Jamiyatning Nizomi bo’yicha asosiy faoliyat turlari.
-tozalangan paxta yog’i hamda boshqa oziq-ovqat va yog’-moy maxsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish va chiqarish;
9 Jamiyat Nizomi
-yuvish vositalari, shu jumladan xo’jalik sovuni va boshqa texnikaviy maxsulotlarini ishlab chiqarish.
-oziq- ovqat, non, konserva maxsulotlarini ishlab chiqarish;
-umumiy ovqatlanish soxasida xizmatlar ko’rsatish;
-qishloq xo’jalik va chorvachilik maxsulotlarini hamda boshqa iste’mol mollarini qayta ishlash, tayyorlash va sotish;
-avtotransport xizmatlari va ishlari, shu jumladan yuk va yo’lovchilarni tashish bo’yicha avtotransport hamda boshqa xarakat texnik vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish;
-o’z maxsulotlari va xalq iste’mol mollarini, shu jumladan shrot, sheluxa va gudron ishlab chiqarish;
-aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga turlicha ko’rinish va shakllarda pulli xizmat, shu jumladan maishiy xizmatlarni ko’rsatish;
-ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shug’ullanish;
-xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, texnik yo’nalishdagi xalq ijodiyoti maxsulotlarini ishlab chiqarish;
-O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga amal q ilgan xolda valyuta moliya operatsiyalarini va qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish.
“Urganch yog’-moy” OAJ o’z faoliyati davomida yillar mobaynida yuksalib, ijobiy natijalarga erishib kelgan. Men o’z bitiruv malakaviy ishimda tashkilotning 2012 yil va 2013 yil ko’rsatkichlarini o’rganib tahlil qilishga, faoliyatini o’rganib baho berishga harakat qildim.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda, xalqimiz farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan sohalardan biridir. Shu bois ham, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mazkur sohaga alohida etibor qaratilib kelinmoqda. O’tgan yillar davomida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan o’nlab ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi, mavjudlari modernizatsiya qilindi. Natijada, tarmoq korxonalari o’z mahsulotlari
bilan nafaqat ichki bozorlarni to’ldirmoqda balki chet mamlakatlarga ham mahsulot
eksport qilish imkoniyatiga ega. Ana shunday korxonalardan biri “Urganch yog’- moy” OAJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatini yaxshilash yuzasidan izchil va samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish sexlari modernizatsiya qilindi, texnik va texnologik qayta jihozlash tadbirlari amalga oshirildi.
Keng ko’lamli modernizatsiyalash ishlari ishlari natijasida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari sezilarli darajada ortib, bu yerda kuniga 800 tn paxta chigiti, 400 tn soya va 200 tn kungaboqar doni qayta ishlanmoqda. SHuningdek ,kuniga 135 tn tozalangan paxta yog’i, 40 tn plastik idishlarda qadoqlangan yog’i, 48 tn xo’jalik sovuni va 20 tndan ziyod olein, palmitin yog’ kislotalari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, 2012-yilda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini bajarish mobaynida jami 98119 tonna paxta chigiti, 2539 tonna soya va 384 tonna kungaboqar doni qayta ishlandi. Hatijada korxonada 16967 tonna rafinatsiyalangan yog’ ishlab chiqarilib, uning 4688 tonnasi oily navni tashkil qildi. Korxonada shuningdek aholi istemoli uchun 8415 tonna hidsizlantirilgan, plastik idishlarga qadoqlangan o’simlik yog’i, 49841 tonna shrot hamda 27018 tonna sheluxa ishlab chiqarildi.
Jumladan korxonada ish unumdorligini oshirish uchun gidrogenizatsiya sexi tashkil qilindi va bunung natijasida 5383 tonna salomas ishlab chiqarildi yoki o’tgan yilga nisbatan 154 foiz o’sishga erishildi. Shuningdek, 5831 tonna xo’jalik sovuni ishlab chiqarilib , bu boradagi yillik o’sish 117 foizga, shundan 944,6 tonna sovun xorijga chiqarilib, eksport bo’yicha reja 104,5 foizga bajarildi.Respublika mahalliylashtirish dastiriga kiritilgan olein-palmetin yog’ kislotalari qorishmasi ishlab chiqarish esa 2087 tonnani tashkil qilib, bu boradagi ko’rsatkich 104,3 foizni tashkil qildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2012-yilda jami 58 mlrd so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o’tgan yilga nisbatan 110,9 foiz o’sishga erishdi. Aholi iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi ham 2012-yilda oldingi yilga nisbatan 100,3 foizga o’sib, 47,4 mlrd so’mni tashkil etdi. Bu kabi ijobiy natijalar albatta, korxona daromadini ko’paytiradi .Bu borada “Urganch yog’-moy” OAJ arzigulik
natijalarga erishdi, ya’ni yil yakuni bo’yicha barcha to’lovlardan keyingi sof foyda 4,8 mlrd so’mni tashkil etdi.
O’tgan yil davomida investitsiya dasturini bajarishga korxona o’z mablag’lari hisobidan 2,9 mlrd so’m xarajat qilib, uning 1,7 mlrd so’mi qurilish montaj ishlari, 1,2 mlrd so’mi texnologik uskuna,ehtiyot qismlar, inventarlar xarid qilish uchun sarflandi. Bular jumlasiga “Korovka” konfeti texnologik tizimi,plastic idishlar tayyorlab, ularga 1,5 l hajmdagi yog’ qadoqlash avtomatik liniyasi, ”Armstrong” kondensat qaytargichlari va hokazolar kiradi.
2013 yilda istiqbol rejasi bo’yicha investitsiya xarajatlariga ham katta miqdorda aniqrog’i jami 9,5 mlrd so’m sarflandi. Shundan 1,5 mlrd so’mi kapital va joriy tamirlashga , 2,4 mlrd so’mi yangi uskunalar sotib olishga , 5,6 mlrd so’mi qurilish ishlariga yo’naltirilishi rejalashtirildi. Umuman , jamiyatda 2013 yilda ikkita investitsiyaviy loyihani amalga oshirish yuzasidan ish olib borildi va joriy yilda ham davom qilmoqda,ya’ni:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi qaroriga asosan “Salomasdan distillangan gilitsirin va yog’ kislotalari ishlab chiqarishni tashkil qilish”. Ushbu loyihani umumiy qiymati 2 mln 350 ming AQSH dollariga teng bo’lib, loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 5000 tonna salomasdan 500 tonna glitserin va 4500 tonna yog’ kislotalari ishlab chiqariladi. Buning hisobiga esa korxona qo’shimcha 1,1 mlrd so’mlik maxsulot ishlab chiqarishga erishadi. Natijada avvallari import qilib kelingan 750 ming AQSH dollariga teng maxsulot o’zimizda ishlab chiqariladi. SHuningdek 300 ming AQSH dollariga teng maxsulotni eksport qilishga erishiladi hamda 20 ta yangi ish o’rini yaratiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 iyuldagi qaroriga asosan “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida Jahon banki tamonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag’lari asosida bug’-qazon sexini rekonstruksiyalash ishlari amalga oshirildi. Natijada , yiliga 495 ming kvt/s elektr energiyasi, 3,6 mln kub.m tabiiy gaz va 45 ming kub.m suv
tejaldi. Bu moliyaviy nuqtai nazardan korxona uchun nihoyatda foydalidir. Misol
uchun, jamiyat hozirgi kunda bir gkal issiqlik energiyasini 35000 so’mdan sotib olmoqda, loyiha amalga oshirilgach, uning tannarxi 21950 so’mni tashkil qiladi yoki yiliga 979,4 mln so’m mablag’ tejalalib maxsulot tannarxi arzonlashadi.
Qolaversa ushbu ikki loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013- 2015 yillarda Xorazm viloyatida sanoat salohiyatining rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi qaroriga ham kiritilgan bo’lib , ayni kunlarda korxona raxbariyati va muxandis –texnik xodimlari mazkur loyihalarni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash maqsadida bor imkoniyatlarini ishga solmoqdalar.10
“Urganch yog’-moy”OAJ mablag’lar tahlili11
2.1.1- jadval. ( Ming so’m)
|
Ko'rsatkichlar nomi
|
2012-yil
|
2013-yil
|
o'zgarishi
|
o'sish
sur'ati
|
|
Asosiy vositalarning
qoldiq qiymati
|
13 852 068
|
15768 170
|
1 916 102
|
113,8
|
2
|
Nomoddiy aktivlar qoldiq
qiymati
|
1 168 408
|
1 108 232
|
-60 176
|
94,8
|
3
|
Uzoq muddatli
investitsiyalar
|
521 934
|
1 296 625
|
774 691
|
248,4
|
4
|
O'rnatiladigan asbob-
uskunalar
|
264 089
|
280 333
|
16 244
|
106,2
|
5
|
Kapital qo'yilmalar
|
2 602 289
|
1 792 519
|
-809 770
|
68,9
|
6
|
Tovar moddiy zaxiralari
|
8 508 525
|
12 587 282
|
4 078 757
|
147,9
|
7
|
Kelgusi davr xarajatlari
|
128 590
|
53 909
|
-74 681
|
41,9
|
|
Kechiktirilgan xarajatlar
|
410 623
|
410 623
|
0
|
100,0
|
10 O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi 2013 yil 1-son,60-61 betlar.
11 “Urganch yog’-moy”OAJ moliyaviy hisob hisoboti asosida muallif ishlanmasi.
8
|
|
|
|
|
|
9
|
Debitor qarzlar
|
4 714 271
|
7 142 051
|
2 427 780
|
151,5
|
10
|
Pul mablag'lari
|
5 734 943
|
2 773 757
|
-2 961 186
|
48,4
|
11
|
Jami:
|
37 905 740
|
43 213 501
|
5 307 761
|
114,0
|
2.1.1- jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, jamiyat mol-mulkining 2012 yil va 2013 yil ko’rsatkichlarini solishtirganimizda asosiy vositalarning qoldiq qiymati 2013 yil, 2012 yilga nisbatan 113,8 % ni tashkil etgan, nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati 2013 yilda 2012 yilga nisbatan 94,8 %ni tashkil etgan. Uzoq muddatli investitsiyalar 2013 yil 2012 yilga nisbatan o’sish sur’ati esa 248,4 % ni tashkil etadi. O’rnatiladigan asbob-uskunalar 2013 yil 2012 yilga nisbatan o’sish sur’ati 106,2 % ni berdi. Kapital qo’yilmalar 2013 yil 2012 yilga nisbatan 68,9 %ni ko’rsatdi. Tovar moddiy zaxiralari 2013 yil 2012 yilga o’sish sur’ati 147,9 %. Kelgusi davr xarajatlari 2013
yil 2012 yil 41,9 %. Kechiktirilgan xarajatlar 2012 yil 410623 ming so’m, 2013- yilda ham 410623 ming so’mni tashkil etgan. Debitor qarzlar 2012 yilda 2013 yilga nisbatan o’sish sur’ati 151,5 %ni tashkil qilgan.
- diagramma.”Urganch yog’-moy”OAJ mablag’lari tarkibi.(2013 yil)12
“Urganch yog’-moy”OAJ mablag’lari manbai dinamikasi tahlili13
jadval ( Ming so’mda)
№
|
Ko'rsatkichlar nomi
|
2012
|
2013
|
o'zgarishi
|
o'sish
sur'ati
|
1
|
Ustav kapitali
|
3 025 800
|
3 025 800
|
0
|
100
|
2
|
Rezerv kapitali
|
8 482 091
|
10 060 082
|
1 577 991
|
118,6
|
3
|
Taqsimlanmagan foyda
|
6 803 936
|
8 814 513
|
2 010 577
|
129,6
|
|
|
|