54
Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining
xarakteristikalari
Dastlabki ma’lumotlar. Bu turdagi generatorning ikkita qo‘zg‘atish
chulg‘ami bo‘lib, ulardan bittasi yakor chulg‘amiga
parallel qilib,
ikkinchisi esa unga ketma-ket qilib ulanadi.
Ketma-ket
qo‘zg‘atish
chulg‘ami
faqat
aralash
qo‘zg‘atishli
generatorlarda yaxshi samara beradi. Parallel (F
Sh
) va ketma-ket (F
S
)
qo‘zg‘atish chulg‘amlari hosil qilgan MYK larning birgalikdagi ta’siridan
umumiy qo‘zg‘atish oqimi Ф
qoz
vujudga keltiriladi. Ko‘pincha qo‘zg‘atish
chulg‘amlari, ular hosil qilgan magnit oqimlari bir xil yo‘naladigan
qilib
ulanadilar. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor reaksiyasi MYK ni va
yakor zanjirida kuchlanish pasayuvi (I
a
R
a
) ni kompensatsiyalaydi. Shu
tarzda generator klemmalaridagi kuchlanishni
avtomatik ravishda
rostlashga erishiladi.
Aralash qo‘zg‘atishli generatorlar magnit zanjirining to‘yinish
darajasi
kam bo‘lgan mashinalar turiga kiradi.
Tashqi xarakteristikasi. Bu
xarakteristika, parallel qo‘zg‘atish
zanjiridagi qarshilik r
qoz
const va nn
N
const bo‘lganda U
a
f (I
a
)
bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika, normal ishlatish xarakteristikasi
bo‘lganligidan uning tahlili katta ahamiyatga egadir.