• = Haqiqiy xarajatlar
  • Haqiqiy sarflar - Me’yordagi sarflar ± Chetga chiqishlar.
  • Microsoft Word Ж. Зеваржон bmi




    Download 1,51 Mb.
    bet9/21
    Sana27.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266004
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
    Bog'liq
    jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida

    A. Me’yoriy xarajatlar bo’yicha hisobga olish. Ushbu usulda sarflangan haqiqiy xarajatlar quyidagi ko’rinishda aniqlanadi:


    Me’yoriy xarajatlar ±


    Me’yordagi xarajatlardan chetga chiqish


    = Haqiqiy xarajatlar


    Ushbu tartibda buxgalteriya hisobida moddiy qiymatliklarning (asosiy materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar) harakati belgilangan me’yorlar bo’yicha baholanishi shartidan kelib chiqiladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan chetga chiqishlar ro’yobga chiqish holatida yig’ilib boriladi va hisobot davrining oxirida me’yordagi xarajatlarning hajmiga ko’shiladi.
    V. Haqiqiy va me’yordagi xarajatlarni bir yo’la hisobga olish. Ushbu usul ishlab chiqarishdagi xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ikki bahoda:

    • haqiqatda yig’ilgan xarajatlar bo’yicha;

    • haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning hajmiga sarflangan me’yoriy xarajatlarning miqdorida yoritishni nazarda tutadi.

    Haqiqiy sarflar - Me’yordagi sarflar ± Chetga chiqishlar.


    S. Aralash usulda hisobga olish. Ushbu usul ikkita yo’l bilan hisobni yuritishni nazarda tutadi.
    Birinchi yo’l. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida keng tarqalgan va mamlakatimizda ham qo’llanishi tavsiya qilingan. Lekin hisobot davri davomida jami chetga chiqishni aniq darajada hisobga olish imkoniyati mavjud emas. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning me’yoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning me’yordagi hajmi bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning me’yoriy tannarxning farqi ko’rinishida aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida hisobga olinmagan chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridagi ishlab chiqarishning qiymatiga qo’shiladi.
    Ikkinchi yo’l. Asosiy xarajatlar bo’yicha tasdiqlangan me’yorlarga rioya qilish ustidan kundalik nazoratni o’rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri davomida me’yordan chetga chiqish bo’yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schetlarda qayd qilinmaydi.
    Tasdiqlangan me’yorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor
    19

    mahsulotning hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan ushbu mahsulot uchun sarflanishi lozim bo’lgan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan bir xil mahsulotlarning har bir guruxi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati ishlab chiqarishda yarim fabrikatlar harakatining balansi bo’yicha natura ko’rsatkichlardan kelib chiqkan holda me’yoriy tannarxi bo’yicha baholanadi, yoki ishlab chiqarish bo’linmalaridagi tugallanmagan ishlab chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi.



          1. Download 1,51 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




    Download 1,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word Ж. Зеваржон bmi

    Download 1,51 Mb.