|
XULOSA 66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
bet | 2/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalaridaXULOSA 66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 70
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.1
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jarayonida mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mazkur sub’ektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyatini yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi.
Shu sababli, global moliyaviy inqiroz sharoitida moliya-bank tizimini qo’llab- quvvatlash, korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish va ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, "Bank tizimini qo’llab quvvatlash, ishlab chiqishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir"2. Shuningdek, yurtboshimizning ushbu Jahon moliyaviy-iqtisodiy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi Xalq so’zi,2014 y.18 yanvar(13)
2 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari - T.: O’zbekiston, 2009. 14- bet.
inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari asarida hamda inqirozga qarshi choralar dasturining aniq bo’limlari -belgilangan kompleks
chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan. Jumladan, "qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. Shu maqsadda 2008 yil xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyotimizdagi etakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foizga tushirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflarni ma’qullanganini qayd etish lozim"3.
Shuning uchun, keng institutsional islohotlarni amalga oshirish omillaridan biri, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda hozirgi global moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishdagi muammolarni hal etish yo’llarini moliyaviy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozimligi mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini bildiradi.
|
| |