|
Yuqoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik
|
bet | 20/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida Yuqoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik:
Korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni ulardan ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’yilmasligi lozim. Aks holatda korxonaning xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Agarda ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yilsa mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi.
Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish orqali mehnat unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va miqdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi qancha oshsa mahsulot tannarxi ham shuncha kamayadi.
Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Ishlab chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni sotishi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amortizatsiya kam hisoblanib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytiradi.
Uzluksiz ravishda korxonada barcha hisob kitoblarni olib borish hamda tahlil qilish lozim. Amortizatsiya hisoblash usulining eng maqbulini tanlash kerak. Eng maqbul deganda shu korxonaning shu davrdagi sharoitidan kelib chiqadi. Tezlashtirilgan amortizatsiya usulini tanlashi natijasida korxonaga ko’proq pul mablag’lari keladi. Buning natijasida korxona turli operatsiyalarini moliyalash imkoniga ega bo’ladi yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnikani tezroq olishga imkoni bo’ladi. Bu esa keyinchalik ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga imkon yaratadi.
Banklar tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish lozim. Bunda korxona ishlab chiqarishda turli uzilishlarni oldini olib o’z vaqtida ishlab chiqarishni amalga oshirib, realizatsiya qilishi mumkin bo’ladi, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish natijasida mehnat unumdorligi ham oshadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga zamin yaratadi.
Jahon moliyaviy - iqtisodiy sharoitida mahsulot realizatsiya qilishda, eng maqbul to’lov usuli oldindan to’lashni ta’minlash lozim. Bu esa korxonada debitorlik qarzlarini oshib ketish oldini oladi va ishlab chiqarish bir maromda borishini ta’minlaydi.
|
| |