|
-rasm. Jarayonli kalkulyatsiya tizimida tannarx o’zgarishi
|
bet | 8/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida 1.2.2-rasm. Jarayonli kalkulyatsiya tizimida tannarx o’zgarishi
2010-“Asosiy ishlab 2010-“Asosiy ishlab 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”A-tsex chiqarish”B-tsex chiqarish”S-tsex
Xomashyo mehnat, ishlab chiqarish ustama sarflari va o’zining sarflari
Tayyor A-tsex
mahsulotlar sarflari va o’zining sarflari
Tugallan- magan
ishlab chiqarish
Tayyor mahsulotlar
Tugallan- magan
ishlab chiqarish
B-tsexning sarflari va o’zining sarflari
Tayyor mahsulotlar
Tugallan- magan
ishlab chiqarish
2810-“Ombordagi 9110-“Sotilgan mahsu-
tayyor mahsulot” lotlarning tannarxi”
Ustama sarflar va tutallanmagan ishlab chiqarishni baholash bilan bog’liq muammo paydo bo’lganda to’g’ri xarajatlarni taqsim etish oddiy tartibga ega.
Jarayonlararo kalkulyatsiya va xarajatlarni jamg’arish tartibini tahlil qilib hisob jarayonini besh bosqichga bo’lish mumkin:
Ishlab chiqarish xarajatlarini natural yoki reja hisob birliklarida hisobga olish.
Mahsulotni chiqarishni natura yoki reja-hisob birliklarida hisobga olish.
Hisoblangan xarajatlarni «Asosiy ishlab chiqarish» schetining debetida jamlash.
Xarajatlarni tayyor mahsulotlar va davr oxiriga bo’lgan tugallanmagan ishlab chiqarish o’rtasida taqsimlash.
Mahsulot birligining tannarxini hisoblab chiqish.
Xo’jalikni yuritishning samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har qanday bosqichida asosiy va muhim masala hisoblanadi. Bu boshqaruvning me’yoriy tiziminn milliy xo’jalik tarmoqlari darajasida va bir sub’ekt miqyosida qo’llashni muhim qilib qo’yadi.
Xarajatlarni boshqarishning me’yoriy tizimi o’zi bilan rejalashtirish, me’yorlash, materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, xarajatlarning me’yori asosida iqtisodiy tahlil va nazoratni ro’yobga chiqarish bo’yicha muolajalarning jamlamasini aks ettiradi.
Uning asosiy maqsadi bo’lib ishlab chiqarish omillarini to’liq ishlatish va xo’jalikni tejamli yuritish hisoblanadi. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat:
sub’ektning oldiga qo’yilgan masalalarni echishni ta’minlovchi me’yorlar asosida xarajatlarni rejalashtirish;
me’yor va me’yorlashtirishlar bilan asoslangan ishlab chiqarish maqsadlari bo’yicha turli resurslarni ishlatish uchun ruxsatnomalar berish yo’li bilan xarajatlarni hujjatlashtirish;
xarajatlarni buxgalteriya hisobining schetlarida ularning me’yorlari va undan chetga chiqishlarni aks ettirish.
Kalkulyatsiya qilish xarajatlarning me’yoriga asoslanadi, me’yordan chiqib ketishlar ularning vujudga kelishi bo’yicha buxgalteriya hisobining schetlarida ishlab chiqarish natijasining ko’payishi yoki kamayishi sifatida ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxi kalkulyatsiyasining me’yoriy usuli boshqalardan ko’proq xarajatlarni boshqarish me’yoriy tizimining talablariga javob beradi.
Har bir sub’ektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu sub’ektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Xarajatlarni hisobga olishda me’yoriy hisobni tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin:
|
| |