Ishlab chiqarish mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlar tahlili




Download 1,51 Mb.
bet17/21
Sana27.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266004
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida

Ishlab chiqarish mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlar tahlili25(mingso'm) 2.2.4-jadval.

Nomlanishi

2012

ulush i



2013

ulushi

Ulush dagi o'zga rish

Xom-ashyo materiallari

31 754 808

74,7

33 838 543

71,6

-3,1

Par, gaz, suv

2 122 267

5,0

2 231 811

4,7

-0,3

Eletr energiya

1 316 845

3,1

1 526 733

3,2

0,1

Ish haqi


4 296 583



10,1


6 263 602



13,3


3,1


Ijtimoiy sug'urta

1 074 146

2,5

1 565 901

3,3

0,8

Amortizatsiya

1 923 892

4,5

1 804 258

3,8

-0,7

Jami tannarx

42 488 541

100,0

47 230 848

100,0




Bir birlik mahsulot uchun
ketgan xarajat (so'm)

0,73




0,72







Ushbu 2.2.4- jadvalda tannarx tarkibiga kiruvchi moddiy xarajatlar tarkibiga kiruvchi xarajatlar, jumladan materialdan tashqari par, gaz, suv va elektr energiya ulushi keltirilgan. Jadvalning umumlashgan holatini yuqoridagi 2.2.3-jadvalda ko’rish mumkin.





24 “Urganch yog’-moy”OAJ moliyaviy hisob hisoboti asosida muallif ishlanmasi.
25 “Urganch yog’-moy”OAJ moliyaviy hisob hisoboti asosida muallif ishlanmasi.
      1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona xarajatlarini tejash va samaradorligini oshirish yo’llari


Hech kimga sir emaski, ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori ekani, tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi va avvalo iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining texnologik jihatdan qoloqligi bugungi kunda raqobatdoshlikni oshirishda jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Yurtimizdagi 500 dan ortiq real sektor korxonasida ishlatilayotgan 160 mingdan ziyod uskuna bo‘yicha o‘tkazilgan texnik audit natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, anashu uskunalarning 30 foizdan ortig‘i eskirib ketgan. Jumladan, elektr texnika sanoatida uskunalarning 44 foizi, mashinasozlik tarmog‘ida 37 foizi, kimyo sanoatida 21 foizi, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 20 foizi, oziq-ovqat sanoatida 19 foizi, yengil sanoatda 8 foizi eskirgan.26
Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish asosiy yunalishlaridan biri bu fan texnika taraqqiyotining yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. Fan texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom- ashyo materiallaridan yoqilg’i resurslaridan yanada to’laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan texnika taraqqiyoti ning 20-asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati printsipal yangi texnologik usulga o’tilishi bilan harakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yunalishlardan biri bu ishlab chiqarish va mehnat tashqil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yuqotishlarni kamaytirish yuli bilan harjatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.





