Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/67
Sana11.02.2024
Hajmi394,69 Kb.
#154681
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Men Samadni yerga o‘tqazdim-da, oyoqlarini oq-qora chilvir bilan tushovladim, yoniga qaychini 
keltirib qo‘ydim. So‘ng hovlining narigi chekkasida turgan bolalarga qarab buyruq berdim: 
— Kimki birinchi bo‘lib chopib kelib chilvirni kessa, o‘shanga birinchi bo‘lib mukofot beriladi, 
qolganlarga esa navbat bilan ulashiladi. Qani, boshlanglar, bolalar!— deb qo‘l siltadim. 
Xuddi poygaga qo‘yilgan arg‘umoqlar singari bolalar bizning «hoy-huv» va shovqin-suronimiz 
ostida qiyqirishib chopa ketishdi. 
Chilvir kesilib bo‘lgandan keyin Samadga qarab: 
— Qani, o‘g‘lim, chopqillayver endi! — dedim. — Uni qo‘lidan ushlab olib yuringlar, bolalar! 
Ular Samadning qo‘lidan tutishdi, u ham bolalar bilan chopib ketdi. Men esa ularning orqasidan, 
hech kimga murojaat qilmasdan, beixtiyor gapirib yuboribman: 
— Odamlar! Mening toychog‘im chopqillab yurib ketdi! U tulpordek ildam bo‘lsin! 
Samad bolalar ketidan chopqillab bora turib, orqaga qayrilib: «Dada!» dedi-da, dumalab tushdi. 
Biz Asal bilan ikkimiz baravariga unga tomon tashlandik. Men Samadni yerdan ko‘tarib olganimda, 
Asal birinchi marta menga: 
— Jonim! — dedi. 
Shu kundan boshlab biz er-xotin bo‘lib qovushdik. 
Qishda o‘g‘ilchamizni olib ovulga, chol-kampirlar oldiga borib keldik. Ular bizdan juda xafa edi, 
biroq keyinchalik kechirishdi, duo qilishib fotiha berishdi. 
Kunlar birin-ketin sezilmay o‘tib borardi. Samad besh yoshga to‘ldi. Biz Asal bilan juda ahil, juda 
inoq yashardik, faqat birgina narsa haqida og‘iz ochmas va eslamas edik. Asal u hakda o‘ylarmidi, 
yolg‘iz qolganda uni eslab o‘y-xayollarga berilarmidi, buni bilmayman, biroq biz go‘yo gap-so‘zsiz 
dilimizda o‘zaro shartlashib qo‘ygandek edik: biz uni tanimaymiz, biz uchun u odam yo‘q va 
bo‘lmaydi ham... 
Ammo inson ko‘ngli nimalarni istamaydi deysiz. Buning ustiga yana shunday narsalar ham borki, 
ulardan qochib qutula olmaysan. U yaqindagina bu yerlarda paydo bo‘lib qoldi. 
Bir kuni kechasi yo‘lda avariya bo‘lib qoldi. Yordamchim bilan ikkovimiz nima bo‘lganini bilish 
uchun yugurdik. Ehtimol, biror baxtsizlik yuz bergandir. Yetib keldik. Allaqanday yuk mashinasi yo‘l 
chekkasidagi ustunlarga tumshug‘i bilan kelib urilibdi. G‘irt mast shofyor hushidan ketib taxtadek 
qotib yotardi. Men uni tanidimu, ammo ismini eslayolmadim. U bir kuni bizni falokatdan qutqargan va 
mashinamizni shatakka olib, dovonga olib chiqib qo‘ygan edi. Do‘landa esa mashinani shatakka olib 
yurish hazilakam ish emasdi. Ilgarilari bu yerda bunday ish qilish u yoqda tursin, hatto hech kimning 
xayoliga ham kelmasdi. Bu shofyor bo‘lsa, tirishqoq, dovyurak yigit ekan, har qancha og‘ir bo‘lsa ham 
mashinamizni uchastkagacha sudrab olib keldi. U menga juda yoqib qoldi, ko‘nglimdagidek yigit ekan. 
O‘sha voqeadan keyin allakim birinchi bo‘lib dovondan pritssep bilan o‘tmoqchi bo‘lib-di, maqsadiga 
erishishiga oz qolgan ekanu, ammo uddalay olmabdi. Pritsepni yo‘l yoqasidagi ariqqa tushirib 
yuboribdi-da, tashlab ketib qolibdi. Men o‘shanda o‘sha dovyurak yigitning ishi emasmikin, deb 
xayoldan o‘tkazgan edim. Mard kishining o‘z maqsadiga erisha olmaganiga juda achingan edim. 
Ammo o‘sha voqeadan keyin dovondan pritsep bilan o‘tadigan bo‘lishdi. Yigitlar mashina va 
pritseplarni sharoitga moslashtirib juda to‘g‘ri ish qilgan edilar. 
Vijdonan aytsam, bu yigit Asal tashlab ketgan kishi ekanini bilmasdim. Agar bilganimda ham 
baribir shunday qilgan bo‘lardim. Men uni uyga sudrab olib keldim, shunda hammasi oydinlashdi-
qo‘ydi. Eshikdan o‘tin ko‘tarib kirib kelgan Asalning ko‘zi unga tushdi-yu, qo‘lidagi o‘tinlari polga 
sochilib ketdi. Ammo go‘yo birinchi marta uchrashayotgandek, birortamiz ham sir boy bermadik. 
Ayniqsa men o‘zimni qo‘lga olishim kerak edi, chunki ehtiyotsizlik qilib biron noo‘rin so‘z aytib yoki 
nojo‘ya harakatim bilan ularning ko‘ngliga tegib ketmaslikka intilardim va ularning bir-birovlarini 
tushunib olishlariga xalal bermaslik uchun o‘zimni tutishga harakat qilardim. Endi men hech narsani 
hal eta olmasdim. Endi hamma gap ularning o‘zlarida qolgandi: ular orasida o‘tmish kechmishlari, men 
bag‘rimga bosib va erkalab karavotda olib yotgan o‘g‘illari bor edi. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 394,69 Kb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc

Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish