Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

Zadatchik (topshiriq beruvchi) 
- o‘zining chiqishida rostlanuvchi kattalikning 
berilgan qiymatiga mutanosib signal ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilma. Ammo 
tengsizlik signalining quvvati, odatda, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini 
harakatga keltirish uchun kamlik qiladi. Shuning uchun, avtomatik rostlagich orqali 
amalga oshiriluvchi rostlash qonuniga muvofiq, bu signal kuchaytirilib tuzatiladi. Bu 
operatsiyani kuchaytirgich va tuzatuvchi blok bajaradi. Rostlanuvchi kattalik bilan 
kirish signali o‘rtasidagi funksional bog‘lanishga 
rostlash qonuni
deb ataladi. 
Signal avtomatik rostlagichning chiqishidan ijro etuvchi mexanizm kirishiga 
keladi. Rostlagichning buyruq signalini o‘zidagi rostlovchi organning tegishli signaliga 
o‘zgartiruvchi qurilma 
ijro etuvchi mexanizm
deyiladi. 
§ 8.3. Avtomatik rostlash tizimidagi elementlar 
 
Funksional belgilariga ko‘ra avtomatik rostlash tizimidagi elementlarni quyidagi 
guruhlarga bo‘lishi mumkin:
1) sezgir elementlar;
2) datchiklar;
3) solishtirish elementlari;
4) topshiriq bergich yoki boshqaruvchi elementlar (zadatchik);
5) o‘zgartiruvchi elementlar (biror fizik xossalarga ega bo‘lgan signallarni 
ikkinchi xil fizik xossalarga ega bo‘lgan signallarga aylantirishga mo‘ljallangan);
6) kuchaytirgichlar;
7) tuzatuvchi elementlar 
(tizimni talab qilingan dinamik sifatlar bilan ta’minlaydi);
8) ijro 
etuvchi elementlar;
9) stabilizatorlar (tizimning ish paytida berilgan fizik kattalik tebranishlarini 
stabillashga mo‘ljallangan);


110 
10) signallarni uzatish uchun xizmat qiladigan taqsimlagichlar (turli 
elementlarni bir-biriga ketma-ket ulashga mo‘ljallangan); 
11) hisoblash elementlari (konkret texnologik masalalarini yechish va ma’lum 
matematik operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan). 
Iste’mol qilinadigan energiyaning turiga ko‘ra avtomatik rostlash tizimi 
elementlari elektrik, pnevmatik, gidravlik va kombinatsiyalashgan bo‘ladi. Avtomatik 
tizimlarning xususiyatlari ularning elementlari xususiyatlariga bog‘liq. 
Har bir elementning umumiy va asosiy xarakteristikasi uning o‘zgartirish 
koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo‘lgan nisbatiga 
teng. Avtomatika tizimlarining elementlari qiymat va sifat o‘zgarishlarini bajaradi. 
Qiymat o‘zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda 
tutadi. Sifat o‘zgartirishlarda bir fizik kattalik ikkinchisiga o‘tadi. Bu holda o‘zgartirish 
koeffitsiyenti 

Download 7,42 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish