Qo‘zg‘atish sistemasi va uning turlari. Ko‘pchilik elektr mashinalari
elektromagnit qo‘zg‘atishli bo‘lib, bunda qo‘zg‘atish magnit oqimi
o‘zgarmas tok manbaiga ulangan rotor chulg‘ami tomonidan hosil qilinadi.
Qo‘zg‘atish chulg‘ami uchun o‘zgarmas tok manbai sifatida maxsus
qo‘zg‘atish sistemasi ishlatilib, unga bir necha muhim talablar qo‘yiladi.
Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1) sinxron generatorning har xil ish rejimlarida qo‘zg‘atish tokining
ishonchli va turg‘un rostlanishi;
2) yetarli darajadagi tezkorlik, buning uchun qo‘zg‘atishni jadallashtirish
qo‘llaniladi, ya’ni qo‘zg‘atish kuchlanishini U
qo‘z.N
nominal qiymatidan
mumkin bo‘lgan maksimal 1,82,0 U
qo‘z.N
qiymatigacha qisqa muddatda
(uning o‘sish jadalligi sekundiga 1,5-2 U
qo‘z.N
bo‘lishi) tezlik bilan
oshirishni (bu tadbir avariya vaqtida va unga barham berishda sinxron
generatorning turg‘un ishini ta’minlash uchun qo‘llaniladi) ta’minlashi;
3) magnit maydonining tezda so‘nishi, ya’ni mashina chulg‘amlaridagi
kuchlanishi keskin oshmagan holda qo‘zg‘atish chulg‘ami tokining
nolgacha kamayishi (magnit maydonini so‘ndirish zarurligi generatorni
tarmoqdan ajratish va unda bo‘ladigan avariya holatlarda paydo bo‘ladi).
10
Sinxron mashinalarda bir necha qo‘zg‘atish sistemasi qo‘llaniladi.
Sinxron mashinalarning ayrimlarida so‘nggi vaqtlargacha elektr-
mashinali qo‘zg‘atish sistemasi (1.6,a-rasm) ishlatilmoqda. Bunda
qo‘zg‘atish manbasi sifatida «qo‘zg‘atgich» deb ataluvchi maxsus
mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatoridan foydalanildi.
6-rasm. Sinxron gеnеratorlarni elеktromagnit qo‘zg‘atishning:
а –kontaktli sistеmasi (bunda: QCh –CG ning qo‘zg‘atish
chulg‘ami,Q–qo‘zg‘atish, Q.Q –qo‘zg‘atgichning qo‘zg‘atgichi,
QCh1 va r
1
– qo‘zg‘atgichning chulg‘ami va rostlash rеostati, QCh2
va r
2
–Q.Q ning qo‘zg‘atish chulg‘ami va rostlash reostati) va
b–kontaksiz (bunda: Ch.Q–cho‘tkasiz qo‘zg‘atgich va uning:
1–qo‘zg‘atish va 2–yakor chulg‘amlari, 3 – yarim o‘tkazgichli
to‘g‘rilagich); c–o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish prinsipiga oid chizma
(bunda: YO’–yarimo‘tkazgich; r–rostlash reostati); d–o‘z-o‘zini
qo‘zg‘atish avtomatik sistemasining strukturali sxemasi (bunda: KT
–kuchlanish transformatori, T.T– tok transformatori, T.S.T –
to‘g‘rilagich sxemaning transformatori, QAR – qo‘zg‘atishni
avtomatik rostlash qurilmasi, T.To’g’ – tiristorli to‘g‘rilagich, HB –
himoya bloki, SG – sinxron generator
a)
c)
d)
b)
11
Qo‘zg‘atgichning yakori sinxron generatori validan aylanma harakatga
keltirilib, uning yakor chulg‘ami kontakt halqalari orqali sinxron
generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami bilan ulangan. Bunday sistemada
sinxron mashinaning qo‘zg‘atish toki «qo‘zg‘atgich»ning qo‘zg‘atish
zanjiridagi reostat yordamida rostlanadi (o‘zgartiriladi). Qo‘zg‘atgichning
qo‘zg‘atilishi o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sxemasi (1.6,c-rasm) yoki mustaqil
qo‘z-g‘atish sistemali alohida o‘zgarmas tok generatori («qo‘zg‘atgichni
qo‘zg‘atgich – QQ»)dan amalga oshiriladi. O‘rta va katta quvvatli sinxron
generatorlarda qo‘zg‘atish tokini rostlash jarayoni avtomatlashtirilgan
bo‘ladi (1.6,d-rasm) .
