|
elektr, pnevmo, gidrorostlagichlarBog'liq hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUWelektr, pnevmo, gidrorostlagichlar
deyiladi.
Kirish signali rostlanuvchi ob’ektdan o‘tish vaqtida deformatsiya va kechikishga
duch keladi. Chiqish kattaligi kirish signaliga nisbatan amplituda bo‘yicha kamayib,
faza bo‘yicha kechikadi. Bu hodisalarni yo‘qotish uchun rostlanuvchi ob’ekt avtomat
rostlagich bilan ta’minlanadi. Avtomat rostlagich chiqish signali amplitudasini oshirib,
faza bo‘yicha ilgarilashini ta’minlaydi.
O’tish jarayonining sifati rostlanuvchi ob’ekt va rostlagich tavsifnomalariga
bog‘liq. Rostlagich sozlanishining o‘zgarmas kattaliklarida boshqaruvchi yoki
rostlovchi ta’sir va rostlanuvchi kattalik o‘rtasidagi bog‘lanish rostlash qonuni
deyiladi.
§ 8.5. Gidravlik va qo‘shma rostlagichlar
Gidravlik rostlagichlarda
suvdan olinadigan energiya hisobiga suvni tarqatish
jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me’yorlashni amalga oshirish mumkin.
Sug‘orish tizimlarida suv tarqatishni avtomatlashtirishda qo‘llanuvchi zatvor
avtomatlarning bir necha turi mavjud, sarf zatvor avtomatlar, Neyrnik» tipidagi zatvor
avtomatlar, to‘g‘ri harakatlanuvchi avtomatik zatvorlar va boshqalar.
«Neyrpik» tipidagi avtomatik zatvorlarga bir xil
holatga o‘rnatilgan gidravlik
zatvor-rostlagichlar bo‘lib, bu holda zatvorni holati rostlanuvchi sathga mos keluvchi
nuqta atrofida bo‘ladi.
Bu zatvorlar yordamida 3 xil usulda sathni rostlash mumkin. Yuqorida b’ef
bo‘yicha rostlashni amalga oshiruvchi avtomat-zatvor, pastki be’f bo‘yicha rostlashni
amalga oshiruvchi hamda aralash rostlashni amalga oshiruvchi zatvor avtomatlarni
sxemasi 8.4 - rasmda berilgan.
Yuqorida b’ef bo‘yicha rostlashda bitta datchik o‘rnatilgan bo‘lib, o‘rnatilgan
sathda zatvor bir tarafdan qarama-qarshi lekin bir biriga tang momentlar ta’mirida,
ya’ni zatvorni og‘irligidan hosil bo‘luvchi moment va qarshi yuk momenti hisobiga
116
ikkinchi tarafdan sath datchikiga ko‘rsatiluvchi gidrostatik bosim ta’sirida o‘z holatida
ya’ni balans holatida bo‘ladi.
Agar zatvor oldidagi sath ko‘tarilsa yoki pasaysa tenglik yo‘qoladi va zatvor
berilgan satx o‘z holiga qaytishi uchun zarur bo‘lgan kattalikka ochiladi. Rostlash
jarayonida turli tebranishlarni yo‘qotish maqsadida zatvorlar tarkibiga moyli
amortizatorlar kiritiladi.
Pastki b’ef bo‘yicha sathni stabellash zatvori xam shu tartibda harakatlanadi,
lekin sath datchigi pastki b’ef tarafida o‘rnatiladi.
8.4-rasm. Suv sarfini avtomatik to‘sqichi sxemasi: a) bitta tusqichli; b)
qushaloq tusqichli; 1- suv chiqaruvchi qisim; 2- suv tagidagi devorlar; 3- qo‘shaloq
egilgan kaziroklar; 4- ko‘taruvchi mexanizim; 5- suriluvchi to‘sqich
117
8.5-rasm.
Suvni sathini
me’yorlovchi «Neyrpik» tipidagi gidravlik
to‘sqichlarning sxemasi: a) yuqori bef bo‘yicha; b) pastki bef bo‘yicha; v) aralash
rostlovchi; 1-qalqovich; 2- to‘sqich; 3- aylanish o‘qi; 4- qarshi yuk;
|
| |