50
Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining o‘z-o‘zini
qo‘zg‘atishi va normal rejimdagi xarakteristikalari
Parallel qo‘zg‘atishli generatorlarning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi (demak,
qo‘zg‘atish uchun alohida O‘T manbai talab qilinmasligi) hamda normal
yuklamada turg‘un kuchlanish berishi sababli ular amalda keng
qo‘llaniladi.
Salt ishlash xarakteristikasi. Bunday generatorning SIX, mustaqil
qo‘zg‘atishli O‘T generatorinikiga o‘xshagan bo‘lib, yuklama toki I
a
0
va yakorning aylanish chastotasi n
N
const bo‘lganda, U
0
=
f (
I
qoz
)
bog‘liqlikni ifodalaydi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning, salt ishlashida
I
a
I
qoz
bo‘ladi (mustaqil qo‘zg‘atishlida esa yakor toki I
a
0).
Qo‘zg‘atish toki
I
qoz
, odatda, yakor zanjiri nominal toki I
aN
ning (24)
foizini tashkil qilgani uchun, O‘T generatori kuchlanishi muvozanat
tenglamasi (2.1)da kuchlanish pasayishlari (I
a
R
a
va U
ch
) kichikligidan
ularni e’tiborga olmasdan, U
0
E
0
deb hisoblasa bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning SIX ni tajriba yo‘li bilan, kuchlanish
U
0
va qo‘zg‘atish toki
I
qoz
larning faqat musbat qiymatlari uchun aniqlab
olish mumkin, chunki qo‘zg‘atish tokining ishorasini o‘zgartirganda,
generatorning kuchlanishi U
0
o‘zining 0 qiymati orqali o‘tadi va, buning
natijasida, mashina magnit zanjirining po‘lat qismlaridagi qoldiq magnit
oqimi yo‘qoladi va mashina o‘z-o‘zini qayta qo‘zg‘atish imkoniyatidan
mahrum bo‘ladi.