element sezgirligi deyiladi.
Avtomatika elementining yana bir muhim xarakteristikasi - element (kirish
kattaligi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan) chiqish kattaligining o‘zgarishidan hosil
bo‘lgan o‘zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit temperaturasining
ta’minlash kuchlanishining o‘zgarishi va hokazolar bo‘lishi mumkin. Element
xarakteristikalarining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan xato
nostabillik deb ataladi.
Ba’zi elementlarning kirishi va chiqish kattaliklari o‘rtasida ko‘p qiymatli
bog‘lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo‘lishi
mumkin. Bunday kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish
qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog‘liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o‘zgartirish
qobiliyatiga ega bo‘lgan qiymati
sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari
mustahkamlik bilan ham xarakterlanadi.
Elementlarning sanoatda ishlatilishida o‘z parametrlarini yo‘l qo‘yilgan
chegaralarda saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementi
loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so‘ng ishlatish jarayonida
sinaladi.
111
RO - rostlanish ob’ekti: rostlanuvchi qurilma bo‘lib,
y fizik kattaligi rostlanadi,
uni rostlanuvchi – kattalik deb atashadi.
AR - avtomatik rostlagich: qurilmalar majmui tomonidan, RO ni boshqaruv
ob’ekti
z ta’sir orqali rostlanadi.
g – beriladigan ta’sir: bu fizik kattalikni tavsiflovchi rostlash miqdor Y
o‘zgarishining zaruriy qonuni;
f 1 ,
f 2 ... tashqi ta’sir: bu fizik kattalikni rostlanuvchi