Konsentratsiyalovchi kollektorlar – juda issiq harorat olish kerak bo‘lganda
alohida sinfdagi qurilmalardan foydalanishga asoslangan. Oddiy konsentratorning
namunasi etib oddiy linza ishlatilishi mumkin. Odatda linzadan quyosh nurini
fokuslab qog‘oz, yog‘och kabi oddiy materiallarni yoqish mumkin. Hozirgi
konsentratorlarda linzalar o‘rniga quyosh nurini maxsus yuzaga yo‘naltirib
yig‘adigan parabola shaklidagi botiq oynalar ishlatiladi. Quyosh nuri fokuslangan
yuzadagi harorat bir necha 100
0
C gacha yetadi. Fokuslangan yuza ostidagi issiqlik
eltuvchi (suv)dan bug‘ olinadi. Bug‘dan issiqlik elektrostansiyasining bug‘
trubinasini aylantirib elektr generatoriga aylantirish kuchi beriladi. Hozirda bunday
usuldan issiqlik eltuvchisi sifatida moyni qizdirish va undan suvni qizdirib bug‘ hosil
qilish texnologiyalari ham joriy etilgan.
Yassi quyosh kollektori – uy-ro‘zg‘orda suvni istishda ishlatiladigan eng ko‘p
tarqalgan quyosh kollektorlari hisoblanadi. Kollektorning oldi oyna bilan
qoplanganligi sababli issiqlikdan izolyatsiyalangan panel hisoblanadi va uning ichiga
nur yutgich plastinasi joylashtiriladi. Yutgichning plastinasi mis yoki alyuminiy
metalidan yasalgan va u isiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Ayniqsa mis zanglashga
chidamliligi, issiqlik o‘tkazganligi alyuminiyga nisbatan yuqoriligi sababli kengroq
ishlatiladi. Yutgichning plastinasi yutilgan nurni uzoqroq muddatgacha tutib turishi
uchun yuqori selektivli maxsus qoplama bilan qoplangan.
Ko‘rish spektri chegarasidagi nurni juda yaxshi sindiruvchi va uzun to‘lqinli
infraqizil chegaradagi past nurlanish koeffitsientiga ega bo‘lgan, metall asosga
qoplangan mazkur qatlam juda mustahkam yupqa amorf yarim o‘tkazgichdan tashkil
topgan.
Yassi kollektorlarning oyna bilan qoplanishi (odatda faqat nurni o‘tkazuvchi
past darajadagi temir kukuni aralashtirilgan xira shishali oyna) oqibatida issiqlik
isrofi juda oz miqdorda bo‘ladi. Kollektorning pastki va yon tomon devorlari
123
issiqlikni muhofazalovchi material bilan berkitiladi va u issiqlik yo‘qotishlarini
kamaytiradi. Yassi quyosh kollektorining tuzilishi 5.8 - rasmda keltirilgan.