• 1. Noaniqlik va tavakkalchilikning umumiy tushunchalari.
  • INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA TAVAKKALCHILIK




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/230
    Sana18.12.2023
    Hajmi4,03 Mb.
    #122991
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   230
    Bog'liq
    9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

    26. INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA TAVAKKALCHILIK 
    TAHLILI. 
     
    Tayanch iboralar: noaniqlik, tavakkalchilik, ishlab chiqarish tavakkalchiligi, moliyaviy 
    tavakkalchilik, investitsiyaviy tavakkalchilik, bozor tavakkalchiligi, kapital qo’yilmalar 
    tavakkalchiligi, sezuvchanlik tahlili, ssenariylar tahlili, imitatsion modellashtirish. 
    1. Noaniqlik va tavakkalchilikning umumiy tushunchalari. 
    Investitsiyaviy loyiha, kapital va joriy xarajatlar, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish hajmi, 
    tovarlar narxi, loyihaning vaqt chegaralariga nisbatan yetarlicha aniq fikrlarga asoslangan bo’ladi. 
    Bunday fikrlarning sifati va asoslanganlik darajasidan qat'iy nazar, loyihani amalga oshirish bilan 
    bog`liq bo’lgan voqealar rivoji har doim bir xil emas. Bu har qanday tadbirkorlik faoliyatining asosiy 
    aksiomasi. Shu munosabat bilan, investitsiyaviy loyihalashtirish amaliyoti, boshqalar qatorida, 
    noaniqlik va tavakkalchilik jihatlarini ham ko’rib chiqadi. 
    Noaniqlik deganda – kelajakdagi muayyan voqealar rivojining bir xilda bo’lmaslik holati, 
    boshqacha qilib aytganda bizning hamma narsani bila olmasligimiz va korxona faoliyati, shu jumladan 
    investitsiyaviy loyihani amalga oshirish, rivojlanishining asosiy kattalik va ko’rsatkichlarini aniq 
    bashorat qila olmaslik holati tushuniladi. 
    Noaniqlik holatida, yetarlicha aniq bo’lgan qaror yo’q, chunki investitsiyaviy loyihaning har bir 
    ko’rsatkichi bo’yicha mumkin bo’lgan qiymati intervallari samaradorlik ko’rsatkichi qiymatining 
    intervallarini keltirib chiqaradi. Ushbu interval, odatda, kapital qiymatini qoplaydi, bu esa loyihani bir 
    xilda qabul qilish yoki rad etish imkonini bermaydi. Bu yerda, qaror qabul qilish uchun muhim 
    ahamiyat kasb etuvchi, yangi bir omil paydo bo’ladi – bu tavakkalchilik omili. 
    Faraz qilaylik, bir yoki bir necha kattaliklarni (misool uchun, sotish hajmi, mahsulot narxi
    umumiy xarajatlar va h.) interval shaklida berish oqibatida, daromadlilikning ichki me'yoriy 
    qiymatlarining tegishli intervali [11,2%; 18,5%] dan iborat bo’ldi. Korxona kapitali qiymati 14%ga 
    teng. Loyihani qabul qilish kerakmi, yoki rad etish? To’g`ri qaror qabul qilish uchun, korxona uchun 
    salbiy oqibatlar tavakkalchiligini baholash lozim. 
    Umumiy holatda, tavakkalchilik deganda, biror-bir noxush voqeaning ro’y berish ehtimoli 
    tushuniladi. Tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatida bunday noxush voqealarga korxona resurslarining bir 
    qismini yo’qolishi, rejalashtirilgan daromadlarning pasayishi yoki qo’shimcha xarajatlarning kelib 
    chiqishi va boshqalar tushiniladi. 
    Tavakkalchilik – bozor muhitining o’ziga xos xususiyatidir. Tavakkalchilikning asosiy turlari 
    quyidagilar: 
    - korxona tomonidan o’z majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, ishlab 
    chiqarish tavakkalchiligi; 
    - korxona tomonidan o’z investorlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli 
    bilan bog`liq bo’lgan, moliyaviy tavakkalchilik; 
    - shaxsiy va sotib olingan qimmatli qog`ozlardan iborat moliyaviy-investitsion portfelning 
    qadrsizlanishi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, investitsiyaviy tavakkalchilik; 
    - fond bozoridagi bozor foiz stavkalari va valyutalar kurslarining o’zgarishi ehtimoli bilan bog`liq 
    bo’lgan, bozor tavakkalchiligi; 
    - mamlakatdagi barqaror bo’lmagan siyosiy vaziyat tufayli investorlar uchun yuzaga kelishi 
    mumkin bo’lgan noxush voqealar bilan bog`liq siyosiy tavakkalchilik. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   230




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    INVESTITSIYAVIY LOYIHALARDA TAVAKKALCHILIK

    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish