|
BOB Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida “Urganch yog’-moy” ochiq aksiyadorlik jamiyatida tannarxni shakllanishi va unga ta’sir qiluvchi
|
bet | 11/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida BOB Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida “Urganch yog’-moy” ochiq aksiyadorlik jamiyatida tannarxni shakllanishi va unga ta’sir qiluvchi
omillar tahlili
“Urganch yog’-moy” ochiq aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati tahlilining o’ziga xos xususiyatlari
«Urganch yog’-moy» Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash Davlat qo’mitasining 1994 yil 18 avgustdagi 538 K-ПO –sonli buyrug’i asosida Urganch yog’-moy kombinatini davlat tasarrufidan chiqarish yo’li bilan tuzilgan.
«Urganch-yog’» O’zbekiston-Shveytsariya Xorijiy Investitsiyalar Ishtirokidagi Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati, Xorazm viloyati Urganch shahar Xokimining 2003 yil 11-oktyabrdagi 1470-sonli qarori bilan qayta tashkil bo’lib, yangi taxrirdagi Nizomi ro’yxatga olingan. Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan 2003 yil 30 dekabrda 49-son bilan ro’yxatdan o’tgan va guvohnoma berilgan.
2003 yil 25 sentyabrdagi 504-sonli shartnomaga asosan «Urganch-yog’» OAJning aksiyalarini 50,2 foizini Shveytsariyaning «FLOIL Ltd» kompaniyasi sotib olganligi asosida jamiyat xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona maqomiga ega bo’lgan va raqobatni rivojlantirish Respublika Davlat qo’mitasining 2003 yil 4 sentyabrdagi xo’jalik subektlaridagi aksiyalar paketining 35 foizidan ortig’ini sotib olish to’g’risidagi R-05-2/66-sonli qaroriga asosan jamiyatda aksiyalar paketini sotib olish bo’yicha yagona yuridik shaxs chet el investori bo’lgan Shvetsariyaning «FLOIL Holdin LTD» kompaniyasi xisoblangan.
«Urganch yog’-moy» ochiq aksiyadorlik jamiyati 1994 yil oktyabr oyida xususiylashtirilgan bo’lib, o’tgan davr mobaynida etti marta Nizom jamg’armasi ko’paytirilgan va aksiyalar paketi turli xil miqdorda taqsimlangan. Jamiyat Nizom jamg’armasining ko’paytirilishi 2012 yilning 10 martida amalga oshirilib, jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi qarori bilan Nizom jamg’armasi 3025800,0 ming so’m qilib belgilangan. Jamiyat Nizom jamgarmasining oshirilishi munosibati bilan
nominal qiymati 1800 so’m bo’lgan 781000 dona oddiy aksiya chiqarilib O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasiga joylashtirilgan.
Jamiyatni Nizom jamg’armasi ko’paytirilgandan keyin aksiyalar paketi quyidagi miqdorda taqsimlangan:
Mehnat jamoasi ulushi- 3,95 foiz 66383 dona aksiya 119489,4 ming so’m Erkin savdo ulushi -9,30 foiz 156375 dona aksiya 281475,0 ming so’m Davlat ulushi -59,85 foiz 1006000 dona aksiya 1810800,0 ming so’m Chet el investori -26,90 foiz 452242 dona aksiya 814035,6 ming so’m Har bir dona aksiyaning nominal qiymati 1800 so’m bo’lib jamiyat
aksiyalaridan 1676458 donasi oddiy egasi yozilgan aksiya, qolgan 4542 donasi egasi yozilgan imtiyozli aksiyani tashkil qiladi.
- diagramma.”Urganch yog’-moy”OAJning ustav fondi tarkibi9.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
BOB Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida “Urganch yog’-moy” ochiq aksiyadorlik jamiyatida tannarxni shakllanishi va unga ta’sir qiluvchi
|