Microsoft Word Ж. Зеваржон bmi




Download 1,51 Mb.
bet19/21
Sana27.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266004
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida

Xulosa va takliflar


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri sezilarli bo’lsada o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu asosan mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalarda mahsulot sotish bahosi ancha pastga tushdi. Bu esa mamlakatimiz korxonalari iqtisodiy-moliyaviy barqarorligiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Lekin mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olib borilgan ishlar, inqirozga qarshi choralar dasturining ishlab chiqilishi bunday salbiy natijalarning o’z vaqtida oldini olishga erishildi. Hozirgi kunda butun jahon iqtisodchi olimlari, etakchi mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda inqirozga qarshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baholar berilib, O’zbek modeli qanchalik to’g’ri ekanligini tan olmoqdalar, hamda mamlakatimiz tajribasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqdalar. Mamlakatimiz jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan talofatsiz chiqqan sanoqli davlatlardan biri bo’lishga erishdi.
Korxonalarda har doim ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag’batlantirishlar berildi. Inqirozga uchrab bankrot bo’lgan korxonalarni qayta ishga tushirishga davlat tomonidan turli choralar ko’rildi.
Mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturida eng ahamiyatli ishlardan
biri, mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida,
davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi. Bu esa banklarning korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vaqtida aylanishi ta’minladi. Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaqtida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga mahsulot eksport qiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq bo’ldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish hajmi hamda sifati oshirildi, eksportyor korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi, mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya’ni o’zgarmas xarajatlar hajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holatining yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini hamda hajmini oshirib, juda ko’p ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga haq to’lash xarajatlaridir. Ayrim korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi va uni tuzatuvchi korxonalarda eng katta xarajat mehnatga haq to’lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarali foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizatsiya hisoblash usuli ham ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari
mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizatsiya usulini qo’llash, bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amortizatsiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p miqdorda amortizatsiya hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amortizatsiya hisoblab va mahsulot tannarxi kamayishi kuzatiladi.
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan ham samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma ham korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, mehnatga haq to’lash xarajatlariga to’g’ri proportsional hisoblanadi. Agarda korxona mehnatga haq to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning ham samaradorligiga erishgan bo’ladi.
Demak korxonalar har qanday vaziyatda, jumladan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida mahsulot sifati hamda hajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi.

Download 1,51 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 1,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Ж. Зеваржон bmi

Download 1,51 Mb.