§ 7.3. Ijro etuvchi qurilmalarning qo‘llanilishi va xususiyatlari
Chiquvchi organ harakat xarakteriga qarab IMlar aylanuvchan va to‘g‘ri
harakatlanuvchan guruhlarga ajratiladi. Aylanuvchan IMlar bir marta aylanuvchan va
98
ko‘p marta aylanuvchan bo‘lishi mumkin. Foydalanilgan elektr yuritma ko‘rinishiga
qarab IMlar elektr yuritmali, elektromagnitli, porshenli va membranali bo‘lishi
mumkin. Chiquvchi organning harakatlanish tezligiga ko‘ra IMlar doimiy tezlikka ega
bo‘lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional
bo‘lgan IMlarga ajratiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida elektrik IMlar
keng tarqalgan.
Ularni 2 ta asosiy guruhga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli.
Birinchi guruhga
elektr yuritmali IMlar kiradi. Elektr yuritmali IMlar odatda
elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo‘lmasligi ham
mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga beriladi,
mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni harakatga keltiradi. Signal
yo‘qolganda yuritma ishdan to‘xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.
Ikkinchi guruhga
solenoidli IMlarni kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi
klapanlar, ventellar, zolotniklar va boshqa elementlarni boshqarish uchun qo‘llanilishi
mumkin. Bu guruhga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin. Solenoidli
mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida qo‘llaniladi. Elektr
yuritmali IMlar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi
bo‘lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o‘zida yuritma va tormozga
beriladi, mexanizm to‘xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni harakatga keltiradi.
Signal yo‘qolganda yuritma ishdan to‘xtaydi, tormoz mexanizmni to‘xtatadi.
Elektrik ijro mexanizmlari
Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida statsionar qurilmalar va jarayonlarni
avtomatlashtirishda asosan elektrik ijro mexanizmlari, harakatlanuvchi mashinalarda
esa gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari qo‘llaniladi.
|