179
unumdorlikni oshirish bo’yicha maxsus choralarni kiritishga alohida e'tibor qaratish lozim. Va nihoyat,
agarda moddiy xarajatlar omili kritik deb topilgan bo’lsa, xom-ashyo xarid narxini pasaytirish
imkonini beruvchi yangi uzoq muddatli shartnomalarni tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi.
12.3. Ssenariylar tahlili.
Ssenariylar tahlili – bu tavakkalchilik tahlilining shunday uslubiki, u boshlang`ich ma'lumotlarning
bazis to’plami bilan bir qatorda, loyiha mualliflari nuqtai nazaridan ro’y berishi mumkin bo’lgan, bir
qator boshqa ma'lumotlar to’plamlarini ham ko’rib chiqadi. Ssenariy tahlilida, moliyaviy tahlilchi
texnik menejerdan «yaxshi» va «yomon» (sotuvlarning kichik hajmi, past narx, yuqori tannarx va h.)
holatlardagi ko’rsatkichlarni tanlab olishni so’raydi. Bundan so’ng, yaxshi va yomon sharoitlardagi
NPV hisoblanadi va kutilayotgan NPV bilan taqqoslanadi.
12.4. Monte-Karlo imitatsion modellashtirish uslubi.
Monte-Karlo imitatsion modellashtirish uslubi, tasodifiy ssenariylarni yaratish imkonini hosil
qilishi hisobiga, tavakkalchilikni baholashda qo’shimcha imkoniyatlarni yaratadi.
Tavakkalchilik tahlili natijasi NPVning qandaydir yagona qiymati bilan emas, balki ushbu
ko’rsatkichni butun mumkin bo’lgan qiymatlarining ehtimoliy taqsimlanishi ko’rinishida ifodalanadi.
Demak, potensial investor, Monte-Karlo uslubi yordamida, loyiha tavakkalchiligini tavsiflovchi
ma'lumotlarning to’liq to’plami bilan ta'minlangan bo’ladi. Ushbu asosda mablag` taqdim etish
to’g`risida qaror qabul qilish mumkin.
Umumiy holatda, Monte-Karlo imitatsion modellashtirilishi bu shunday jarayonki, uning
yordamida qandaydir moliyaviy ko’rsatkichning (bizning misolimizda NPV) matematik modeli,
kompyuter yordamida bir necha marta imitatsion tarzda hisoblab o’tkaziladi. Imitatsiya jarayoni
shunday amalga oshiriladiki, o’zgaruvchanlar o’rtasidagi ma'lum bo’lgan yoki faraz qilinadigan
korrelyatsiya munosabatlariga ziyon yetkazilmaydi. Natijalar, tavakkalchilik me'yorini hisoblash
uchun, statistik tarzda yig`iladi va tahlil qilinadi.
Tavakkalchilik tahlili jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratilishi mumkin (9.2-rasm).
Tavakkalchilik tahlili jarayonidagi birinchi bosqich – prognoz modelini yaratishdir. Bunday model,
tanlangan moliyaviy ko’rsatkich prognoziga tegishli bo’lgan sonli o’zgaruvchilar o’rtasidagi
matematik nisbatlarni belgilaydi. Investitsiyaviy tavakkalchilik tahlili uchun bazis model sifatida,
odatda NPV ko’rsatkichining hisob modulidan foydalaniladi.
Prognoz modeli
Loyiha samaradorligini
hisoblashni
prognoz
qila oladigan modelni
tayyorlash
Ehtimollikni
taqsimlanishi
(1-bosqich) tasodifiy
o’zgarvchilar
taqsimlanishining
ehtimoliy
qonunini
aniqlash
Ehtimollikni taqsimlanishi
(2-bosqich)
O’zgaruvchilar
qiymati
diapazonining
chegaralarini
o’rnatish
Korrelyatsiya
shartlari
Korrelyatsiyalangan
o’zgaruvchilarning
munosabatlarini
o’rnatish
Imitatsion o’tkazishlar
Tasodifiy
ssenariylardan
foydalanish
Natijalar tahlili
Imitatsiya natijalarining statistik
tahlili