• Elektr energiya ishlab chiqarishning shamol tezligiga bog‘liqligi, E – elektr energiyaning ishlab chiqarilishi, kVts; V – shamol tezligi, m/s .
  • -jadval. Shamol elektr agregatlarning xarakteristikasi




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

     
    4.5-jadval. Shamol elektr agregatlarning xarakteristikasi. 
    T.
    R. 
    Asosiy ko‘rsatkichlar 
    Shamol agregatining turi 
    AVE
    U-6-
    4M 
    AVE-
    16 
    AVE-
    18-30 
    AVE-
    25-
    100/250 
    1. 
    Shamol g‘ildiragining diametri, m 
    6,6 
    12,0 
    18,0 
    25,0 
    2. 
    Tirgak ustunining balandligi, m
    9,0 
    12,0 
    18,0 
    25,0 
    3. 
    Qanotlar soni 




    4. 
    Shamolni 
    qo‘llash 
    hududlardagi 
    o‘rtacha yillik tezligi, m/s kam 
    bo‘lmagan 
    5,0 
    5,0 
    5,0 
    5,0 
    5. 
    Nominal 
    quvvatga 
    erishilgandagi 
    shamolning hisobli tezligi, m/s 
    9,5 
    10,5 
    10,0 
    9/14 
    6. 
    Ishlash tezliklarining diapozoni, m/s 
    4,5-40 
    4,5-
    25,0 
    5,0-
    25,0 
    5,0-30 
    7. 
    Nominal quvvati, kVt 

    16 
    30 
    100/250 
    8. 
    Xarajatlarni qoplash muddati, yil 
    3-4 
    4-5 
    4-6 
    4-6 
    9. 
    Yonilg‘ining yillik tejami, t
    4,4 
    16,3 
    28 
    84 
    10. Og‘irligi, kg 
    1210 
    3300/4
    400 
    5000 
    18000 


    4.10-rasm. Elektr energiya ishlab chiqarishning shamol tezligiga bog‘liqligi,
    E – elektr energiyaning ishlab chiqarilishi, kVts; V – shamol tezligi, m/s . 
     
    4.6. Shamol elektr qurilmalarida kuchlanishni boshqarish 
    Odatda shamol dvigatellari shamolning 4 dan 3m/sek gacha bo‘lgan kuchsiz 
    tezliklarida o‘zgaruvchan aylanish bilan ishlasa, 8 m/sek dan katta tezliklarida esa 
    shamol dvigatellari avtomatik rostlashga ega bo‘lsa, o‘zgarmas aylanish bilan 
    ishlaydi. Aylanishlarning notekisligi mazkur shamol dvigatellarining rostlash 
    tizimiga bog‘liq ravishda 3 dan 15% gacha bo‘lgan oraliqlarda o‘zgaradi. 
    Shunday qilib, shamol dvigatellariga ulangan generator aylanishlarning 
    o‘zgarmasligini ta’minlashi kerak. Bu shartlarga o‘zgarmas tok generatorlari javob 
    beradi va odatda ular kichik quvvatli shamol elektr stansiyalariga o‘rnatiladi.
    Shamol dvigateli bilan ishlashi uchun o‘zgarmas tokning shunt generatorlari 
    ishlatiladi. 
    Mazkur generatorlari shunt g‘alayonlanishli (sxemasi rasmda ko‘rsatilgan) 
    yoki aralashma g‘alayonlanishli bo‘lishi mumkin. 
    Ularda 
    asosiy 
    shunt 
    o‘ramlaridan 
    tashqari 
    qo‘shimcha 
    tarzda 
    g‘alayonlanishning serkes o‘ramlari bo‘lishi mumkin. 
    Qo‘shimcha o‘ram shunday ulanishi kerakki, uning magnit oqimi shunt 
    o‘ramning asosiy oqimi bilan qo‘shilishi kerak. Buning natijasida kompaund 
    g‘alayonlanishli generator sxemasini olamiz. 
    Quvvati 100 dan 1000 Vatt gacha bo‘lgan kam quvvatli shamol elektr 
    stansiyalarida traktor va avtomobillar va o‘rnatilgan generatorlar ishlatiladi. Mazkur 


    mashinalar o‘zgaruvchan aylanish bilan ishlaganligi uchun ularga generatorlar katta 
    magnit to‘yinish bilan tayyorlanadi. Shuningdek kuchlanish rostlagichlari mavjud 
    bo‘ladi. Shu sababli ularda aylanishlarni katta oraliqlarida tebranishiga ruxsat 
    beriladi. Bu esa shamol dvigatellari ishlaydigan notekisliklarga mos keladi. GVT 
    GAU va GBF rusumi bilan ma’lum bo‘lgan mazkur generatorlarning kamchiligi 
    foydali ish koeffitsientining kichikligidir. GBT generatorlari OT3 va XT3 
    traktorlariga o‘rnatiladi va quvvati 60 dan 85 Vatt gacha, kuchlanishi 6 Volt, 
    g‘alayonlanishning ikki qutbli shunt o‘ramlariga ega bo‘ladi xamda kuchlanishni 
    avtomatik rostlash bilan ishlaydi. Rostlagich yuklamali rejimda aylanishni 1100 dan 
    2100 ayl/min gacha o‘zgartirishga imkon beradi. Kuchlanish esa o‘zgarmas xolatda 
    ushlab turiladi. 
    Uch shyotkali GBF generatori M-2, 34 C-101 rusumidagi yengil 
    avtomobillarga o‘rnatiladi. Ularning quvvati 60 dan 80 Vt gacha bo‘ladi, kuchlanishi-
    6 volt; ikki qutbli, g‘alayonlanishni shunt o‘ramli. 
    Uch shyotkali generatorlarning afzalligi ularning aylanishlari 700 dan 4500 
    ayl/min o‘zgarishida maxsus kuchlanish rostlagichsiz akkumulyatorlarni 
    zaryadlashda ishlashi mumkindir. 
    G’alayonlanish shunt musbat qutbi betarafga nisbatan 60
    0
    atrofida ma’lum bir 
    burchakka siljigan maxsus uchinchi shyotkaga ulangandir. 
    Mazkur holatda generator qutblaridagi magnit oqimining taqsimlanishiga yakor 
    o‘ramlarining soni o‘zgarishidan foydalaniladi. Yakor o‘ramlari tomonidan hosil 
    qilinayotgan oqim kompaundga qarshi o‘ramlar oqimiga o‘xshash vazifani bajaradi, 
    ya’ni qutblarni magnitsizlantiradi. Shu tufayli aylanishlar sonini juda katta 
    tebranishlarda ham generator qisqichlaridagi kuchlanish katta bo‘lmagan oraliqlarda 
    o‘zgaradi. Shuni aytib o‘tish joizki, kuchlanishning cheklanishi faqatgina generator 
    akkumulyator batareyasiga yoki katta quvvatli yuklamaga ishlaganda yuz beradi. 
    To‘liq bo‘lmagan yuklamada yoki salt ishlashida kuchlanish katta oraliqlarda 
    o‘zgaradi. Bu holatda ishchi tok bo‘lmaydi va buning natijasida yakorning reaksiyasi 
    mavjud bo‘lmaydi.