Katta quvvatli turbogeneratorlarda – ayrim holda qo‘zg‘atgich sifatida
yuqori chastotali induktor tipidagi o‘zgaruvchan tok generatorlari
qo‘llaniladi
(1.6,b-rasm).
Bunday
generatorning
chiqishida
yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagich ulangan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda amalda ventilli qo‘zg‘atish sistemalari keng
qo‘llanilmoqda, chunki bu holda elektromagnit inersiyasi katta bo‘lgan
elektr-mashinali qo‘zg‘atish sistemasiga nisbatan qo‘zg‘atish tokini
rostlash tezkorligi va, demak, ishonchlilik ancha oshadi.
Ventilli qo‘zg‘atish sistemasini uchta turga bo‘ladilar: o‘z-o‘zini
qo‘zg‘atishli, mustaqil qo‘zg‘atishli va cho‘tkasiz qo‘zg‘atish sistemalar.
Ventilli o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sistemada (1.6,c-rasm) qo‘zg‘atish
chulg‘ami, sinxron generator (masalan, gidrogenerator) yakor chulg‘ami
chiqishiga ulangan boshqariladigan statik to‘g‘rilagichdan o‘zgarmas tok
bilan ta’minlanadi. Bunga oid avtomatik sistemaning strukturali sxemasi
1.6,d-rasmda
ko‘rsatilgan.
Sinxron
generatorning
boshlang‘ich
qo‘zg‘atilishi, uning qutblaridagi qoldiq magnitlanish tufayli yuzaga
keladi.
Ventilli o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sistemada (1.6,c-rasm) qo‘zg‘atish
chulg‘ami, sinxron generator (masalan, gidrogenerator) yakor chulg‘ami
chiqishiga ulangan boshqariladigan statik to‘g‘rilagichdan o‘zgarmas tok
bilan ta’minlanadi.
Bunga oid avtomatik sistemaning strukturali sxemasi 6,d-rasmda
ko‘rsatilgan. Sinxron generatorning boshlang‘ich qo‘zg‘atilishi, uning
qutblaridagi qoldiq magnitlanish tufayli yuzaga keladi.
Ventilli mustaqil qo‘zg‘atish sistemada, rotori bosh generator vali bilan
ulangan, alohida uch fazali sinxron generator (qo‘zg‘atgich) yakoridan
olingan o‘zgaruvchan tok, statik to‘g‘rilagichda o‘zgarmas tokka
aylantirilib kontakt halqalar orqali qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi.
12
Cho‘tkasiz qo‘zg‘atish sistemasi (1.6, b-rasm) ventilli mustaqil
qo‘zg‘atish sistemaning bir turidir. Faqat bu holda qo‘zg‘atgich vazifasini
konstruksiyasi almashtirilgan, ya’ni o‘zgarmas tok mashinaning
konstruksiyasi singari, rotorda – yakor, statorda esa induktor
joylashtirilgan sinxron generator bajaradi. Qo‘zg‘atgichning yakor
chulg‘ami asosiy generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami bilan generator
valida joylashtirilgan aylanuvchi to‘g‘rilagich orqali ulanadi. Bu holda
sirpanish kontaktidan foydalanishga zarurat qolmaydi va qo‘zg‘atish
sistemasining ishonchliligi hamda mashinaning FIK oshadi.
|