• Yassi quyosh kollektorining tuzilishi: a - oyna bilan qoplangan yassi kollektorning aktiv ishi qismi; v - yassi kollektorning umumiy ko‘rinishi.
  • 5.3.2. Quvurlari vakuumlangan to‘g‘ri oqimli quyosh kollektori
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

     
    Qurilmaning ish tartibi. 
    Quyosh nurlari kollektorning old oynasi orqali o‘tib nur yutuvchi plastinkaga 
    tushadi. Plastinkani qizishi natijasida quyosh radiatsiyasi issiqlik energiyasiga 
    aylantiriladi. Issiqlik energiyasi quyosh kollektori ichida domiy almashinib turuvchi 
    issiqlik eltuvchi – suv yoki antifrizga uzatiladi. Issiqlik eltuvchi qiziydi va so‘ngra 
    issiqlik energiyasi katta suv hajmiga ega bo‘lgan isitgich bakiga oqib o‘tadi. Bakdagi 
    issiq suv kerak bo‘lganda ishlatiladi.
    a) 
    v) 
    5.8 - rasm. Yassi quyosh kollektorining tuzilishi: a - oyna bilan qoplangan yassi 
    kollektorning aktiv ishi qismi; v - yassi kollektorning umumiy ko‘rinishi. 
    Uzoq muddatli bulutli va qishning sovuq kunlarda suyuqlikni to‘plash baki 
    ichidagi suv haroratini kerakli darajagacha ko‘tarish va saqlab turish uchun unga 
    qo‘shimcha elektr qizdirgichni o‘rnatish ham mumkin. 
    5.3.2. Quvurlari vakuumlangan to‘g‘ri oqimli quyosh kollektori 


    124 
    Kollektor quyidagicha tuzilishga ega: har bir vakuumlangan naycha ichiga 
    geliy-titan aralashmasi bilan qoplangan mis nur yutish moslamasi joylashtirilgan 
    bo‘lib, u katta miqdordagi quyosh energiyasini yutish va juda oz miqdordagi 
    issiqlikni isrof qilish xususiyatiga ega.
    Vakuumlangan bo‘shliqli quyosh kollektorida issiqlikning isrofi bo‘lishi to‘liq 
    bartaraf etilgan. 
    Yutgich ichida to‘g‘ri oqimli koaksial naychali issiqlikni eltuvchi quvur 
    o‘rnatilgan bo‘lib u kollektorga tutashtirilgan. Quvurchada harakatlanuvchi issiqlik 
    eltuvchi suyuqlik, issiqlikni yutgichdan qabul qilib oladi. Suvning issiqligini yaxshi 
    uzatish xususiyati qurilmaning ustun tomoni hisoblanadi.
    Vakuumli kollektorda issiqlik isrofi nazariy jihatdan juda past bo‘lganligi 
    sababli, issiqlik eltuvchining haroratini 120 – 160
    0
    C gacha ko‘tarish imkoniyati 
    mavjud.
    Vakuumlangan kollektorning oyna bilan qoplangan naychasiga quyosh nuri 
    tushgach, uni yutgich qabul qiladi va issiqlik energiyasiga aylantiriladi. So‘ngra 
    issiqlik energiyasi, koaksial naychalarda harakatlanuvchi to‘g‘ri oqimli suyuqlikka 
    beriladi. Issiqlik almashtirgichning naychalari issiq suvni yig‘uvchi bak – kollektorga 
    juft-juft qilib mis naychali tizim orqali tutashtirilgan. Naychalarning birinchisidan 
    isigan suyuqlik bakka uzatilsa, boshqasidan bakdan chiquvchi sovuq suv 
    kollektorning vakuumlangan naychasiga qaytadi. 

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanizatsiyalash muhandislari instituti qayta tiklanuvchi energiya manbalari

    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish