|
Muammoning o`rganilganlik darajasi
|
bet | 3/21 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #266004 |
Bog'liq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalaridaMuammoning o`rganilganlik darajasi Mazkur muammoning nazariy asoslari dastlab A.Smit, A.Tyurgo, J.B.Sey, Y.Shumpetr, L.Mizes, F.Xaek kabi klassik iqtisodchilar tomonidan tadqiq etilgan. Shuningdek, korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish muammolarini hal etish yo’llarini g’arb va MDH mamlakatlari iqtisodchi olimlari A.I.Agaev, A.V.Busigin, B.A.Rayzberg, V.Radaev, G.Gross, D.G’.G’ozibekov, J.Filips, L.I.Abalkin, M.G.Lapusta, R.Xizrich, S.Piters kabilar o’z asarlarida yoritgan. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.V.Vahobov, A.Sotvoldiev, M.B.Hamidullin, M.To’laxodjaeva, M.Sh.Sharifxo’jaev, S.S.G’ulomov, X.N.Jamolov, E.Gadoev, Yu.M.Itkin kabilar o’z asarlarida mahsulot tannarxi va uni pasaytirish masalalari yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Ushbu tadqiqotlik ishida tadqiqot ob’ekti qilib ”Urganch yog’-moy`” OAJ, predmeti qilib esa korxona ko`rsatkichlarining moliyaviy xolati, shakllanishi va rivojlanishi olindi.
3 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari - T.: O’zbekiston, 2009. 33-34- betlar.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxi tarkibidagi to’g’ri va egri xarajatlar hisobi va tahlilini o’rganish maqsadiga erishish uchun quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi:
Mahsulot tannarxini shakllantirishning nazariy asoslarini o’rganish;
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli va me’yoriy usullarini qo’llash;
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibidagi to’g’ri va egri xarajatlar,
ularning hisobi va maxsulot tannarxiga o’tkazilish tartibi;
“Urganch yog’-moy” ochiq aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati tahlilining o’ziga xos xususiyatlari;
“Urganch yog’-moy” OAJda maxsulot tannarxi va unga ta’sir qiluvchi
omillar tahlilini takomillashtirish;
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona xarajatlarini tejash va samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsatish.
|
| |