• Quyosh kollektorining to‘g‘ri oqimli vakuumlangan qurilmasi
  • Quyosh kollektorining quyoshga nisbattan burchak ostida joylashuvi.
  • Issiqlik naychali vakuumli quyosh kollektorining tuzilishi
  • Quyosh geleoqurilmasining soddalashtirilgan modeli
  • Gelioqurilmaning tuzilishi.
  • Quyosh energiyasida isiydigan passiv faoliyatli gelioqurilma 5.15-rasm. Quyosh energiyasida isiydigan aktiv faoliyatli gelioqurilma
  •  Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektori




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

    5.3.3. Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektori 
    Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektorining tuzilishi xuddi termosga 
    o‘xshaydi. Birinchi shishali/metalli naycha boshqa bir ikkinchi katta diametrlisi 
    ichiga joylashtirilgan (5.9 - rasm).
    Naychalar orasidagi bo‘shliq vakuumdan iborat.
    Ma’lumki, vakuum issiqlikni muhofazalovchi eng yaxshi vositadir. U qizigan 
    yuzaning issiqlik tarqalishini o‘zgartirish xususiyatiga ega va issiqlik uzatishga 
    monelik qiladi. Infraqizil (IQ) –nurlanish naychaning oynasiga singib ketadi.


    125 
    Har bir vakuumlangan naycha ichiga geleotitan qobiqli mis plastina 
    joylashtirilgan bo‘lib, u quyosh nurining to‘liq yutilishi va juda oz (sezilarsiz) 
    miqdordagi issiqlikning tashqariga isrof bo‘lishini ta’minlaydi. Yutgich ostiga 
    suyuqlikka to‘ldirilgan issiqlikni bug‘lantirish quvuri o‘rnatilgan.
    5.9-rasm. Quyosh kollektorining to‘g‘ri oqimli vakuumlangan qurilmasi 
    Issiqlik almashtirgich ichida esa, quvur ichiga, quvur usulidagi issiqlik quvuri, 
    egiluvchan element yordamida kondensatorga tutashtirilgan. Ulanish «quruq» usulida 
    bajarilgan bo‘lib, suyuqlikka to‘ldirilgan va bosim ostida bo‘lgan holatda ham 
    quvurlarni oson almashtirish imkoniyatiga ega.
    Vakuumlashtirilgan kollektor qurilmasining muhim jihati – 30
    0
    C da 
    (oynalangan issiqlik naychali kollektor) va hatto -45
    0
    S da (metall issiqlik naychali 
    kollektor) yuqori texnik ko‘rsatkichni ta’minlay olishidir (5.10-rasm). 


    126 
    5.10 - rasm. Quyosh kollektorining quyoshga nisbattan burchak ostida 
    joylashuvi. 
    Issiqlik naychali vakuum quyosh kollektori juda murakkab tuzilishga ega va 
    qimmat. Qurilmaning ishlash tartibi quyida bayon etilgan. 
    Issiqlik naychasi – yopiq mis/shisha naycha bo‘lib, yengil qaynash 
    xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (5.11-rasm).
    Vakuum naychasidagi issiqlikni qabul qilgan suyuklik, issiklik ta’siri ostida 
    bug‘lanadi. Bug‘ yuqorigi qismga tomon ko‘tariladi. 
    5.11-rasmIssiqlik naychali vakuumli quyosh kollektorining tuzilishi


    127 
    Issiqlik eltuvchi asosiy suv iste’molchi yoki issiqlik konturidagi 
    muzlamaydigan suyuqlik issiqlik ta’siri ostida qiziydi va undan bug‘ ajralib chiqib 
    yuqoriga tomon harakatlanadi. Yuqori qismda bug‘ soviydi va buning oqibatida 
    kondensatsiyalanib suv tomchilarini hosil qiladi, suv pastga oqib tushadi va yana 
    issiqlikni qabul qilib bug‘lanib yuqoriga yo‘naladi. Ushbu holat texnologik jarayon 
    davomida bir necha marta qayta takrorlanadi. 
    Yer yuzining sovuq hududli joylarida muzlashdan himoyalangan kollektorlar 
    ishlatiladi (5.12-rasm). Bunga yopiq sirkulyatsiya tizimidan foydalanib erishiladi. 
    Ushbu isitish tizimida issiqlik o‘tkazuvchi suyuqlik (antifriz) quyosh kollektori orqali 
    aylanib, hosil bo‘lgan issiqlikni rezervuardagi suvga issiqlikni almashtirib beruvchi 
    qurilma yordamida uzatadi. 
    5.12 – rasm. Quyosh geleoqurilmasining soddalashtirilgan modeli 
    Quyosh kollektorining issiqlikni qabul qilish elementi misdan yasalgan bo‘lib, 
    issiqlikdan izolyatsiyalangan.
    Issiqlikni qabul qilish elementi mis «naycha» orqali amalga oshiriladi, buning 
    natijasida isitish konturi, naychalardan alohida qilib yasalgan. 
    Buning ustun tomoni shundaki, kollektorning biror bir naychasi ishdan 
    chiqqanda ham u ishlashda davom etadi. Kollektor ishlab turgan paytda ham kerak 
    bo‘lganda ishdan chiqqan naychani yangisiga almashtirish mumkin. Naychani 
    almashtirish juda oson. Bu paytda isitish tizimidagi issiqlik eltuvchi suyuqlikni 
    to‘kishga zaruriyat bo‘lmaydi.


    128 
    Geliotizimni ishlatishdan maqsad bitmas-tuganmas, toza va arzon energiya 
    manbaiga ega bo‘lishdan iborat. 
    Geliotizimdan foydalanish orqali quyidagi vazifalarni yechish mumkin: 

    Cheksiz miqdordagi tekin, toza va alternativ energiya manbaiga ega bo‘lish; 

    Uy-ro‘zg‘or, maishiy va boshqa sohalarda zarur bo‘lganda kerakli 
    miqdordagi issiq suvga bo‘lgan ehtiyoj qondirish (magistral suv ta’minot tarmog‘idan 
    juda uzoqda yoki umuman mavjud bo‘lmaganda); 

    Yilning va sutkaning xohlangan paytida qisman yoki to‘liq issiq suvga va 
    isitish manbaiga ega bo‘lish (kuz-bahor mavsumida 80% gacha, qish mavsumida 
    50% gacha);
    An’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan tobelikni va talabni kamaytirish 
    hamda mablag‘ tejamkorligiga erishish. 
    Geliotizimli isitish qurilmasi: mis naychali quyosh nurini yig‘uvchi kollektor, 
    boshqarish tizimi, nasoslar va issiq suv akkumulyatorining baklarini boshqarish 
    tizimidan iborat. (5.13-rasm). 
    5.13-rasmGelioqurilmaning tuzilishi. 


    129 
    Quyosh kollektorli gelioqurilmalarning eng muhim qismi, uni tutib turuvchi 
    qurilma (rama)si hisoblanadi. U qurilmaning mustahkam o‘rnashishini va 
    kollektorning quyoshga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida egilib turishini ta’minlaydi. 
    Qurilmaning konstruksiyasi va elementlari uning og‘irligiga bardosh berishdan 
    tashqari tashqi salbiy oqibatlar va ta’sirlar (shamol, dovul, to‘fon, qor, yomg‘ir
    kabilar)ga ham chidamli bo‘lishi kerak.
    Qurilma quyidagicha variantlarda montaj qilinishi mumkin: 

    qiya holatda o‘ratiladigan (binolarning qiya tomlarda, har qanday ochiq 
    joydagi tepaliklar ustidagi qiyalikda); 

    gorizontal (yassi va to‘g‘ri gorizontal yuzali tomlarda va balandliklarda); 

    erkin turuvchi (maxsus baland tirgak konstruksiya ustida o‘rnatiladigan). 
    Gelioqurilmalar aktiv va passiv faoliyatlilarga bo‘linadi (5.14 va 5.15-rasmlar). 
    Suyuqlikning aylanishi (sirkulyatsiyasi) bo‘yicha issiqlik eltuvchisining bor yoki 
    yo‘qligiga qarab to‘g‘ridan–to‘g‘ri hamda bilvosita bajarilganlarga ajratiladi. 
    Passiv gelioqurilmalarda suyuqlikning aylanib almashinishi oqimlarning 
    konveksiyasi evaziga amalga oshadi (5.15; 5.16 va 5.17-rasmlar). Ushbu jarayon 
    tabiiy konveksiya - issiq suv massasining yuqoriga tomon harakatlanishga intilishi 
    hodisasiga asoslangan. Suvning isishi, uning hajmini bir necha barobarga ortishiga, 
    zichligining esa kamayishiga olib keladi va u sovuq oqimli suvdan yengillashib 
    kollektordan quvurlar orqali suv yig‘ish bakining yuqorigi qismiga tomon yo‘naladi 
    va u yerda yig‘iladi.
    O‘z navbatida bakdagi harorati pasaygan suv, solishtirma zichligining ortib 
    borishi bilan pastga, kollektorning sovuq suvli qismiga tomon oqadi va u yerda yana 
    qaytadan qiziydi. Tabiatdagi suv massasining sirkulyatsiyasi ham aynan shunday 
    qonuniyatga ko‘ra amalga oshadi. Ushbu holatga havo isigan paytda doimo duch 
    kelamiz. Ya’ni, qizigan suv bug‘ga aylanib yer yuzidan troposferaga ko‘tariladi, 
    bulutlarga aylanadi va u yerda qaytadan sovib yomg‘ir yoki qor bo‘lib yerga yog‘adi.


    130 
    5.14-rasmQuyosh energiyasida isiydigan passiv faoliyatli gelioqurilma 
    5.15-rasm. Quyosh energiyasida isiydigan aktiv faoliyatli gelioqurilma 
    Passiv tizimlarning afzalliklari va kamchiliklarini quyidagi 5.1 – jadval 
    yordamida tahlil etish mumkin.


    131 

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Issiqlik naychali vakuumlangan quyosh kollektori

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish