqaruvchi cho’lg’ami (W
b
) ning magnit maydoniga nisbatan 90
0
ga
yakin faza siljishiga ega bo‘lgan ikkita pulsatsiyalanuvchi magnit oqimlarining vektor
yigindisi aylanuvchi magnit maydonini hosil qiladi. Stakan devorlarida hosilbo‘ladigan
uyurma va unga ta’sir qiladigan aylanuvchi magnit maydon rotorni aylantiradi, shunda
dvigatel valiga mexanik bog’langan boshqariluvchi organ – rostlash organi xam
aylanadi. Rotor valida vujudga keladigan aylantiruvchi moment, boshqaruvchi signal
amplitudasiga muvofiq o‘zgaradi.
Elektromagnit ijrochi
qurilmalarni vazifasi mexanik, pnevmatik va gidravlik
sistemalarda energiya yoki massa oqimini boshqarishdir. Ular 2 xil bo‘ladi: suriluvchi
elektro magnitli klapan va elektromagnitli sirpanuvchi mufta. Elektromagnitli
yuritmalar elektro dvigatellarga qaraganda ancha arzon, ishlashi ishonchli va ishga
tushish tezligi yuqoridir.
Tortuvchi elektrmagnit (7.3 – rasm, a) ga yoki suyuqlik oqayotgan quvurdagi
rostlovchi organni boshqaruvchi organni signaliga
muvofiq ochib-yopib turish
vazifasini bajaradi.
7.3 – rasm. Elektromagnitli mufta sxemasi
Elektromagnitli mufta (7.3 – rasm, b) ishchi mexanizmni ishga tushirish,
to‘xtatish tish va ularni tezligini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Muftani etakchi
valida magnit maydon hosil qiladigan cho’lg’am joylashgan. Chulg‘amga xalqa va
cho‘tka orqali kuchlanish beriladi. Muftaning etaklanadigan tomoni yakor ishchi
mexanizm valiga mexanik ulangan. U val o‘qi yo‘nalishida unga yoki chapga surilishi
mumkin.
Elektromagnit chulg‘amida tok bo‘lmasa, yakorni prujina chap tomondan suradi,
natijada ishchi mexanizmini vali aylanmay qoladi. Elektromagnit chulg‘amidan tok
o‘tganda xo-sil bo‘lgan magnit maydon kuchi prujinani elastiklik kuchini engadi va
yakor muf taning etakchi yarim
pallasiga kelib yopishadi, texnologik mashina vali
95
etakchi val bilan birga aylana boshlaydi. Chulg‘amdan o‘tadigan tok miqdoriga qarab
ishchi mexanizm tezligini rostlash mumkin bo‘ladi.
Bunday muftalar seriyasi sanoatda ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Ular 24 va 100
voltli o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi va 5-22 Vt quvvat oladi. Ulanish vaqti 20- 40
ms, uzilish vaqti esa 15...30 ms bo‘ladi.
Foydalanilgan energiya turiga ko‘ra IMlar elektrik, pnevmatik, gidravlik
turlariga ajratiladi.
Ularning asosiy maqsadi mexanizmlar, turli tizimlar va qurilmalarning ishlash
rejimlarini yoqish, o‘chirish va o‘zgartirishdan iborat.
Ushbu turdagi eng keng tarqalgan qurilmalar orasida:
Elektrodvigatellar,
aktuatorlar, har-xil yurtgitkichlar, o‘shgartiruvchi relelar, robotlashgan moslamalar,
solenoid yurtgitkichlari, DMDD oynalari va h.k. Qurilma ko‘p hollarda ikkita
funksional birlikni o‘z ichiga oladi: ijro etuvchi element, shu jumladan rostlash organi,
misol uchun bu rostlovchi klapan yoki boshqa bloklar ham bo‘lishi mumkin.
IM qo‘shimcha boshqaruv vositasiga ega bo‘lishi kerak. Ijro qurilmasini tahlil
etadigan bo‘lsak (1-rasm) ijro etuvchi qurilmaning kirishida
kuchaytiruvchi bloklar
o‘rnatiladi (BU).