• Vakuumli kollektorlar
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

    Yassi yuzali kollektorlarda – yassi absorber (nur yutish moslamasi)dan keyin 
    (ko‘pincha qora yuzali nur yutuvchi yuzali metall plastina) issiqlik eltgich 
    (teplonositel) harakatlanadigan nur yutish naychalar joylashadi. Yig‘ilgan issiqlik 
    energiyasining atrof muhitga va tashqariga behuda sarf bo‘lishidan saqlash 
    maqsadida issiqlik eltgich harakatlanuvchi naychalarning orqa va yon tomonlari 
    issiqlikni izolyatsiyalovchi material bilan yopiladi.
    Absorberning old tomoni oyna bilan qoplanadi. Quyosh nuri oynadan bemalol 
    to‘siqsiz issiqlik eltuvchiga o‘tadi. Absorberning ijobiy xususiyati shundaki, unga 
    tushgan quyoshning energiyasi va infraqizil nurlari yutiladi. Issiqlik eltuvchi 
    tomonidan quyoshdan yutilgan issiqlik energiyasi orqaga qaytmaydi balki, u yerda 
    saqlanib qoladi. Qalin yuzali old oyna va issiqlik eltuvchi naycha oralig‘idagi havo, 
    konveksiyasining yo‘qligi sababli issiq harorat konvektorda to‘planish imkoniyatiga 
    ega. 
    Ayrim holatlarda uskunaning narxi va og‘irligi ortishiga qaramasdan 
    kollektorning old oynasi ikki qavat qilib qoplanadi. Bundan kutiladigan natija 
    kollektordagi foydali ish koeffitsientini oshirishdan iborat. 
    O‘ta yuqori sifatli kollektorlar issiqlik eltuvchini 150

    C gacha qizdirishi 
    mumkin. Ammo ko‘pchilik quyosh kollektorlarida issiqlik eltuvchisining harorati 
    qaynash haroratiga ham yetib bormaydi. Shu sababli, yassi yuzali kollektorlar uzoq 
    muddat texnik ko‘riksiz ishlatilishi mumkin.
    Vakuumli kollektorlar o‘z nomiga mos holda issiqlikni to‘plash xususiyatiga 
    ega. Ushbu qurilmalarda issiqlikni generatsiyalovchi (o‘zgartiruvchi) elementlar 
    vakuum hosil qiluvchi shisha naychalarga payvandlangan. Shisha qizigan 
    elementlardan chiquvchi infraqizil nurlarni yutish qobiliyatiga ega, shu sababli 
    nurning qaytishiga to‘sqinlik qiladi. Chunki unda konveksiya natijasidagi sovutish 
    tizimi mavjud emas.
    Vakuumli kollektorlar qattiq sovuqda, bulutli ob-havoda ham samarali ishlaydi, 
    quyoshda ular issiqlik eltuvchini 300
    0
    C gacha qizdirishi mumkin.


    122 
    Ushbu xususiyatlari tufayli vakuumli kollektorlar juda murakkab va qimmat 
    turadi. Mazkur tipdagi kollektorlar ortiqcha issiqlikni tashqariga chiqarib yuborishga 
    mo‘ljallangan maxsus kontrollerlar bilan jihozlangan.

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish