7
turbogeneratorning va bug‘ mashinasining
gabariti va massasini ancha
kamaytirishga imkon beradi.
Dunyoda eng katta quvvatli turbogenerator (1200 MW) «Elektrosila»
OAJ da (Sankt-Peterburg, Rossiya) tayyorlanib Kostroma issiqlik elektr
stansiyasida ishlab turibdi.
1.5-rasm. Gidrogеnеratorlarning konstruktiv sxеmalari osma (a)
va soyavon (b) tiplari:
1 – ustki krеstovina (ya’ni rotorni yuqoridan ko‘targich); 2 – yonbosh
tayanchi; 3–yo‘naltiruvchi
podshipniklar; 4–rotor; 5– stator; 6–pastki
tayanch; 7– val flanеtsi (ya’ni turbina va generator vallarini
birlashtiruvchi detal);
1.4-rasm. Ayon qutbli (a) (bunda: 1 – kontakt
halqalar; 2 – gеnеrator rеjim uchun tinchlantirish,
motor rеjimi uchun esa ishga tushirish chulg‘ami;
3 – qo‘zg‘atish chulg‘ami; 4 – rotor yarmosi);
noayon qutbli (b) (bunda: 1 – kontakt halqalar;
2 – qo‘zg‘atish chulg‘amining bandaji, ya’ni
kamari; 3 – rotor tanasi (yarmosi); 4 – vеntilyator;
5 – val sinxron mashinalari rotorlarining umumiy
ko‘rinishi; noayon qutbli sinxron mashina
rotorining ko‘ndalang kеsimi (s) (bunda
6 – qo‘zg‘atish chulg‘ami)
8
Atom elektr stansiyalarida reaktorlar ishlab chiqargan bug‘ning bosimi
nisbatan kam bo‘lganligidan, turbina va turbogeneratorlarning
aylanish
chastotasi n=1500 ayl/min (2p=4) qilib ishlatish tejamli hisoblanadi.
Quvvati 200 – 300 MW bo‘lgan turbogeneratorlar texnik jihatdan eng
takomillashgan, tejamli va ishonchli hisoblanadi.
Stator va rotor chulg‘amlarini ichidan
suv bilan sovitishda
turbogeneratorlarning eng katta quvvatini 2 mln. kW gacha oshirish
imkoniyati bo‘ladi xolos. Bitta turbogeneratorning
quvvatini yana ham
oshirishni, faqat rotor chulg‘amini tayyorlashda o‘ta o‘tkazuvchan
materialdan foydalanganda erishish mumkin (bunday turbogeneratorni
krioturbogenerator deyiladi). Bunda hozirgi
ishlab turgan quvvatlardagi
turbogeneratorlarning FIK ni oshirish va materiallar sarfini 23 marta
kamaytirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda quvvati 100 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlarni havo
bilan sovitish sistemasi qo‘llanila
boshlandi, istiqbolda esa bunday
sistemani quvvati 200 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlarda qo‘llash
mumkinligi isbotlangan. Bu holda konstruksiya ancha oddiy bo‘lib,
turbogeneratorning tannarxi ham kamayadi.