|
Quyosh haroratidan issiqlik energiyasini olish qurilmalari va vositalariBog'liq qayta tiklanuvchi energiya
5.3.1. Quyosh haroratidan issiqlik energiyasini olish qurilmalari va vositalari
Hozirgi kunda quyosh kollektorlarining yangidan yangi turlari kashf etilmoqda.
Ma’lumki quyosh energiyasidan foydalanish eng oddiy usuli, undan issiqlik olishdir.
Turli jismlar quyosh nuri ostida har xil qiziydi. Kuzatuvlarga qaraganda, ayniqsa qora
rangli yuzaga ega bo‘lgan jismlar qattiqroq qizish va issiqlikni yig‘ish xususiyatiga
ega. Quyosh kollektorining ish tartibi ham shunga asoslangan. Quyoshdan olingan
issiqlik maxsus isiqlikni akkumulyatsiya qilish qurilmasida yig‘iladi yoki qisqa
muddatda iste’mol qilishda ishlatiladi.
Kollektor so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib – yig‘uvchi, to‘plovchi ma’nosini
bildiradi.
Quyosh kollektori deb, quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga
xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi.
Hozirgi kunda shaffof qoplamaga ega bo‘lgan havo o‘tkazmaydigan korpusli,
qora rangga bo‘yalgan, suv o‘tkazgich naychalari singdiruvchan metall plastinali va
korpusining orqa hamda yonbosh devorlarida issiqlik yo‘qolishidan saqlash
maqsadida izolyatsiyalangan yassi quyosh kollektorlari keng tarqalgan.
Quyoshdan issiqlik manbai sifatida foydalanish azaldan ma’lum. Insonlar
tomonidan foydali qazilmalardan energiya olish texnologiyasi peshqadam o‘rinlarni
egallagunga qadar, suv va boshqa mahsulotlarni isitishda quyoshdan foydalanishni
yaxshi bilishgan.
Quyosh kollektori – hammaga ma’lum bo‘lgan qurilma bo‘lib uning sanoat
namunalari bundan 200 yil oldin ishlab chiqarila boshlangan. Masalan 1767-yilda
Shvedsariyalik olim Goratsiy de Sossyur tomonidan ixtiro qilingan va keyinchalik
ommalashib ketgan birinchi yassi yuzali quyosh kollektori ixtiro qilingan. Bundan
ancha keyinroq XIX asrning 30-yillarida Djon Gershel Janubiy Afrikaga sayohati
paytida mazkur uskunadan ovqatni isitish uchun foylangan.
Hozirda kashf etilgan kollektorlarni: yassi yuzali, vakuumli, konsentratorlilarga
ajratish mumkin.
|
| |