26O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini qondirishga qaratilgan mahsulotlar qobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy o’lchov darajsiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik ko’pincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil bo’lgan samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yukori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash qiyin emas. Xar bir ist’emol qilinayotgan yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini kengaytiradi.
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi har bir ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga nisbatan past bo’ladi.
Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar hosil qilish samarasi oldingi bosqichda olingan natijalardan pastroq bo’ladi.
Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha juziy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot miqdorining jonli mehnat sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi kunlarda soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sig’imi degan samaradorlik ko’rsatgichi ham qo’llanadi. Mehnat sig’imi jonli mehnatni mahsulot miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. Mahsulotning material sig’imi degan iqtisodiy ko’rsatgich ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda..
Material sig’imi moddiy ashyolar sarfini mahsulot miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sig’imi yoki fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki juziy ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda mahsulotlar miqdori ko’rsatgichlari o’rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda milliy daromad kabi kategoriyalar qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning hozirgi
sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi
davrda ko’pgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy texnologiya yetishmaydi, qadrlar malakasi yuqori emas. Shuning uchun resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yuqori malakali qadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi.
Lekin oxirgi yillarda mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturi asosida qilingan ishlar natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 18 foizga tushirishga erishildi. Bu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kechayotgan bir paytda juda katta natijadir. Bunday ishlar albatta korxonalar barqarorligini yanada oshiradi. Chunki ishlab chiqarish tannarxi pasaytirilsa, mahsulot sotish bahosi ham nisbatan pasaytirilishi mumkin, bu esa bunday sharoitda mamlakatimizdagi iste’molchilari uchun ayni muddao bo’ladi.
Olmaliq kon-metalurgiya kombinati, "O’zmetakom" aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmalari, «O’zeltexsanoat» uyushmasi,
«O’zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 20-25 foizga kamaydi. Bu korxonalar ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotlari boshqa ishlab chiqarish korxonalari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Masalan Olmaliq kon-metalurgiya kombinati ishlab chiqarayotgan mis katodi va boshqa mahsulotlari Uzkabel korxonasida turli elektr uzatuvchi simlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Demak yuqorida bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish tannarxining pasayishi, ikkinchi korxonaning ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yo’nalishlardan biri - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo’ldi. Bu esa bunday korxonalar yanada barqaror ishlashida muhim ahamiyat kasb etdi. Buning uchun korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish uchun ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida qat’iy choralar ko’rildi.
Energiya manbalari va kommunal xizmatlar narxlarining asossiz oshishiga yo’l
qo’ymaslik, korxonalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish hisobidan
mahsulot tannarxini pasaytirish, eksport narxlarini shakllantirishga doir yangi mexanizmlarni joriy etish, bank kafolatlari muddatlarini uzaytirish, qo’shimcha qiymat solig’ini qaytarish muddatini qisqartirish va boshqa rag’batlantirish choralari shular jumlasidandir.
Demak mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturidan kelib chiqib, korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi o’rganilib, mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarni asossiz oshirilishiga yo’l qo’yilmagan. Bu esa korxonalarning moliyaviy holati yanada yaxshilanishiga turtki bo’lgan.
Mamlakatimizda moliyaviy inqiroz sharoitida korxonalarni turli qo’llab quvvatlash maqsadida, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda imtiyozli kreditlar berilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Inqirozga qarshi dasturdagi amalga oshiririladigan yo’nalishlardan biri ham shundan iborat bo’ldi. Ya’ni mahsulot eksport qiladigan korxonalarga mamlakatimiz banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berildi. Bu esa ularning yanada barqaror ishlab chiqarishga yordam berdi. Birgina o’tgan yilning o’zida bu korxonalarga aylanma mablag’larini ko’paytirish uchun umumiy miqdori 233 milliard so’mdan iborat imtiyozli kreditlar berildi. Ma’lumki eksport qiluvchi korxonalar mahsulot eksport qilganda, har doim ham ishlab chiqarish bir xil boravermaydi. Chunki bunday sharoitda sotilgan mahsulot puli o’z vaqtida kelib tushmasligi yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga talab oshishi yoki bo’lmasa ko’proq mahsulot ishlab chiqarish uchun texnika-texnologiyalarning etishmasligi natijasida korxonlarda vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish to’xtab qolishi yoki belgilangan miqdorni ishlab chiqarishga ulgurmasligi mumkin. Bunda banklarning imtiyozli kredilar berilishi korxonalar uchun juda katta yordam bo’ladi. Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi, bu degani birinchidan mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchidan asosiy vositalar rentabelligi oshadi. Bu ikkita ko’rsatkichlar ham bevosita korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi o’zgarmas xarajatlarga bog’liqdir. Buning natijasida esa korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada pasayadi.
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan
chora-tadbirlar natijasida ularning barqaror ishlashini ta’minlashga, 2009 yilda
eksport hajmini 2,4 foiz oshirishga erishdik. Bu esa mamlakatimizda korxonalar iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga tanitadi. Bu esa o’z-o’zidan keyinchalik xorijiy davlatlarning mamlakatimiz bilan turli yo’nalishlarda o’zaro manfaatli ishlar qilishiga zamin yaratadi.
Bunga misol qilib “ Urganch yog’-moy” OAJ ni olishimiz mumkin. Ustav kapitali tarkibidagi 26.9 foizlik ulushga ega bo’lgan Shvetsariyaning “FLOIL Ltd” kompaniyasi bilan birga sutni qayta ishlash sexi va gidrogenizatsiya sexlari ishga tushirildi. Buning asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlan- tirishning ustivor vazifalari to’g’risida»gi 1442–sonli qarorining 2- bandi ijrosini ta’minlash hisoblanadi. 2011 yilda quyultirilgan sut ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 2012 yilning 9 oyida 8,53 tonna quyultirilgan sut va 293 kg qaymoq maxsuloti ishlab chiqarildi.
Shuningdek, “Urganch yog’-moy” OAJda eskirgan asbob-uskunalar o’rniga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish uchun yangi asbob-uskunalar keltirilib, o’rnatilib, 2012 yilda ishga tushirildi.
Bundan tashqari, korxonadagi qisman ishlab chiqarish sexlari, maishiy binolarda ta’mirlash ishlari bajarildi. Texnologik jarayonlarda ishlatiladigan issiqlik energiyasini iqtisod qilish maqsadida ma’naviy, fizik jixatdan eskirgan kondensat qaytargichlar o’rniga zamonaviy 185 dona «Armstrong»kondensat qaytargichlar o’rnatildi.
-moy-juvoz sexiga - 130 dona;
-ekstraksiya sexiga -34 dona;
-yog’ oqlash sexiga - 21 dona;
Ekstraksiya sexida 2 ta F q150 m2 kondensator kapital ta’mirlanib, 3 dona yangi SK- 8 benzonasosi, soapstokni qayta ishlash sexida 1 dona germetik nasos (Xindiston) o’rnatildi. Hammasi bo’lib modernizatsiya va texnik qayta jixozlash tadbirlarini bajarishga 214,6 mln.so’m xarajat qilindi.
Qandolatchilik maxsulotlaridan «Korovka» konfeti ishlab chiqarish uchun Xitoy
Xalq Respublikasidan 87,5 ming AQSh dollariga shartnoma imzolanib, bugungi kunda olib kelingan uskunalar o’rnatilib, ishga tushirildi.
Olib borilayotgan ishlar o’z samarasini berib, jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2013 yilda 2009 yilga nisbatan 249 foizga ya’ni 2.5 baravar o’shgan.
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi.27
Shu jihatdan jamiyat eksport salohiyati 2012 yilda 719,76 tonna, 2013 yilda 1000 tonnadan ziyod xo’jalik sovuni eksport qilindi28
2013 yilda jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlarini bajarilishini taminlash uchun ishlab chiqarishga munosabatni tubdan o’zgartirish, mexnat intizomini mustaxkamlash, bozorni chuqur o’rganib, arzon baxolarda xom - ashyo va yordamchi materiallarni sotib olishni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xalqaro standart ISO- 9001-2009 sifat menejment tizimini joriy qilish, muxandis - texnik xodimlar, ishchilarni tayyorlash va o’qitish ishlarini olib borishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi.
2013 yilda korxonada iqtisodiy tejamkorlikka erishish, kam xarajat bilan yuqori sifatli ko’p maxsulot ishlab chiqarish chora - tadbirlarini ko’rish bo’yicha dastur ishlab chiqildi.
2013 yilda korxonada xarajatlarni kamaytirish, istemolchilarning talab va extiyojlarini to’la qondirish va ko’p miqdorda yuqori sifatli maxsulotlar ishlab chiqarish, shu bilan birga yuqori darajada foyda olish ko’zda tutilgan.
Buning uchun jamiyatda quyidagi ishlar amalga oshirilishi shart:

  • tabiiy xom-ashyo yo’qolishini mumkin qadar kamaytirish;

  • ishlab chikarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanish evaziga issiqlik energiyasi, suv, elektr energiyasi va butlovchi materiallarni tejash;




27O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.Xalq so’zi.2014 y,18-yanvar(13)
28 Jamiyat biznes reja tahlili ma’lumotlaridan olindi.

  • Qayta ishlashda olinayotgan rafinatsiyalanmagan va rafinatsiyalangan o’simlik yog’larining chiqish foizlarini oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 mart 2012 yildagi PF№ 64 - sonli farmonini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirish;

Yuqorida belgilangan tadbirlarni 2013 yilda amalga oshirish natijasida korxonada 2077 mln.so’mlik mablag’ni tejash maqsad qilib qo’yildi.

Download 1,51 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 1,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlar tahlili

Download 1,51 Mb.