• Salt ishlash xarakteristikasi
  • Zamonaviy sinxron motorlarni




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/53
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #104790
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
    Bog'liq
    Elektr mashinalari

    Zamonaviy sinxron motorlarni qo‘zg‘atish uchun o‘zgaruvchan tok 
    tarmog‘iga ulanadigan va motorning har turli rejimlarida qo‘zg‘atish tokini 
    avtomatik boshqarishni amalga oshiradigan tiristorli qo‘zg‘atgich 
    qurilmalari qo‘llaniladi. Bunday qo‘zg‘atish usuli eng ishonchli va 
    tejamlidir, chunki tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalarining FIK o‘zgarmas 
    tok generatorlarnikidan yuqoridir. 
    Sinxron motorlarning zamonaviy seriyalarida TE-320/48 (qo‘zg‘atish 
    kuchlanishi U
    qo‘z
    = 48 V) va TE8-320/75 (qo‘zg‘atish kuchlanishi U
    qo‘z
    =75 
    V) tipli tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari keng qo‘llaniladi. Qo‘zg‘atishga 
    sarflanadigan quvvat, odatda, mashina foydali quvvatining 0,2 5% ni 
    tashkil qiladi (kam qiymatlar katta quvvatli mashinalarga oid). Quvvati bir 
    necha kW gacha bo‘lgan sinxron mashinalarda qo‘zg‘atishni doimiy 
    magnit yordamida amalga oshiriladi (bu holda qo‘zg‘atish chulg‘ami 
    bo‘lmaydi). 
    Salt ishlash xarakteristikasi (SIX). Bu xarakteristika stator toki I

     0
    va rotor aylanish chastotasi n = n
    N
    = const bo‘lganda SG ning chiqish 
    klemmalaridagi kuchlanishi yoki EYK E
    0
    ning qo‘zg‘atish toki I
    qo‘z
    ga 
    bog‘liq holda o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni E
    0
    (I
    qo‘z
    ).
    SG larning SIX hamda boshqa xarakteristikalarini nisbiy birliklarda 
    qurish o‘ng‘aydir. Buning uchun kuchlanishning absolyut qiymati U
    0
    =E

    ni salt ishlashdagi nominal kuchlanish U
    0
    = U
    1N
    ga, qo‘zg‘atish tokining 
    absolyut qiymatini esa salt ishlashda nominal kuchlanish U
    1N
    ga to‘g‘ri 
    kelgan qiymati I
    qo‘z.N
    ga bo‘lib aniqlangan nisbiy biriliklardagi qiymatlari 
    (U
    1*
    va I
    qo‘z*
    )
    asosida SIX, ya’ni U
    1*
    = f (I
    qo‘z*
    ) quriladi (1.7 - rasm, 1). 
    I
    qo‘z*
    =0 bo‘lganda qutbning magnit o‘zagidagi kam miqdordagi qoldiq 
    magnit oqim (Ф
    qol
    =0,2  0,3Ф
    0N
    ) tufayli as=E
    qol 
    vujudga keladi. 
    Qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning qiymati kichik bo‘lganda asosiy 
    magnit oqimi kam bo‘lib, mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi. 
    Shu sababli SIX ning boshlang‘ich (sd) qismi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda 
    bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki ortib borgan sari magnit oqimi ortadi va 


    13 
    mashinaning magnit zanjiri to‘yina boradi. Bu holda SIX lar o‘qiga og‘gan 
    ko‘rinishda o‘sib, magnit zanjiri to‘la to‘yinganda esa bu xarakteristika 
    yana taxminan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. SG ning nominal 
    rejimi SIX egilgan qismining taxminan o‘rtasiga to‘g‘ri keladi (1.7-rasm, 1 
    da «с» nuqta).
    Bu xarakteristika yordamida SG ning magnit zanjiri to‘yinish darajasini 
    aniqlash mumkin. Buning uchun SIX ning to‘g‘ri chiziq (magnit zanjir 
    to‘yinmagan holdagi) qismi davom qildiriladi (1.7 - rasm, 2) va ab  k

    to‘yinish koeffitsienti topiladi. Bu koeffitsient sinxron mashinalarda k
     
     
    1,11,4 ga teng bo‘ladi. 
    Odatda, nisbiy birliklarda ifodalangan SG larning SIX lari bir-biridan 
    kam farq qiladi va ularning o‘rtacha qiymatiga mos keladigan 
    xarakteristikani normal salt ishlash xarakteristika deyiladi.

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish