9
chulg‘amiga nisbatan aylanadi va unda
elektromagnit induksiya qonuniga
asosan, o‘zgaruvchan EYK hosil qiladi.
Agarda stator pazlarida simmetrik (ya’ni fazalarining magnit o‘qlari
fazoda 120
el. ga siljigan bo‘lib, fazalarining elektr qarshiliklari va
o‘ramlar soni bir xil) uch fazali chulg‘am joylashtirilgan bo‘lsa, bu
chulg‘amda moduli bo‘yicha teng va vaqt bo‘yicha 120
el. ga siljigan
EYK larning simmetrik sistemasi induksiyalanadi (hosil bo‘ladi). Faza
chulg‘amlarida induktsiyalanadigan EYK larning chastotasi:
f
1
=
pn / 60
bunda: p–chulg‘amning juft qutblari soni;
n–rotorning aylanish chastotasi,
ayl./min.
Agar sinxron generatorning uch fazali yakor chulg‘ami tashqi simmetrik
yuklamaga ulansa, undan yakorning doiraviy aylanma magnit maydonini
vujudga keltiruvchi simmetrik o‘zgaruvchan toklar sistemasi o‘tadi. Bu
maydonning statorga nisbatan aylanish chastotasi
n
1
= 60 f
1
/ p
Bu formulalardan f
1
ning qiymatini qo‘yib, n
1
=n ekanligini aniqlaymiz.
Demak, qo‘zg‘atish va yakor chulg‘amlarining magnit maydonlari bir-
biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, mashinaning natijaviy magnit
maydonini hosil qilar ekan. Shu tariqa sinxron generatori mexanik
energiyani elektr energiyaga aylantiradi.