• Quyosh kollektorlarining tarixi
  •  Quyoshdan issiqlik energiyasi olishda foydalanish




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

     
    5.3. Quyoshdan issiqlik energiyasi olishda foydalanish 
    Quyosh kollektorlarining issiqlik ta’minot tizimini o‘rganish 
    Quyosh kollektorlari quyosh nurlanishi energiyasini yutib uni muhit issiqlik 
    energiyasiga aylantiradi (odatda suv yoki havo) va isitish va issiq suv ta’minoti uchun 
    foydalaniladi. Quyosh kollektorlarining har xil turlari mavjud: 
    - Yassi 
    - Vakuumli 
    - Konsentratorlardan foydalanish orqali 
    Eng ko‘p tarqalgan suyuqlik yassi kollektori issiqlik yutuvchi panel (absorber) 
    va issiqlik tashuvchi sirkulyatsiyasi uchun unga biriktirilgan kanallar (trubkalar)dan 
    iborat bo‘ladi. Quyosh nurlanishini yutuvchi absorberning yuqori qismi shaffof 
    izolyatsiyaga ega. Bu konstruksiyaning hamma qismi korpusga biriktirilib, orqa va 
    yon tomonlari issiqlik izolyasion material bilan qoplangan. 
    Quyosh kollektorlarining tarixi 
    Quyosh kollektorlarining texnologiyasi o‘ta yangi deb bo‘lmaydi. Quyosh 
    kollektorining birinchi modeli shishadan, yog‘och korobkadan va ichki qizuvchi 


    115 
    qatlamdan yaratilganligi shvetsariyalik olim Goratsiy Sossyur tomonidan XVIII asrda 
    yaratilgan. Olim shu vaqtda bu konstruksiyaning “kichik, arzon va oddiy” ekanligini 
    ta’kidlab o‘tgan. Amaliyotda birinchi bo‘lib bunday qurilmadan suv isitish uchun 
    XIX asr oxirida Janubiy Kaliforniyada foydalanishni boshlashdi. Har xil firmalar 
    yog‘och qutiga o‘rnatilgan, suv uchun qora bak ko‘rinishidagi va bir tomoni shisha 
    bilan qoplanib quyoshga orientir qilingan sodda quyosh kollektorlarini ishlab 
    chiqarishni boshlashdi. Bu holatda suv tun davomida sovib qolib, ertangi kunda 
    qizishini kutishga to‘g‘ri kelardi. 1909-yilda Kaliforniyada Vilyam Beyl suv uchun 
    bakdan alohida o‘rnatilgan va issiqlikni issiqlik almashinuvchi kontur orqali 
    uzatadigan 
    zamonaviy 
    yassi 
    kollektorning 
    prototopini 
    yaratdi. 
    Quyosh 
    kollektorlarining industriyasi asosan AQSH ning Kaliforniya, Florida shtatlarida 
    1940-yillarning oxirigacha rivojlandi, so‘ngra suv isitishda elektr va gaz narxi 
    kamaydi, shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to‘xtadi. Quyosh 
    kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970-yillarda neft krizisi vaqtida narxlar juda 
    yuqoriga ko‘tarildi. Natijada, ko‘pgina davlatlarda quyosh kollektorlarini massoviy 
    ishlab chiqarish boshlanib, bu ayniqsa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va O‘rta Yer 
    dengizi hududlarida davom etdi.
    Isroilda 1950-yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi. Energiya 
    tanqisligi shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv isitishga Isroil 
    qonunchiligi tomonidan ta’qiq bor edi. Bunday vaqtda mamlakatda suv isitish quyosh 
    tizimlarini ishlab chiqarish rivojlandi. 1967-yilga kelib mamlakatning 20% aholisi 
    quyosh kollektorlaridan foydalanishga o‘tdi. 1970-yillarda energetika krizisi vaqtida 
    parlament qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan uylar suv isitish quyosh tizimlari 
    bilan ta’minlanishi zarur. Natijada hozirgi vaqtga kelib Isroilda 85% ga yaqin uylarda 
    quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan energiya 
    mamlakat energiya iste’molining 3% ni tashkil etadi va yiliga 2 mln. barrel neftni 
    tejaydi. 
    2000-yillarda energiya resurslarining narxi ko‘tarilishi bilan ishlab chiqarishda 
    yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan foydalanish kengaydi. 2010-yil 


    116 
    boshlarida sayyoramizda o‘rnatilgan quyosh kollektorlarining quvvati 150 GVt ortib 
    ketdi (havo kollektorlari va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari). 

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Quyoshdan issiqlik energiyasi olishda foydalanish

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish