|
Moliyaviy faoliyat xarajatlari
|
bet | 6/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida
Banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar.
Uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar .
Valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar.
Korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli va me’yoriy usullarini qo’llash
Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega sub’ektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi.
Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Bunday ishlab chiqarishlarga kimyo, neftni qayta ishlovchi, to’qimachilik, tsement va boshqa ishlab chiqarishi seriyali va ommaviy turdagi tarmoqlar kiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish va ishlab chiqarish ob’ektlarining hisobi uchun qo’llaniladigan birliklar to’g’risidagi aniq tavsif mashinasozlik misolida berilgan.
Seriyali ishlab chiqarish ommaviyga nisbatan tezkor-ishlab chiqarishni rejalashtirish aniqlashtirilgan uslublaridan va tayyor mahsulotni o’lchashga nisbatan detallashtirilgan reja-hisob birliklaridan foydalanadi. Oqimli ishlab chiqarishda bo’lgan mashinasozlik korxonasida seriyali turdagi sex va uchastkalar ko’p hissani tashkil etadi. Shunga nisbatan ishlab chiqarishni to’liq akslovchi va uning xususiyatlariga bog’liq bo’lgan tezkor-kalendar rejalashtirish va tezkor hisob tizimlarini ko’rib chiqamiz.
Seriyali ishlab chiqarish maxsus uskunalar bilan ta’minlangan ixtisoslashgan yoki universal uskunada ishlangan detallarning ko’p miqdoridan tarkib topgan mahsulotlarning keng nomenklaturasi bilan tavsiflanadi.
Tayyorlovchi ishlab chiqarish sexlari, ularga quyuvchi, temirchilik, presslovchi tsexlar kiradi, texnologik turi va ishlab chiqarish tsiklining tugaganligi bo’yicha ixtisoslashadi. Shunday qilib, quyuvchi tsexlar va ularning bo’linmalari qo’yiladigan narsalari bo’yicha ixtisoslashadi - kulrang cho’yan, quyma cho’yan, po’lat quyilma, rangli quyilma; quymalar guruhlari bo’yicha-yirik, o’rta va kichik quyilma bo’linmalari; texnologiya jarayonlarining xususiyatlari bo’yicha - bosim yordamida quyish; kuydiradigan yoki eritiladigan modullar bo’yicha - quyish va boshqalar.
Temirchilik sexlar texnologik turlari bo’yicha ixtisoslashadi - mustaqil quyish, issiq shtampovka, o’tqazish;
detallar guruhlari bo’yicha – og’ir, o’rtacha va mayda nakovka;
uskuna guruhlari bo’yicha – kovka mashinalari bo’linmalari, bolg’a yoki press bilan kovka, bolg’alarda shtampovka qilish, prokatka va boshqalar.
Presslovchi sexlarda ishlab chiqarishni tashkil etishning asosi bo’lib tugallangan ishlab chiqarish tsikliga ega predmet-texnologiya tamoyili hisoblanadi; bo’linmalarda presslanadigan metallning qalinligiga va uskuna turlariga – qalin, o’rta va yupqa varoqli shtampovka qiluvchi uskunalarga qarab ixtisoslashtirilgan.
Mexanik ishlov berish tsexlarida ishlab chiqarish predmetning yopiq tsikli bo’yicha – uzellar, agregatlar, detallar; predmet-texnologiya turi bo’yicha-tokar bo’linmasi, frezer va boshqalar tashkil etiladi; ayrim hollarda bo’linmalarga ishlov
berish turi bo’yicha ixtisoslashtirilganligi uchraydi – cho’yan detallar bo’linmasi,
po’lat detallar bo’linmasi va boshqalar. Asosan detallarga ishlov berish hamma turdagi ishlov berishni termik ishlov berish, mustaxkamlash va boshqa komplektlanishini ta’minlovchi ish joylariga ega oqimli liniyalarda mujassamlangan qo’shimcha muomalalarni ham kiritadi.
Me’yorlashtirilgan detallarni ishlab chiqarish, odatda, mustaqil tsexlarga yoki alohpda bo’linmalarga ajratiladi. Ko’p hollarda bunday detallarni tayyorlash metall bilan qoplash bilan kuzatiladi.
Mexanik yig’ish va yig’ish sexlarida oqimli texnologiya bo’yicha konveyerlarda tashkil etilishi mumkin yoki yig’ish stendlarda amalga oshiriladigan muhim yig’ish bo’linmalariga ega bo’lishi mumkin. Bu holda moddiy oqimlar harakatnning asosiy turlari – komplektli, guruhli va portsiyali. Sexlar ichida bo’linmadan bo’linmaga detallar bemalol yoki liniyalar yordamida, mexanizatsiyalangan va avtomatlashtirilgan moslamalar yordamida, konveyerli yoki relssiz transport yordamida yurishi mumkin. Tayyorlash, pakovka, qo’yilmalar, shtampovkalarga ishlov berish yoki yig’ishdan oldin saqlash uchun tsexlar oldidagi omborlar yoki detallarni komplektlovchi bo’linmalarga ega markaziy omborlar vazifalarini bajaruvchi omborlar tashkil etiladi. Muomalalar oralig’idagi ta’mirlar buning uchun maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi: osilgan tara, osilgan omborlar, mexanizatsiyalashgan hududlar, muomalalar orlikidagi omborlar va boshqalar.
Moddiy oqim harakati nazorat-hisob nuqtalarida nazorat qilinadi: materialni olish, materiallarni qayta ishlashga jo’natish, tsexlar ichidagi harakati, tsexlararo harakati, tayyor mahsulotni chiqarish. Nazorat-hisob nuqtalari mahsulotning yaroqliligini va yaroqsizligini aniqlash maqsadida mahsulotni qabul qilish uchun kerak bo’ladi. O’zining texnologiyasiga ko’ra, har bir ishlab chshqarish chiqarishning turli joylariga ega mahsulot chiqarish va shunga muvofiq nazorat-hisob nuqtalari. Quyuvchi tsexlarda ishlab chiqarish nuqtasi bo’lib detallarga shakl berish hisoblanadi, temirchilik tsexlarda – pakovkalarni shtampovkalash, presslovchi tsexlarda – buyumlarni shtampovkalashda birinchi yoki yurituvchi muomala, mexanik yig’ish va yig’ish tsexlarida – buyumlarni yig’ishga jo’natish. Hamma
ishlab chiqarishlarda tayyor buyumlarning hisoblash nuqtasi bo’lib, tayyor
mahsulotni qabul qilish bo’yicha texnik nazorat bo’limlarining punktlari hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarni topshirish nuqtasi bo’lib, tayyor mahsulotni iste’molchi tsexlarga yoki ishlab chiqarish bo’limining, sotuv bo’limining omborlariga jo’natish joylari xizmat qiladi. Yaroqsiz detallarning hisoblash nuqtasi bo’lib, yaroqsizlik aniqlangan texnologik jarayonlarning muomalalari hisoblanadi. Detal, uning buyumga kirish me’yori hozirgi davrning o’zida me’yoriy kalkulyatsiya qilishning ob’ekti hisoblanadi, chunki uzel, agregat, buyumga me’yoriy kalkulyatsiya tuzilishidan oldin to’g’ri xarajatlarni detalga bo’lgan natural va qiymatli
mazmunining me’yorlari aniqlanadi.
Detal reja-hisob birligi sifatida quyidagi elementlarni qamrab oluvchi me’yoriy rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi tizimining komplektlashganligi talabiga javob beradi:
mahsulot chiqarishning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uni tayyorlash muddatining etkazib berish shartnomasi muddati bilan to’g’ri kelishini, tsexlar, bo’linmalar va brigadalar bo’yicha mahsulot tarkibini me’yorlashtirish va boshqalar;
iste’mol, asosiy jamg’armalarning sarflari va zahiralari, moddiy, mehnat va moliya resurslarining yagona me’yori asosida texnik, texnologiya va iqtisodiy asoslash;
ishlab chiqarish bo’linmalari darajasida ishlab chiqarish faoliyati natijalarini rejalashtirish, hisobga olish va aniqlash.
Ommaviy ishlab chiqarishning chegaralangan nomenklaturasi bilan va ma’lum vaqt mobaynida uzluksiz tayyorlanadigan mahsulotning turlari ko’p miqdorda ishlab chiqarish bilan ajralib turadi (1.2.1-rasm).
|
| |