103
7.7 -rasm. Quruq ishqalanish va qovushoq ishqalanish muftasining konstruktiv
va elektr sxemalari
Qovushoq ishqalanuvchi muftalar ferroparo-shakli yoki magnitli emulsiyali
tarkibiga ega bo‘lib, boshqariluvchi va boshqaruvchi elementlarda bog‘lovchi qatlam
hosil bo‘ladi. Bunday muftalarning xarakterli tomoni shundaki, magnit oqimi ortib
borishi bilan uzatiluvchi aylantiriluvchi moment ortib boradi. Bunday muftalar
yuklamalarga nisbatan chidamli bo‘lib, tez harakatlanuvchan IM lardan hisoblanadi
(vaqt doimiysi T=0,005... 0,008 s), ularning uzatish koeffitsiyenti K=3500. Bu muftalar
konstruktiv tuzilmasiga ko‘ra g‘altaklarning joylashishi, soni, ishchi yuzasining
shakliga, tok o‘tkazgichlarining ko‘rinishi va boshqa belgilariga ko‘ra farqlanadi