Ijro qurilmasining tuzilishi
IM ularning turlari xilma-xilligi bilan belgilanadi. Oddiy misol sifatida, elektr
motorlar yoki elektromagnitlar turkumi ko‘rib chiqsak bo‘ladi.
Elektromagnit muftalar va ularni ulanish sxemasi
104
Elektr magnitli kerakli masofaga (kichik) jadal tezlanish harakatini etkazish
uchun ishlatiladi. Ular, asosan gidravlik va pnevmatik tizmilarni boshqarish xizmat
qiladilar, klapan, zadvijka ventillarni o‘z ichiga oladi.
Elektr magnitning klapani bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan masofani hisobga olib,
qisqa yoki uzoq vaqt harakat qilishi mumkin.
§ 7.7. Elektromagnitli-solenoidli ijro mexanizmlari
Bu qurilmalardan biri elektromagnit klapan solenoid hisoblanib, u klapanni
ishga tushiradi, siqilgan havo yoki suyuqlikning haydovchi qurilmaga kirishini ochadi
va yopadi. Elektr toki g‘altakka yo‘naltirilganda po‘lat armatura solenoidga tortiladi,
bu esa klapanning ochilishiga olib keladi.
Stanok uskunalarida, shuningdek, boshqa uskunalarda keng qo‘llaniladigan
elektromagnitlar, elektromagnitlarni tortilish asosida ishlaydilar, bunda ular harakatni
to‘xtatmasdan ham kinematikada kommutatsiyani ta’minlab beradilar.
Ularning ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinadi:
7.8 – rasm. Elektromagnitli-solenoidli ijro mexanizmini sxemasi
Elektromagnit
ilashish
muftasining
g‘altak o‘ralishiga elektr toki
yo‘naltirilganda elektr tok, korpusda magnit oqimi hosil bo‘ladi va u tormoz diskiga
kirib armatura orqali yopiladi. Bu esa yakorni korpus bilan birlashishiga olib keladi.
Natijada qo‘zg‘aluvchan val o‘z momentini qo‘zg‘aluvchan valga uzatadi. Prujinaga
elektr toki berish to‘xtatilganda armatura korpusdan qaytariladi. Natijada qo‘zg‘algan
val o‘z harakatini to‘xtatadi.
|