53
reaksiyasining
magnitsizlovchi
ta’siri
va
2)
yakor
zanjiridagi
kuchlanishning pasayishi sabab bo‘lsa, parallel qo‘zg‘atishli generatorda
bunga 3-sabab qo‘shiladi, ya’ni yuqorida ko‘rsatilgan 2 ta sababga ko‘ra,
yakor zanjiridagi (demak, qo‘zg‘atish zanjiridagi) kuchlanishning
kamayishi (chunki U
qoz
U
a
) tufayli qo‘zg‘atish tokining kamayishi ta’sir
ko‘rsatadi. Demak, shu 3-sababga ko‘ra, parallel va mustaqil qo‘zg‘atishli
generatorlarning tashqi xarakteristikalari bir-biri bilan farq qilar ekan.
Agar tashqi xarakteristikani tajribada olish jarayonida yuklama
qarshiligi R
yu
ni 0 gacha kamaytirishni davom qildirsak (6.8-rasmda 2-
punktir chiziq), yakor toki I
a
haddan tashqari oshib ketadi, chunki bunda
U
a
0 bo‘lib, qisqa tutashuv rejimiga ega bo‘lamiz. Yakor tokining yo‘l
qo‘yilgan qiymatidan oshib ketishi yakor chulg‘amini ishdan chiqaradi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning tashqi xarakteristikasini olishda R
yu
ni 0 gacha kamaytirsak yuklama toki I
yu
= I
a
o‘zining kritik I
k
r
(22,5)I
N
qiymatigacha oshib, keyin esa kamaya boradi (6.8-rasm, 1-punktir egri
chiziq).
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, R
yu
qarshilikning kamayishi yuklama tokining oshishiga olib kelishi kerak,
ammo yuqorida ko‘rsatilgan 3 ta sababga ko‘ra generatorning chiqish
klemmalaridagi kuchlanishning kamayishi, teskari yo‘nalishda ta’sir
qiladi. Yuklama tokining qiymati yuklama qarshiligi va generator
kuchlanishining qiymatlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, mustaqil va parallel
qo‘zg‘atishli generatorlarning xarakteristikalari va xossalari yuklama
tokining I
a
0 dan I
a
I
N
gacha o‘zgarishida bir-biridan kam farq qiladi.