6
Yirik sinxron mashinalar konstruksiyasiga ko‘ra turbogeneratorlar,
gidrogeneratorlar, sinxron kompensatorlar va sinxron motorlarga bo‘linadi.
Turbogeneratorlarning rotorlari (1.4,
b-rasm) oliy sifatli, bolg‘alanib
yasalgan, yaxlit (ya’ni quyma) po‘latdan yasaladi; 1.4,c- rasmda noayon
qutbli sinxron generator rotori (shu jumladan, qo‘zg‘atish chulg‘amining
ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan.
Eng katta quvvatli turbogenerator rotorining diametri (aylanish
chastotasi n=3000 ayl/min bo‘lganda) markazdan qochirma kuchlarni
cheklash maqsadida d
r
=1,21,25 m.
dan oshmasligi, rotor tanasining
uzunligi esa, valning egilishini cheklash maqsadida
l
r
=77,5 m. dan
oshmasligi kerak. Rotor (ya’ni qo‘zg‘atish) chulg‘amining
tayyorlanishi
sovitish sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki sovitish
sistemasida chulg‘am o‘tkazgichlarining ichida sovitish kanallari bo‘lib,
ulardan vodorod yoki distillangan suv o‘tib issiqlik aktiv zonadan sovitish
sistemasiga uzatiladi.
Issiqlik elektr stansiyalarida turbogeneratorlar o‘rnatilgan bo‘ladi va
ular n=3000 ayl/min (2p=2) aylanish chastota
bilan ishlagani uchun