    Shuntli GA 250/12 rusumdagi generator, to‘rt qutbli quvvati 250 Vatt, 
    kuchlanishi 12 V bo‘lib, avtobuslarda ishlashi uchun mo‘ljallangan. PPT turdagi 
    kuchlanishni avtomatik rostlash bilan ishlaydi. Mazkur rostlagich yuklamaga ega 
    bo‘lgan aylanishlarni 1300 dan 3000 ayl/min gacha o‘zgarishida kuchlanishning 
    o‘zgarmasligini ta’minlab turadi. Generator shamol g‘ildiragining diametri 3 m 
    bo‘lgan shamol dvigatellari bilan ishlashi uchun qo‘llanilishi mumkin. 
    Quvvati 1000 Vatt, kuchlanishi 24 volt bo‘lgan GT 1000/24 generatori PPT 
    turdagi kuchlanish rostlagichi bilan ishlaydi va aylanishlarni 350 dan 3000 gacha 
    tebranishda kuchlanishning o‘zgarmasligini ta’minlaydi. Mazkur generator shamol 
    g‘ildiragining diametri 3 dan 3,5 m gacha bo‘lgan shamol dvigatellarida ishlatilishi 
    mumkin va shamolning yuqori o‘rtacha yil tezliklariga ega bo‘lgan hamda 
    shamolning o‘rtacha yillik tezliklari 5 m/sek past bo‘lgan tumanlarda ishlatish uchun 
    mo‘ljallangandir. Shuningdek diametri 5 m bo‘lgan shamol g‘ildiragiga ega bo‘lgan 
    shamol dvigatellarida ishlatilishi mumkin. 
    Umumiy qo‘llanishli o‘zgarmas tok generatori normal to‘yinishli magnit 
    tizimiga ega bo‘ladi. Buning natijasida ularning tavsiflari katta og‘ish burchakli 
    (gorizontalga nisbatan) egri chiziqqa ega bo‘ladi va aylanishlarni tebranish ko‘lami 
    kichik bo‘lishi bilan farqlanadi. Bunday generatorlar yurish notekisligi kichik va 
    yuqoriroq quvvatli shamol dvigatellari bilan ishlashi mumkin. 
    G’alayonlanish zanjirida o‘zgarmas qarshilik bilan ishlash rejimi. Shunt 
    generatorlarining o‘zgarmas kuchlanishdagi aylanishlarga bog‘liq holdagi tasviri 
    to‘g‘ri chiziq ko‘rinishidagi chizma sifatida ko‘rsatiladi. To‘g‘ri chiziqning 
    koordinataning gorizontal o‘qqa og‘masi generator shunt o‘ramlari zanjirida 
    g‘alayonlanish tokining kattaligini ko‘rsatadi. 
    Shamol elektr agregati ishlaganda kuchlanishning o‘zgarmasligini olish 
    maqsadga muvofiqdir. Bunga esa generator yuklamasini rostlash bilan erishiladi. 
    Bunday rostlashni akkumulyator batareyasini generator klemmalariga parallel 
    ulash orqali amalga oshiriladi. Mazkur holatda akkumulyatorning vazifasi shamol 
    dvigatelining quvvat tebranishini silliqlash va generator klemmalarida normal 
    kuchlanish kattaligini ushlab turishdan iboratdir. Shamol dvigatelining aylanishi 


    pasayganda 
    generator 
    klemmalaridagi 
    kuchlanish 
    tushib 
    ketadi. 
    Agarda 
    akkumulyator batareyasi normal zaryad holatida bo‘lsa, uning kuchlanishi 
    generatordagiga qaraganda katta bo‘ladi. Shu sababli u shamol dvigatelini tokning 
    kamayishi hisobiga yuklamani bir qismini o‘ziga oladi. Bu bilan birga uning 
    aylanishi oshadi va generator kuchlanishi tiklanadi.
    Izolatsiyalangan turdagi shamol elektr stansiyalari sezilarli darajadagi 
    kamchilikka ega bo‘lib, u energiyani bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun 
    akkumulyator va zaxira issiqlik dvigatelini o‘rnatish kerakligidan iboratdir. Buning 
    natijasida o‘zgarmas tokning katta quvvatli shamol qurilmasini amalga oshirish qiyin 
    bo‘lsa, olinadigan energiyaning tannarxi juda katta bo‘ladi. Izolatsiyalangan turdagi 
    shamol qurilmasini energiyaning boshqa manbalari qimmat bo‘lgan joylarda 
    o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Biroq mazkur shamol qurilmalari agarda ular 
    mexanik uzatma bilan ishlasa, elektr energiya esa yordam maqsadida ishlab chiqarilsa 
    (xizmat qiluvchi xonalarni yoritish, zaryadlash va boshqalar) foydali bo‘lishi 
    mumkin. Bu holatda katta sig‘imdagi akkumulyator kerak bo‘lmaydi. 
    Elektr yoritish va motor yuklamaga xizmat qiluvchi shamol qurilmalar ham 
    mexanik ham elektr mashinalardagi yo‘qotishlarga ega bo‘ladi, ya’ni foydaliligi 
    kamroq bo‘ladi.

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval. Shamol elektr agregatlarning xarakteristikasi

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish