110
Quyoshning yadrosi ikkita xossaga ega, birinchidan yadro reaksiyasi uchun
qulay sharoit yaratadi – ishonib bo‘lmaydigan 15 million gradus selsiy haroratga ega
(men u yerda termometr ushlab turishni xohlamagan bo‘lardim), ikkinchidan ishonib
bo‘lmaydgan katta bosim. Shuning uchun u yerda termo-yadro reaksiyasi amalga
oshadi.
5.2- rasm. Quyoshning tuzilishi (NASA tasviri).
Yadro reaksiyasida to‘rtta vodorod yadrosi parchalanib bitta geliy yadrosini
hosil qiladi.Bu jarayondan ikkita natija olinadi – gamma nurlar, ya’ni katta energiyali
fotonlar va neytronlar, ulardan biri koinotga ma’lum zaryadga va massaga ega
bo‘lmagan zarralar.