Ishlash prinsipi. O‘TM larining ishlashi «magnit maydoniga joy-
lashtirilgan tokli o‘tkazgich orasida o‘zaro ta’sir kuchi vujudga kelishi»ga
asoslangan. Bu hodisaning asosida quyidagi kashfiyotlar: «tokli
o‘tkazgich ning magnit strelkasiga ta’siri» (Ersted); «tokning magnit
qutbiga ta’siri» (Bio va Savar) va Amperning «Elektrodinamik xodisalar
nazariyasi» yotadi.
Agar O‘T mashinasi O‘T energiya manbaiga ulansa, mashinaninng
qo‘zg‘atish chulg‘amidan va yakor chulg‘amidan toklar o‘tadi. Yakor toki
qo‘zg‘atish maydoni (asosiy maydon) bilan ta’sirlashib yakor valida
elektromagnit moment M ni hosil qiladi. Lekin bu moment generatordagi
singari tormozlovchi emas, balki aylantiruvchi bo‘ladi va uning ta’sirida
mashina yakori aylana boshlaydi. Bu holda mashina, tarmoqdan elektr
energiyani olib, motor sifatida ishlaydi va uni mexanik energiyaga
aylantiradi.
O‘T mashinasi generator sifatida ishlaganida kollektor va cho‘tkalar
to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi. Motor rejimida ishlaganida esa, kollektor
va
uning
sirtiga
tegib
turuvchi
cho‘tkalarni,
o‘tkazgichlaridan
o‘zgaruvchan tok o‘tuvchi yakor chulg‘amini O‘T tarmog‘i bilan
bog‘lovchi, chastota o‘zgartirgich, deb qarash mumkin.
Qutblarning berilgan qutbiyligi (ishorasi)da va yakor aylanishining
ma’lum yo‘nalishida yakor chulg‘amidagi EYK ning yo‘nalishi generator
va motor rejimlarida ishlaganida bir xil bo‘lib, yakor chulg‘ami tokining
yo‘nalishi har xil bo‘ladi. Shu sababdan O‘TM yakorining magnit maydoni
61
generator rejimdagiga nisbatan yo‘nalishi teskari bo‘lib, yakor reaksiyasi
ham teskari ta’sir qiladi, ya’ni:
7.4-rasm. Umumiy maqsadli P seriyaga mansub bo‘lgan o‘zgarmas